Iqtisod moliya
o’rtacha minimal xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli
o’rtacha minimal xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori
ekan, firma uchun qisqa muddatli davrda ishlab chiqarishni davom ettirgan afzal. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlarga teng bo’lsa, u xolda firma uchun baribir, ishlab C M C AC C T M P 1 E C v 1 APC O Q 1 Q chiqarishni davom ettiradimi yoki to’xtaydimi. Lekin narx o’rtacha minimal o’zgaruvchi xarajatlardan pastga tushib ketsa ishlab chiqarishni to’xtatish kerak. Individual firmalarning taklifini yig’indisi tarmoq taklifini hosil qiladi.Narx o’sar ekan, firmalar o’z ishlab chiqarishni kengaytiradi. Bu o’z navbatida taklifni ham o’sishga olib keladi. Bu hol yalpi taklif yalpi talabga mos kelguncha davom etadi.U ma’lum bir narx darajasida yuz beradi.Undan so’ng bu ma’lum bir qisqa muddat saqlanib turish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Uzoq muddatli Uzoq muddatli davrda vaziyat boshqacha bo’ladi. Uzoq muddatli davrda firma davr nuqtai nazaridan, birinchidan, firmalar uchun barcha muvozanati. xarajatlar o’zgaruvchi; ikkinchidan, bozorda firmalarning soni ham o’zgaradi. Uzsq mudatli davrda mahsulot hajmini o’zgarishiga qarab o’rtacha xarajatlar ham o’zgaradi. Dastlab firmalarning xarajatlari qanday o’zgarishini ko’raylik. Uzoq muddatli davrda firma ishlab chiqarishni kengaytirish yoki aksincha kamaytirish uchun faqat o’zgaruvchi xarajatlarni ko’paytirish yoki pasaytirish bilan cheklanmaydi. Sababi omillar o’rtasidagi optimal nisbat buzilib, samaradorlik pasayib ketishi mumkin. Foydani ko’paytirish uchun firma o’z quvvatini o’zgartiradi. Bunda doimiy xarajatlar o’zgaradi, firmaning o’rtacha xarajatlari ham o’zgaradi va u yangi egri chiziqda ifodalanadi. Yalpi o’rtacha xarajatlar egri chizig’i ishlab chiqarishning eski AS o’rtacha xarajatlari egri chizig’iga nisbatan qanday bo’ladi? Bu masshtab effektiga bog’liq. Firma ishlab chiqarish hajmini o’zgartirib, yangi qisqa muddatli davrga o’tadi. Grafikdan ko’rish mumkin har safar yangi qisqa muddatli davrda ijobiy effekt xarajatlarni pasayishiga, mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum bir hajmidan so’ng salbiy effektga o’tilishi bilan xarajatlar o’sishiga olib keladi va LAS bo’ylab xarakatlanadi. Shuning uchun ishlab chiqarish jalb qilinayotgan resurslarga qarab firma o’z ishlab chiqarishini optimal hajmini belgilaydi va uzoq muddatli davrda o’rtacha xarajatlarni minimallashtirishga erishiladi. Endi tarmoqda firmalar sonini o’zgarishi variantini ko’raylik. Avvalgi grafik Agar bozor bahosi o’rtacha xarajatlardan yuqori bo’lsa firma iqtisodiy foyda oladi. Bu holda tarmoqqa yangi firmalar kirib keladi. Firma uchun ahvol yomon bo’lsa, u tarmoqdan chiqib ketadi, taklif qisqaradi. Boshqa sharoit o’zgarmagani holda, narx o’sishni boshlaydi, bu xolat firma normal foyda olguncha davom etadi. AC AC 1 AC 2 AC 3 AC 4 1AC O Q 1 Q 2 Q 3 Q 4 Q Oxir-oqibat narx minimal o’rtacha xarajatlarga teng bo’lgan holda tarmoqda faoliyat yuritayotgan firmalar soni o’zgarishi tendentsiyasi amal qilmaydi. Mazkur raqobatli tarmoq uzoq muddatli muvozanat holatida bo’ladi. Uni shartlarini quyidagicha ifodalash mumkin: MC = P = AC = LAC Bu holat yuqoridagi chizmada ko’rsatilgan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: erkin raqobat kurashiga asoslangan bozorda uzoq muddatli davrda manna shu darajadagi ishlab chiqarish jarayonida cheklangan resurslardan samarali foydalanish nuqtai nazaridan ham, resurslarni turli tarmoqlar o’rtasida samarali taqsimlanishi nuqtai nazaridan ham iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bir tomondan, R = AS sharti narxni firmaning minimal o’rtacha xarajatlar darajasida,ya’ni ishlab chiqarishni eng kam resurslar sarflanadigan samarali texnologiyadan foydalangan shcharoitda muvozanatga erishadi. Undan tashqari AS = LAS firmaning qisqa muddatdagi o’rtacha xarajatlari uzoq muddatli minimal o’rtacha xarajatlariga teng bo’lsa optimal quvvatga(kattaligi) ega bo’lishiga erishilganini ko’rsatadi. Ikkinchi tomondan, R = MS shu mahsulotning narxi, me’yoriy naflilikni me’yoriy xarajatlarga tengligi, qo’shimcha mahsulot birligining muqobil qiymatini o’lchovi sifatida me’yoriy xarajatlar nazarda tutiladi. Shunday qilib bu shart cheklangan resurslar iste’molchilarning tanlovi asosida taqsimlanayotganini ko’rsatadi. Uzoq muddatli davrda tarmoqlar tarkibiga kiruvchi firmalarning holatiga ko’ra tarmoqda o’rtacha xarajatlar kamayib borishi, o’zgarmasligi yoki ko’payib borishi mumkin. Muvofiq ravishda foyda ham: ko’payishi, o’zgarmasligi, kamayishi mumkin. Qaysi tarmoqda qisqa muddatli davrda foyda yuqori bo’lsa, uzoq muddatli davrda shu tarmoqqa yangi firmalar kirib keladi. Taklif ko’payadi, narx tushadi. Natijada iqtisodiy (sof) foyda olish tugaydi. Qaysi tarmoqda qisqa muddatli davrda firmalarning o’rtacha xarajatlari yuqori, baho past bo’lsa, uzoq muddatli davrda ko’p firmalar bu tarmoqni tark etadi. Taklif kamayadi. Narx ko’tariladi. Firmalar normal foyda olishni boshlaydi. Shunday qilib bozor iqtisodiyoti sharoitida olinayotgan normal foydaga ko’ra firmalarning uzoq va qisqa muddatli davrda muvozanatiga erishiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling