Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

neoklassik. Ana shu ikki xil yondashuvdan kelib chiqib, narxlarga ikki xil ta’rif beriladi. 
Birinchisi, klassik yondashuv, ya’ni ishlab chiqarish nuqtai nazaridan yondashish. Bunda 
narxlar ishlab chiqarish omillari, eng avvalo mehnat omili bilan bog’liqligi asoslanadi. Bunda 
narx quyidagicha ta’riflanadi: «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir». Narxni bunday 
ta’riflaganda asosiy diqqat qiymatga qaratiladi. 
A. Smit va D. Rikardo tomonidan asos solinib, keyinchalik J. S. Mill tomonidan 
rivojlantirilgan mehnat nazariyasiga ko’ra, tovarning qiymati unga sarflangan mehnat xarajatlari 
bilan o’lchanadi. Lekin avval ta’kidlaganimizdek u nazariy kategoriyaligicha qola berdi. Chunki 
amalda tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatni o’lchashning iloji yo’q. 
Amalda qiymat bilan narx o’rtasidagi bog’lanish xarajatlar printsipini qo’llash orqali 
tatbiq etildi. Unga ko’ra narx miqdori tovar birligini ishlab chiqarish uchun barcha omillarga 
qilingan xarajatlar bilan o’lchanadi, ya’ni narx xarajatlar asosida shakllanadi. Xarajatlarga 
ma’lum miqdorda olinadigan foydaning qo’shilishi natijasida narx tashkil topadi. 
Narxni shunday tarzda ta’riflanishi: a) tovar va xizmatlarni baholashni faqat mehnat 
mahsuli bo’lgan tovarlar bilan cheklashga; b) xarajatlar ko’paygan sari narxni qimmatlashuvini 
o’rinli deb e’tirof etishga olib keladi. 
Ikkinchi, neoklassik nuqtai nazarga ko’ra «Narx tovarlar va xizmatlarning nafliligini 
baholash vositasi bo’lib, unga to’lanadigan pul miqdorini ifodalaydi». Narxni bunday 
ta’riflashda ikki narsaga: a) narxni tovar va xizmatlarning nafliligi, foydaliligi bilan bevosita 
bog’liq ekanligiga e’tibor qaratiladi; 


b) tovar va xizmat narxi ayirboshlash jarayonidagina yuzaga chiqishi ta’kidlanadi. Demak, 
bozorsiz, bozorda yuz beradigan oldi-sotdisiz narx haqida bir nima deyish qiyin. Faqat 
bozordagina narx o’rnatilishi mumkin. 
Xozirgi zamon iqtisodiy nazariyasida iqtisodchilar tomonidan eng ko’p qo’llab-
quvvatlangan neoklassik nazariya Marshallning baho1 kontseptsiyasidir. U qiymatni inkor qilib, 
faqat almashuv qiymati, ya’ni baho mavjudligini tan oladi. U bahoning shakllanishida me’yoriy 
naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif kontseptsiyalarini birlashtirib, yagona 
kontseptsiya tarzida ilgari suradi: qisqa muddatli muvozanatda narxga naflilik ko’proq ta’sir 
ko’rsatsa, uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari muhim rol o’ynashini ko’rsatib 
beradi. 
Xar ikkisini solishtirib ko’rib, narxni ta’riflashga bozor mexanizmi nuqtai nazaridan 
yondashuv nisbatan universal hamda amaliy ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. 
Narx va uning o’sish darajasiga qarab nainki bozordagi vaziyatga, kon’yunkturaga, balki 
mamlakatdagi iqtisodiy holatga ham baho berish mumkin. Narxning iqtisodiy mazmuni, 
ahamiyatini uning funktsiyalari to’laroq ko’rsatib beradi. Narx asosan quyidagi funktsiya va 
vazifalarni bajaradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling