Iqtisod moliya
chegaradan so’ng korxonani yanada kattalashtirish o’rtacha xarajatlarni kamaytirish
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish ko’lamiga ko’ra masshtab effektining o’zgarishi
- Qisqa muddatli
chegaradan so’ng korxonani yanada kattalashtirish o’rtacha xarajatlarni kamaytirish
emas balki, ortib borishiga olib keladi. Bunga sabab quyidagilar. 1. Boshqarish bilan bog’liq qator muammolarni kelib chiqishi. Korxonaning haddan ziyod kattalashuvi, boshqaruv bo’g’ini haddan tashqari kengayib ko’payib ketishiga olib keladi. Ular o’rtasida byurokratlik o’sib, bir-biriga mos tushmagan, gohida zid, hamda kechikib qaror qabul qilish xollari ko’payib boradi. Samarali boshqarish, korxona faoliyatini nazorat qilish, ishni tashkil qilish qiyinlashadi. Axborot etkazishda muammolar kelib chiqadi. 2. Iste’molchilar talabi yoki ishlab chiqarish texnologiyasini o’zgarishiga tezda moslasha olmasligi. Katta hajmdagi asbob uskuna, ishlab chiqarish liniyalarini o’zgartirish ko’p vaqt talab qiladi. 3. Ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki tayyorlashdagi yo’qotishlar ham ta’sir qiladi. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish ko’lamiga ko’ra masshtab effektining o’zgarishi xarajatlar Ishlab chiqarish ko’lamini orti shi, masshtabiga ko’ra ijobiy effekt Ishlab chiqarish ko’lami, masshtabiga ko’ra salbiy effekt mahsulot Firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilaganda, ishlab chiqarish hajmini ortishi qanday natijaga olib kelishiga ko’ra qaror qabul qiladi. Demak foyda (daromad) pasayishi qisqa muddatli davrda me’yoriy unumdorlikni pasayishi sababli yuz bersa, uzoq muddatli davrda esa korxona quvvatining ortishi dastlab ijobiy effektni ustun bo’lsa, ma’lum chegaradan so’ng salbiy effektlarni ortishi tufayli yuz beradi tushuntirish mumkin. Shuning uchun firmalar qisqa muddatli davrda ham uzoq muddatli davrda foydani pasayishi kuzatilishi bilan tezda zarur chora-tadbirlar belgilaydi. Qisqa muddatli O’rtacha xarajatlar dinamikasi firmaning bozordagi davrda firmalar ahvolini xarakterlaydi. Lekin ishlab chiqarish va muvozanati taklifning optimal hajmini ko’rsatmaydi. Bir tarmoqda texnik qurollanish, ishlab chiqarish ko’lami, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa jihatlari bilan farqlanuvchi turli firmalar faoliyat yuritadi. Demak ularning xarajatlari ham har xil. Firmalarning o’rtacha xarajatlarini narxlar bilan taqqoslash bu firmalarning bozordagi holatini baholash imkonini beradi. Erkin raqobat sharoitida baholar o’ziga xos tashqi chegara rolini o’ynaydi. Yuqori baholar yangi firmalarni kirib kelishi, eskilarini saqlab qolishga imkon bersa, past baholar esa ularni zarar ko’rishi va tarmoqni tark etishiga olib keladi. Uni yuqoridagi grafiklar yordamida tadqiq qilishimiz mumkin. P P P AC AC AC M M а) Q б) Q 1 Q 2 Q 3 в) Q Qisqa muddatli davrda firmaning ishlab chiqarish quvvati o’zgarmaydi. Shuning uchun ular o’z foydalarini maksimallashtirish vpa zaralarini minimallashtirishni faqat o’zgaruvchi xarajatlar(material, xom ashyo, mehnat haqi kabilar) miqdorini o’zgartirish orqali erishiishlari mumkin. Grafikdan ko’rinib turibdiki ( a) rasm), firma M nuqtada o’zining minimal o’rtacha xarajatlarini qoplay oladi. M nuqta foyda nuqtasi xisoblanadi (ya’ni faqat normal foyda oladi). Ikkinchisi ( b) rasm)da o’rtacha xarajatlar narxlardan past, ular ma’lum xajmda fakat normal foyda emas, iqtisodiy foyda xam oladi. Uchinchisi ( v) rasm)da esa firmalar har qanday hajmda ishlab chiqarish miqdorida firma bozorni tark etishi kerak, chunki uning xarajatlari narxdan ancha yuqori. Ikkinchi ( b) rasm bo’yicha) firmaning o’rtacha xarajatlari har ikki ko’rsatilgan firmalar xarajatidan past. M nuqtada xarajatlarni Q xajmda eng minimal o’rtacha xarajatlar deb aytamiz. Bu nuqtada firmaning bir birlik mahsuloti eng ko’p foyda keltiradi deb ayta olamiz. Lekin uni firmaning ishlab chiqarishini muvozanatga erishgan optimal xajmi deb ayta olamizmi? Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilarni bir-birlik mahsulotdan olinadigan foyda emas, balki olinadigan foyda massasi qiziqtiradi. Demak firmaning foydasini maksimal darajada bo’lishini ta’minlovchi ishlab chiqarish hajmini aniqlashimiz kerak. O’rtacha xarajatlar chizigi uni ko’rsata olmaydi. Uni iqtisodchilar ikki yo’l bilan aniqlashni tavsiya etishadi: 1. Yalpi daromad 1 bilan umumiy xarajatlarni taqqoslash; 2. Me’yori daromad bilan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash orqali; Me’yoriy xarajatlar egri chizigi xarajatlar va o’zgaruvchi xarajatlardan farq qiladi. Qo’shimcha ishlab chiqarish yo’q bo’lsa MS ham yo’q bo’ladi. Qo’shimcha ishlab chiqarish qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birga qo’shimcha daromad ham olib keladi. Qo’shimcha daromad, boshqacha aytganda me’yoriy daromad MR=TRn - TR(n-1)ga teng. Erkin raqobat sharoitida alohida firma bozor bahosiga ta’sir o’tkaza olmaydi. Qancha mahsulot bo’lsa ham bir xil bahoda sotadi. Bu degani erkin raqobat sharoitida qo’shimcha sotilgan maxsulotdan olingan qo’shimcha daromad har qanday hajmda teng bo’ladi, ya’ni me’yoriy daromad narxga teng MR=P bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar bilan qo’shimcha daromadni solishtirib, mazkur baholarda qaysi nuqtada, ya’ni qancha hajmda maksimal darajada foyda massasiga ega bo’lib muvozanatga erishadi, nisbatan to’g’ri aniqlay olamiz. Bu firma qo’shimcha xarajatlar hisobiga qo’shimcha daromad olar ekan, ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib boradi. Agar meyoriy xarajatlar me’yoriy daromadlardan ortib ketar ekan firma zarar ko’rishni boshlaydi. Bu haqda yuqorida ham to’xtab o’tganmiz. Shunday qilib, firmanipg qisqa muddatli davr uchun ham uzoq muddatdi davr uchun ham muvozanatga erishish sharti sifatida MC=MRni, ya’ni me’yoriy xarajatlarni me’yoriy daromad bilan tengligini ko’rish mumkin. Mukammal raqobatga asoslangan bozorda me’yoriy daromad doimo narxga teng bo’lgani uchun firmaning muvozanat sharti MC=P shaklini oladi. Me’yoriy xarajatlarni me’yoriy daromadlar Bilan taqqosdash o’ziga xos signal vazifasini bajarib, tadbirkorni ishlab chiqarishni optimal darajasiga erishildimi yoki foydani yanada o’sishini kutish mumkinligi to’g’risida axborot beradi. Oxir-oqibat, firmaning har qanday ishlab chiqarish hajmida o’rtacha xarajatlari narxdan yuqori bo’ladigan bo’lsa, firma zarar ko’radi. U boshqa ishlab chiqarishga ixtisoslashishi yoki bozorni tark etishi kerak. Lekin me’yoriy xarajatlar dinmikasi orqali firmaning foydasi masasini to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Sababi unda doimiy xarajatlarni hisobga olmaganmiz. Firmaning yalpi foydasini yalpi tushumdan umumiy xarajatlarni ayirib topamiz. Yalpi tushumni mahsulot miqdorini narxga ko’paytirib (TR=QxP) topamiz. Umumiy xarajatlarni esa mahsulot miqdorini o’rtacha xarajatlarga (TC=QxAC) ko’paytirib topamiz. Shunday qilib, me’yoriy xarajatlar bilan me’yoriy daromadlar tahlili hamda o’rtacha xarajatlar dinamikasi tahlili bilan birgalikdagina olinadigan foyda massasini aniq hisoblashimiz mumkin. Yuqoridagi 1 Bu erda daromad deganda mahsulotlarni sotib olinadigan tushum ko’zda tutiladi rasmlardagi uch xil vaziyat bo’yicha, agar me’yoriy daromad egri chizig’i o’rtacha xarajatlar egri chizig’iga urinib o’tsa, yalpi xarajatlar yalpi daromadga teng bo’ladi, firma normal foyda oladi. Chunki, mahsulot narxi o’rtacha xarajatlarga teng. Agar, ma’lum bir intervalda narx chizig’i bilan me’yoriy daromad egri chizig’i o’rtacha xarajatlar egri chizig’idan yuqorida joylashsa, muvozanat nuqtasi M(ya’ni, shu optimal hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish)da firma sof foyda oladi. Agar, o’rtacha xarajatlar har qanday hajmda narxdan yuqori bo’lsa, u holda firma optimal dvrvjada ishlab chiqarishda ham zarar ko’radi. Qisqa muddatli davrda firma shunday vaziyatda bo’lishi mumkinki, uning olgan tushumi xarajatlarini qoplamaydi. Bunday holatda u zararni minimallashtirishga harakat qilishi kerak. Firmani qisqa muddatli davrda kelajakda maqsadiga qarab, uning uchun ishlab chiqarishni davom ettirish yoki vaqtincha to’xtatish kerakmi, aniqlashi kerak. Qaysi holatda uning uchun zarar kamroq bo’ladi? Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa u faqat doimiy xarajatlar qiladi xolos. Agar firma mahsuloti ishlab chiqarsa doimiy xarajatlardan tashqari o’zgaruvchi xarajatlar ham qiladi. Shu bilan birga ma’lum miqdorda daromad ham oladi. Shuning uchun qachon firma zararni minimallashtirishi mumkinligini aniqlash uchun baho bilan o’rtacha xarajatlarnigina emas, balki o’zgaruvchi xarajatlarni xam taqqoslaydi. Chizmada AS egrichizig’i M nuqtada minimal bo’lishi kerak Bu vaziyatni o’rganish uchun yuqoridagi chizmadan foydalanamiz. R 1 bozor bahosi minimal o’rtacha xarajatlardan past, lekin o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlardan yuqori. Optimal ishlab chiqarish hajmi Q1 la o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari Q1M bo’lagi o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar Q11 bo’lagiga teng. Muvofiq ravishda M1- bu o’rtacha doimiy xarajatlar. Agar firma ishni davom ettirsa uning umumiy yalpi tushumi (OP1EQ1) umumiy xarajatlardan (to’rtburchak OC 1 HQ1dan) kam bo’ladi. Bunda o’zgaruvchi xarajatlar (to’rtburchak OC 1 1Q1) doimiy xarajatlarni bir qismi qoplanadi. Zarar to’rtburchak S 1 R 1 ME ga teng bo’ladi . Agar ishlab chiqarish to’xtasa doimiy xarajatlarni xammasi C v C 1 M1 (to’rtburchak) Shunday qilib narx Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling