Iqtisod moliya


-§. Foydani maksimallashtirish va narx


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

5-§. Foydani maksimallashtirish va narx 
diskriminatsiyasi 
 
Mukammal raqobat sharoitida monopolistning narx ustidan hukmronligi talabning 
elastikligi bilan chambarchas bog’liq. Teng sharoitda xaridorlar talabining elastiklik darajasi 
qancha qat’iy bo’lsa, monopolist firmaning yuqori narxlar belgilash uchun imkoniyati shuncha 
yuqori bo’ladi. Bu bilan shunday vaziyat vujudga kelishi mumkinki, monopolist firma va 
xaridorlar uchun, o’z bozorini ajratishi afzalroq. 
Firma bir tovarini turli iste’molchilar guruhiga turli narx-larda sotishi mumkin. Lekin 
narxlardagi farq bu ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqdan kelib chiqmagan. Xarajatlar teng, bir 
xil. Ana shu tarzda sotish amaliyotda narx diskriminatsiyasi deyiladi. Bu erda diskriminatsiya 
so’zi biron-bir kishini huquqini cheklashni emas, balki bo’linishni, ajratishni ifodalaydi. Narx 
diskriminatsiyasi deb, bir xil tovarni turli iste’molchilar qatlamiga tabaqalashtirilgan holda 
sotishga aytiladi. 
Nima sababdan firma ma’lum hollarda narx diskriminatsiyasidan foydalanadi. Bunda 
narxni tushirish bilan qo’shimcha xaridorlarni jalb qilish ko’zda tutiladi. Bir tabaqa xaridorlar 
yuqori narx bilan bu tovarlarni sotib olmaydilar, xizmatlardan foydalanmaydilar. Lekin narxni 
shunday tushirish kerakki, qolgan yuqori narx bo’yicha sotib olish imkoniyatiga ega xaridorlar 
yuqori narxda, ayrim paytda narx diskriminatsiyasini amalga oshirguncha bo’lgan darajadan ham 
yuqori narxda sotib olsin. Nisbatan «arzon» bozorga o’tishmasin. 
Firma bozorni ajratib boy, zodagonlar tabaqasi uchun tovarlarga muvozanat narxidan 
yuqori, kambag’allarga esa past narx bo’yicha sotsa ko’proq foyda oladi. 
Narx diskriminatsiyasi muammolariga A. Pigu, J. Robinson va boshqalarning ilmiy 
ishlarida katta ahamiyat berilgan. 
J. Robinson yagona bozorning ajratilishi foydali ekanini ta’kidlaydi. Agarda monopolist 
hamma bozorda yagona narx belgilasa uning qo’shimcha tovar sotishdan olgan me’yoriy 
daromadi ajratilgan bozorga sotganiga qaraganda kam bo’ladi. Chunki, u turli bozor- 
da shu tovarga talabning elastikligi darajasidan kelib chiqadi. Firma-monopolist ajratgan 
bozorlardan biri zodagon tabaqalar uchun mo’ljallangan. Bu erda elastiklik darajasi past, narxni 
ko’tarsa ham ular shu miqdorda sotib olisha beradi. Ikkinchi bozorda elastiklik yuqori, xaridorlar 
narx tushishiga qarab oladigan tovarlar miqdori ko’payadi. 
Narx diskriminatsiyasida eng qiyin muammo bir bozorni («arzon» bozorni 
«qimmatidan») ikkinchisidan ajratish. Agarda buni bajarilmasa foydani maksimallashtirish 
g’oyasi realizatsiya qilinmay qoladi. Xaridorlar «arzon» bozordan sotib olib, qimmat bozorda 
sotishlari mumkin. 
Masalan, temir yo’l kompaniyasi ko’mir tashish uchun nisbatan arzon, paxta uchun 
qimmat tarif belgilashi mumkin. Bunda u ishonadiki paxta toyiga ko’mir deb yozib tashiy 
olmaydilar. Boshqa misol, muzeyga kirish o’quvchilar uchun ikki barobar arzon. Muzey 
kassasida chiptani ma’lum hujjat asosida hamda bilet olayotganning ko’rinishiga qarab sotiladi. 
Agarda «yosh biznesmen» chiptani arzon olib, kattalarga qimmatga sotgan taqdirda kirishda 
nazoratchi bu chiptani olgan kishini faqat biletiga emas, ko’rinishiga ham qaraydi. Yoki shahar 
transportida yurish uchun sotiladigan oylik chiptalarni ko’rsatish mumkin. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling