Iqtisod moliya
Me’yoriy unumdorlik, me’yoriy daromadni pasayib borishi albatta olinadigan
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Me’yoriy unumdorlik, me’yoriy daromadni pasayib borishi albatta olinadigan
foydani ham pasayishiga olib keladi. Qisqa muddatli davrda o’rtacha xarajatlarni avval kamayib, so’ngra ko’payishi, uni grafikda tasvirlanganda botiq yoysimon shaklni olishiga sabab me’yoriy unumdorlikni pasayishi qonunining amal qilishi bo’lsa uzoq muddatli davrda vaziyat boshqacha bo’ladi. Uzoq muddatli davrda korxonaning o’z quvvatini oshirishi ma’lum bir chegaragacha o’rtacha xarajatlarni pasayishiga olib keladi, undan o’tgach esa ortib boradi. Uni iqtisodchilar ishlab chiqarish hajmining o’sishi bilan bog’liq, ishlab chiqarish ko’lami, quvvati, miqyosi (masshtabi) effektining ijobiy yoki salbiy xarakterga ega bo’lishi, ya’ni ishlab chiqarish hajmining o’sishiga ko’ra iqtisod qilish yoki yo’qotishlar bilan izohlashadi. Korxona kattalashib borgan sari qator omillar o’rtacha xarajatlarni pasayib borishiga olib keladi. Ular quyidagilar: 1. Mehnatning ixtisoslashuvi. Korxonaning kengayishi mehnatni ixtisoslashuviga imkon yaratadi. Bu esa mehnat unumdorligini oshiradi. Boshqaruv xodimlarini ixtisoslashuvi: mehnat, moliya, marketing kabilar alohida bo’g’inlarga ajratilishi tufayli o’z ishini yaxshi bilgan mutaxassislar o’z mahoratini ishga solishi tufayli ishlab chiqarish samarasi ortadi. Kichik korxonalarda bunday imkoniyat yo’q. 2. Kapitaldan unumli foydalanish. Kichik korxonalar ko’pincha yangi texnika, texnologiya, asbob-uskunalardan foydalanish imkoniga ega bo’lmaydi. Ular ko’pincha katta hajmda mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Masalan: mashinasozlik, avtomobilsozlik va hokazolar. 3. Asosiy mahsulotdan tashqari yordamchi mahsulot ishlab chiqarish mumkinligi. Masalan: yirik go’sht kombinati asosiy mahsulotdan tashqari, yordamchi: kley, mineral o’g’it, suyak uni, dori-darmon va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishi mumkin. Ular asosiy mahsulot uchun chiqit bo’lgan xom ashyodan tayyorlanadi. 4. Boshqa omillar. Ko’pchilik mahsulotlarni ishlab chiqarish loyihalash, konstruktorlik ishlari, sinash, sotish va boshqalar uchun ko’payishi bilan o’rtacha xarajatlarni pasayishiga olib keladi. Shuning imkoniyati katta sohalarda yirik korxonalar vujudga keladi. Lekin ma’lum Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling