Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

2-§. Narx turlari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi, har xil maqsadlarda qo’llanuvchi, 
turli vazifalarni bajaruvchi narxlar majmui amal qiladi. Narxlarga qaysi nuqtai nazardan 
yondashishga hamda iqtisodiyotda qanday amal qilishiga qarab, ularni turli guruhlarga ajratish 
mumkin. 
1. Sotish usuli, operatsiyasi, miqyosi, sohasi jihatidan narxlar ulgurji, chakana, xarid 
narxlari, xizmat ko’rsatish tariflaridan iborat. 
Mahsulotlarni ko’tarasiga, ya’ni katta miqdorda sotish narxlari ulgurji narxlar deyiladi. 
Firmalar, korxonalar, maxsus do’konlar, tovar birjalari tomonidan ulgurji narxlar bo’yicha 
sotiladi. Odatda, ulgurji narxlarda ishlab chiqaruvchilar bir-birlariga yoki vositachilarga 
mahsulotlarini sotadilar. Ulgurji narxlar ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, fan va 
texnika taraqqiyotining rivojlanishiga ta’sir qiladi. Ulgurji narxlar ko’pincha shart-noma—
kontrakt narxlari tarzida qo’llaniladi. Bu narxlar ishlab chiqaruvchilarning xarajatlarini qoplash 
va ma’lum miqdorda foyda olishini ta’minlashi kerak. Ulgurji narx odatda chakana narxning 
60—80% ini tashkil etadi. Tovarning iste’molchiga chakana savdo tarmoqlari orqali donalab 
yoki kichik miqdorlarda sotilganda qo’yiladigan narx chakana narx deyiladi. Chakana narxlarda 
asosan iste’mol tovarlari aholiga, nisbatan kamroq — firma, tashkilot, tadbirkorlarga sotiladi. 
Chakana savdo orqali, chakana narxlarda tovarlar pirovard iste’molchiga sotiladi. 
Chakana narxlarning ulgurji narxlarga qaraganda savdo ustamasi miqdori ko’p. Savdo ustamasi 
chakana savdo xarajatlarini qoplash va foyda olish imkoniyatini beradi. Respublikamizda savdo 
ustamasi ulgurji narxga nisbatan 20% miqdorida belgilangan. Chakana narx talab va taklifga 
qarab o’zgarib turadi. 
Xarid narxlari — bu davlat tomonidan korxona, tashkilot, aholidan sotib olinadigan 
mahsulotlarga belgilanadi. Xarid narx-lari bo’yicha amaliyotimizda davlat korxonalardan qishloq 
xo’jalik mahsulotlari chunonchi bug’doy, paxta, pilla sotib oladi. Bu narxlar xarajatlarni qoplash 
bilan birgalikda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur jamg’arishni ta’minlashni ham 
ko’zda tutadi. Bu narxlarning alohida xususiyati shundaki, ma’lum hollarda xarid narxlariga 
ustamalar, imtiyozlar ko’zda tutiladi. 
O’ziga xos narx turlaridan biri tariflardir. Tariflar xizmat ko’rsatish sohalarida 
qo’llaniladi. Xizmat ko’rsatish jarayonida yangi mahsulot yaratilmaydi, balki mavjud 
mahsulotning sifati o’zgartiriladi. 
Ko’pincha, xizmat jarayoni uni iste’mol qilish bilan birga boshlanadi. Xizmat 
ko’rsatishni iqtisodiy faoliyat turi sifatida o’ziga xos xususiyatga ega ekanligi ularga narx 
belgilashda ham namoyon bo’ladi. Uni tarif deb yuritiladi. Xizmatlarga tarif belgilaganda 
faqatgina ish hajmi emas, balki vaqti, sifati ham muhim rol o’ynaydi. Tariflarning tipik shakli 
sifatida misol qilib maishiy xizmatlar — telefon, kommunal xizmat tariflarini ko’rsatish 
mumkin. 
2. Tartibga solish darajasi va uslubiga ko’ra narxlar qat’iy belgilangan, tartibga 
solinadigan, shartnoma va erkin narxlarga bo’linadi. 
Qat’iy narxlar davlat tashkilotlari tomonidan belgilanadi va uning darajasi rasmiy 
hujjatlarda aks ettiriladi. 
Bu turdagi narxlar asosan davlat iqtisodiyotida monopol mav- 
qega ega bo’lgan mamlakatlarda mavjud. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan qat’iy belgilangan narxlardan erkin bozor narxiga o’tib 
boriladi. Bu jarayonni liberallashtirish yoki erkin narxlarga o’tish deb yuritiladi. 
Tartibga solinadigan narxlar — bu davlat idoralari tomonidan tartibga solinadigan 
narxlardir. Davlat soliq imtiyozlari berib, narxni tushirishni rag’batlantirishi mumkin. Yoki 
ayrim tovarlarga narx miqdorini cheklashi mumkin. Bu albatta narxlarning o’sib ketishining 
oldini oladi. Lekin, uning qator kamchiliklari bor. Narxni yuqori chegarasini davlat tomonidan 
belgilab qo’yilishi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Sababi narx 
ketgan xarajatlarni qoplab ishlab chiqarishni kengaytirish imkoni darajasida foyda olish imkonini 


bermaydi. Natijada tovar taqchilligi vujudga keladi. Bu o’z navbatida qat’iy belgilangan narxlar 
kabi, nolegal — chayqov bozorini vujudga kelishiga sabab bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tartibga solinadigan narxlar davlat tomonidan mamlakatdagi 
shart-sharoitga ko’ra tatbiq etiladi. Bunda davlat narxning yuqori chegarasini belgilab qo’yadi. 
Aytaylik, rentabellik darajasi, foyda normasi 50% dan oshmasligi kerakligi ko’rsatilgan bo’lsa, 
demak mahsulotga sarflangan xarajatlar 800 so’m bo’lsa, uning narxi 1200 so’mdan oshmasligi 
kerak. Odatda, ko’pincha bunday narxlar jamiyat hayotida muhim o’rin tutadigan tovar va 
xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Xozirgi payt-da juda ko’p mamlakatlarda ana shunday tovarlar 
15—20% ni tashkil etadi. 
Shartnoma narxlari — oldi-sotdi qilish yuzasidan shartnoma asosida kelishilgan narx 
bo’lib, u shartnoma hujjatlarida rasmiylashtiriladi. Xozirgi paytda shartnomalarda alohida bo’lim 
narx masalasiga bag’ishlanadi. Unda ko’pincha narxning absolyut miqdori emas, balki narxning 
diapazoni (dan boshlab gacha, chegarasi) yoki bu narxlarni davlat, bozor, jahon narxlari bilan 
aloqasi ko’rsatiladi. Shuningdek, shartnomada ko’rsatilgan narxlarni o’zgartirish mumkin 
bo’lgan holatlar, aytaylik inflyatsiya, yangi qonunlarni qa-bul qilish kabilar izohlanadi. 
Erkin narxlar. Nomining o’zi ko’rsatib turibdiki, bu narxlar bozordagi talab va taklif 
asosida belgilanadi. U bozordagi muvozanat narxi bo’ladi. 
Bu baholar xalq iste’mol mollarining barcha turlari yoki aholiga ko’rsatiladigan xizmat 
tariflarida namoyon bo’ladi. Savdo tashkilotlarining turli do’konlarida, dehqon bozorida, 
iste’mol bozorida yo boshqa turdagi bozorlarda har kuni biz chakana narxlarni ko’ramiz. 
Yuqoridagi sanab o’tilgan narxlar turli me’yoriy hujjatlarda o’z ifodasini topadi. Ulgurji 
va chakana narx preyskurantlari, narx kataloglari, smeta-normalar, narx kitoblari kabi hujjatlar 
shular jumlasidandir. Aholiga hujjatlar yoki birja e’lonlari orqali ma’lum qilinadigan baholar — 
nominal narxlar deb ataladi. Bunday hujjatlar narxlar haqida axborot bankini tuzib narx 
siyosatini yuritishda zamonaviy kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini beradi. 
Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari o’rtasida oldindan 
kelishib olingan va belgilangan baho kelishilgan narx deyiladi.Bu narxlar davlat belgilagan 
qat’iy narx-dan ham, erkin bozor narxlaridan ham farq qilishi mumkin, ammo faqat kelishilgan 
muddat davomida amal qilishi bilan boshqa narxlardan ajralib turadi. Bunday narxlarni 
qo’llashda tegishli nazorat joriy etilishi kerak.Chunki monopoliya tovarlar taqchilligidan 
foydalanib, kelishilgan holda narxni sun’iy oshirib, xalq hisobidan foyda ko’rishi yoki 
chayqovchilik vositasiga ayla-nishi mumkin.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan uni iste’mol etuvchi (xaridor) o’rtasida 
bitimga binoan har ikki tomonni roziligiga qarab belgilangan narxlar shartnoma narxlari 
deyiladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan narxlardan tashqari turli jihatlariga ko’ra guruhlarga 
ajratilgan narx turlari xilma-xil. 
Iqtisodiy tahlil qilish statistikada iqtisodiy taraqqiyot darajasi, erishilgan natijalarni 
taqqoslash uchun o’zgarmas yoki qiyosiy narxlardan foydalaniladi.Chunki real hayotda 
narxlarga inflyatsiya ta’sir etadi.Buni hisobga olinmasa noto’g’ri xulosa chiqarish mumkin. 
Yangi turdagi tovar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilayotganda, yangi o’zlashtiriladigan 
tovar, xizmat, material, yarim fabrikatlar, energiya, ishlab chiqarish uchun ob’ektlar qurishda 
loyiha baholari qo’llaniladi. Yangi tovar xizmatlari sifatini aniqlash uchun qo’llaniladigan 
baholar bazis narxlari bo’ladi. U namunaviy narx sifatida xizmat qiladi. Xalqaro savdoda ham 
bazis narxlar ishlatiladi. Agarda tovarning sifati kelishilgandan farq qilsa, bazis narx 
boshlang’ich narx sifatida xizmat qiladi. 
Monopoliyalar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish bahosidan baland yoki past qilib 
belgilangan narx — monopoliya narxi deb ataladi.Odatda, monopoliyalar sotadigan tovarlarning 
narxini yuqori, boshqa firmalardan oladigan mahsulotlar narxini esa past qilib belgilashadi. 
Maksimal va minimal chegaralari belgilangan baholar limit narxlari deb ataladi. Bu 
narxlardan yangi tovarni bozorda qaysi narxda o’tishini sinab ko’rish va yangiliklarni 
rag’batlantirish uchun foydalaniladi. 


Erning, suvning, har xil er osti qazilmalaridan olinadigan xom ashyolarning va hayvonot 
dunyosining o’z narxlari bor. 
Qonun bilan taqiqlangan faoliyat uchun yashirin narxlar mavjud. 
Jahon bozorida tovar va xizmatlar jahon narxlari asosida oldi-sotdi qilinadi.Bozorlarni 
egallash maqsadida demping narx-lari belgilanishi mumkin.Bu narxlar bozordagi mavjud 
narxlardan past darajada belgilanadi.Uni xususiy firmalar qo’llashi yoki davlatning o’zi 
belgilashi mumkin. 
Umuman, narxlar xilma-xil bo’lib, u iqtisodiy tizimda o’ziga xos mustaqil yo’nalishni 
tashkil etadi. Narxlar olamini yaxshi bilish, tushunish bozor iqtisodiyoti sharoitida nihoyatda 
katta aha-miyatga ega.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling