Iqtisod moliya
-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
4-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni
minimallashtirish nazariyasi Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin. 1. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda minimallashtirish masalasiga kiradi. 2. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p foyda keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani maksimallashtirish masalasiga kiradi. 3. Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish masalasini ko’rib chiqdik. Endi ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish masalasini ko’rib chiqamiz. Tadbirkor xarajatlarni minimallashtirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish omllarining eng samarali nisbatini topishi kerak. Chunki u shundagina qo’ygan maqsadiga erishishsh mumkin. Buni aniqlash uchun ishlab chiqarish omillari befarqlik egri chizig’i izokvantadan foydalanamiz. U ishchlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi bir xilda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlar edi(3- bob).Omillarning har qanday nisbatda birlashuvi bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishga olib kelsa, endi tadbirkor anna shu omillarni sotib olish uchun ularni qanday nisbatda bo’lganda eng kam xarajat qilishini aniqlash kerak. Aytaylik, biron turdagi 100 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun kapital va mehnatning turli kombinatsiyalari (nisbat)dan foydalanish mumkin. Bir ishchi ish haqi 2 dollar, kapital birligining qiymati 3 dollar bo’lsin. U holda misolimiz jadval shaklida quyidagicha bo’ladi. (Misolimiz P. Samuelsonning «Ekonomika» kitobi bo’yicha.) Bizni misolimizda qanday qilib stanoklar soni bilan ishlovchilar sonining optimal miqdorini aniqlasa bo’ladi? Buning uchun omil evaziga olingan me’yoriy mahsulot hajmi bilan mehnat bahosini taqqoslaymiz. Stanok me’yoriy mahsuloti hajmi bilan stanokning narxini taqqoslaymiz. Bir mehnat omilini ikkinchisi bilan almashtirish ularning me’yoriy mahsulot hajmi va xarajatlari teng bo’lguncha davom etadi: A1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda ishlovchilar soni o’zgarmagani holda qo’shimcha kapital ishga tushirilishi evaziga olingan qo’shimcha mahsulot; V1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda kapital miqdori o’zgarmagani holda qo’shimcha jalb qilingan ishlovchi evaziga yaratilgan qo’shimcha mahsulot; A2 — omilning narxi, misolimizda stanokning narxi (to’g’rirog’i amortizatsiya haqi); V2 — omilning narxi, misolimizda ishchining ish haqi. Umumiy tarzda avval ko’rsatsatib o’tganimizdek, MR=MS=R Tadbirkor ishlab chiqarishning «qimmat» omilini «arzon» omil bilan almashtiradi. Bu almashtirish yuqorida ko’rsatilgandek shu omillar hisobiga olingan me’yoriy mahsulot va unga ketgan xarajatlar tenglashguncha davom etadi. Misolimizni chizma tarzda tasvirlaylik. Ishlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi, ya’ni 6K va 1L yoki 3K va 2L, 2K va 3L yoki 1K va 6L bir xilda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ta’minlaydi. Lekin shulardan qaysi biri tadbirkor uchun eng arzon tushadi? Jadvalning ma’lumotlari asosida teng mahsulot egri chizig’ini topamiz yoki ishlab chiqarishning befarqlik egri chizig’i (izokvanta)ni aniqlaymiz. Endi teng xarajatlar, ya’ni abstsissa va ordinata o’qlari bo’yicha ishlab chiqarish omillariga qilingan xarajatlar teng nuqtalarini aniqlaymiz va to’g’ri chiziq o’tkazamiz. Bu K 6 3 2 1 L 1 2 3 6 chiziqlar izokostlar (isokost curve) deb ataladi. U tadbirkorning byudjeti cheklanganligi chizig’ini ko’rsatadi. Avval ko’rsatganimizdek, kapital birligining narxi 3000 dollar, mehnat 2000 dollar bo’lsin. Agar tadbirkorning puli atigi 6000 dollar bo’lsa, u shu puliga 2 birlik kapital sotib olishi mumkin. Yoki faqat mehnatga sarflasa, 3 kishini ishga yollashi mumkin. U holda ordinata o’qiga kapital, abstsissa o’qiga mehnatni joylashtirib grafikda tasvirlasak, quyidagi ko’-rinishda bo’ladi. Tadbirkor mablag’ini faqat kapital yoki faqat mehnatga sarflanishi mumkin bo’lgan nuqtalarni birlashtirsak, 6000 dollarlik izokostning to’g’ri chizig’i kelib chiqadi. Shu to’g’ri chiziqdagi har bir nuqta K va L ning turli nisbatdagi birlashuvini, lekin umumiy xarajatlar 6000 dollardan oshmasligini ko’rsatadi. Endi tadbirkorning puli 9000 dollar, 12000 dollar va hokazo deb, yana avvalgicha nuqtalarni topib to’g’ri chiziq o’tkazib, har biri uchun alohida izokost chizig’ini topamiz. Biz alohida-alohida bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun omillarning turlicha birlashuvini hamda teng xarajatlar asosida omillar miqdorini o’zgarishini ko’rib chiqdik. Endi ana shu har ikki grafikni bitta qilib tasvirlaymiz. Xamma nuqtalarni, ya’ni teng mahsulot miqdori bilan teng xarajatlar chiziqlarini qarab chiqsak, ular S nuqtada bir-biriga urinib o’tar ekan (lekin kesishmaydi). Aynan ana shu teng xarajatlar chizig’iga, teng mahsulot egri chizig’i urinib o’tgan nuqta ishlab chiqarish xarajatlarining minimal darajasini ko’rsatadi. Bizni misolimizda kapital 3000 dollar, mehnat 2000 dollar. Tadbirkor mablag’ini 2 birlik kapital va 3 birlik mehnatga sarflasa, omillarning eng optimal darajada birlashuvini ta’minlagan bo’lar ekan. Befarqlik egri chizig’i bilan izokost — xarajatlar tengligi to’g’-ri chizig’i S nuqtada urindi. U (2·3K) doll)+(3·2L)=12000 dollarni tashkil etadi. Demak, tadbirkor 12000 dollar mablag’ sarflab, uni 2 birlik kapitalga sarflab 3 kishini ishga yollasa, eng maqbul darajada omillarni birlashuvini ta’minlab, minimal darajada xarajat qilishga erishar ekan. Omillarning bundan boshqa har qanday nisbatda birlashuvi unga qimmatga tushadi. Masalan, 3K va 2L yoki 6K va 1L. Befarqlik egri chizig’i kontseptsiyasi italiyalik olim V. Pareto tomonidan XX asr boshlarida ishlab chiqilib, keyinchalik 1930 yili ingliz olimi D. R. Xiks tomonidan chuqurlashtirilgan. Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishda vaqt muhim rol o’ynaydi. Odatda, qisqa muddatli davr (bunda ishlab chiqarish quvvati o’zgarmay qoladi) va uzoq muddatli davr (bunda ishlab chiqarishning barcha omillarini o’zgarishi uchun etarli bo’lgan vaqt) nazarda tutiladi. Amerikalik iqtisodchilar Duglas va Solou 20- yillar (XX asr) dan ishlab chiqarishni statistik jihatdan tadqiq qilib, 100 yil davomida qanday o’zgarganini o’rganib, ishlab chiqarish kapital va mehnat omillari mahsulot ishlab chiqarilishining o’sishiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlashdi. Ular mehnatni 1% o’sishi mahsulotni umumiy o’sishini 3/4 qismini tashkil etsa, kapitalning o’sishi 1/4 qismini tashkil etishini aniqlashdi. Bu xulosa butun jamiyatga taalluqli bo’lgani uchun, bu indekslarni (3/4 va 1/4) agregat indekslari deb ataldi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi bog’lanish Duglas va Solouning ishlab chiqarish agregat funktsiyasi deb ataladigan bo’ldi. Shunday qilib, Duglas va Solou xulosalari asosida iqtisodiy rivojlantirishning retsepti taklif etildi: «insoniy kapitalga» ko’proq mablag’ sarflash kerak, chunki mehnat ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, o’stirishda ishlab chiqarish vositalari (kapital)ni o’stirishga qaraganda ko’proq samara beradi. Shuning uchun iqtisodiy fanlar sohasining olimlari mehnat unumini oshirishning yangi yo’llarini qidirishga kirishib ketdilar. (Ma’lumki, mehnat unumdorligi vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.) Shunday qilib, insoniy munosabatlar, sotsial sherikchilik nazariyasi va hokazolar vujudga keldiki, bu nazariyalar, eng avvalo har bir insonni ishlab chiqarish natijalari qanday bo’lishiga qiziqishini, diqqat-e’tiborini qaratishni ta’minlashga qaratilgan. Bu degani ishlab chiqarish faqat mehnatdan yaxshi foydalanish evaziga ko’payadi degani emas. Duglas va Solou fikricha hozirgi zamonda mehnat ishlab chiqarishning asosiy omili ekan, sababi mahsulot ishlab chiqarishni o’sishini boshqa omillarga qaraganda ko’proq ta’minlaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling