Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

farq qiladi. 
 
Erkin raqobat kurashi va sof monopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar to’la avtonom 
bo’lib, ularni birgalikda kelishishlari uchun zaruriyat ham, imkoniyat ham bo’lmagan. Bu 
zaruriyat monopolistik raqobat sharoitida tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchilarda ham 
yo’q. 
Oligopoliya sharoitida firmalarda qo’shimcha maqsad — oligopoliya miqyosida yalpi 
foydani maksimallashtirish maqsadi yuzaga keladi. 
Chunki, birgalikda, kelishilgan holda ish 
yuritish tufayli har biri alohida faoliyat ko’rsatganiga qaraganda ko’proq foyda keltiradi. Xar bir 
oligopolis o’zi uchun xatarli ochiq narx raqobatini ham hisobga olgan holda raqobat kurashini 
nisbatan cheklaydilar. 
Oligopoliyalarni o’z mahsulotlari narxini, bozor narxini kelishishlari narxda liderlik 
nomini olgan. Bu narx raqobatdan voz kechishni ifodalaydi. Uning ma’nosi shuki tarmoqning 
oligopolist firmalari o’z mahsulotlariga narxni shakllantirish va uni o’zgartirishda shu 
tarmoqdagi lider kompaniyaga moslashadilar. Odatda, lider kompaniya shu tarmoqdagi eng yirik 
firma bo’lib, uning narxlarini o’zgarishi boshqalarga mo’ljal bo’ladi. 
Yana shuni eslatish kerakki, lider kompaniya iqtisodiy jihatdan boshqalardan ancha 
yuqori tursa-da, u faqat o’z so’zini o’tkazish — diktat qilishga asoslanmaydi. U narxni 
shakllantirishda boshqa unga «ergashadigan» kompaniyalar manfaatlarini ham hisobga oladi. 
Shu firmalarning xarajatlarini qoplash bilan birga foyda olish, o’z tovarlarini sotish imkonini 
berishni ham e’tibordan chetda qoldirmaydilar. Masalan, AQSh da avtomobilsozlikda «Jeneral 
motorz», Shveytsariyada oziq-ovqat sanoatida «Nestle» va hokazo. Narx-dagi lider o’z vaqtida 
talabni o’zgarishiga qarab yoki xarajatlarini o’zgarishiga qarab o’zining narxini o’zgartirishi 
kerak. 


P. Samuelson va Nordxaus oligopoliyaning uch tipini ko’rsatishadi: 
1) yashirin oligopoliya; 2) hukmronlikka asoslangan oligopoliya; 3) monopolistik 
raqobatga asoslangan oligopoliya. (Ekonomicheskie nauki, 1990, 7- son, 114- bet.) 
Birinchi holda deb ko’rsatishadi mualliflar, oligopolistlar to’la, har tomonlama kelishib 
olishlari mumkin. Unda bozor narxi bozorda yagona monopolist hukmronlik qilgan 
vaziyatdagidek o’rnatiladi. 
Ikkinchi holda tarmoqning eng yirik firmasi 60—80% tarmoq mahsulotini ishlab 
chiqaradi. O’zini qanday tutish shu firmaning o’ziga bog’liq. U qisman mayda firmalarga 
bozorni bir qismini kechishi mumkin, lekin u bozorda sof monopolist sifatida ish yuritishi 
mumkin. 
Uchinchi holda ko’pgina sotuvchi va oluvchilar bo’lib, har birining bozorga kirishi va 
bozordan ketishi erkin hamda bir firmaning bozorga kirishi yoki ketishi boshqa firmalar narxiga 
ta’sir etmaydi. Bu jihati bilan u mukammal raqobatga asoslangan bozorga o’xshaydi. Farqi 
shundaki, bunda tovarlarni tabaqalashuvi (aynan bir xil emas, nimasi bilandir farq qiluvchi) 
mavjud bo’lib, har bir sotuvchining tovariga talab pasayib boradi, uni grafikda tasvirlasak 
pasayib boruvchi egri chiziq tarzida namoyon bo’ladi. 
Bunda raqobat kurashida ko’proq reklamadan foydalaniladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling