Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’eriy daromad 1 2 3 4 5 6 7 8 9
- 99,75 108 117 127,5 140,25 156 175,5 199,5 228,25 264
- 10,5 12,75 16,25 19,5 24 29,25 36,75 42 41 39 37
1 2 3 4
5 6 7 Ishlab chikarilga n tovarlar mikdori Urtacha xarajatlar Umumiy xarajatlar Me’eriy xarajatlar NAR X Yalpi daromad Me’eriy daromad 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 24 21,75 19,75 18 16,5 15,25 14,25 13,5 13 12,75 12,75 13 13,5 14,25 15,25 16,25 18 24 43,5 59,25 72 82,5 91,5 99,75 108 117 127,5 140,25 156 175,5 199,5 228,25 264 306 24 19,5 15,75 12,75 10,5 9 8,25 8,25 9 10,5 12,75 16,25 19,5 24 29,25 36,75 42 41 39 37 35 33 31 29 27 25 23 21 19 17 15 13 11 9 41 78 111 140 165 186 203 216 225 230 231 228 221 210 195 176 153 41 37 33 29 25 21 17 13 9 5 1 -3 -7 -11 -15 -19 -23 Q AC TC MC P TR MR Taklif ko’paygan sari narx R (5- ustun) tushib boradi. Yalpi daromad yoki tushum TR (6- ustun) ham ma’lum chegaragacha o’sib, so’ngra pasayishni boshlaydi. Chunki ma’lum chegaragacha, misolimizda 11- mahsulotgacha narxni pasayishi ishlab chiqarib sotilgan tovar miqdorini ko’payishi bilan miqdor effekti ustunligi tufayli yalpi daromadni o’sishiga olib keladi. 12- mahsulotdan boshlab esa narxning pasayishi evaziga sotish miqdorini ko’paytirish orqali kompensatsiya qilish mumkin bo’lmay qoladi, yalpi daromad qisqara boshlaydi. Natijada har bir keyingi mahsulot 11- siga qadar avvalgisiga nisbatan me’yoriy daromad MR (7- ustun) olib kelgan bo’lsa, 12- mahsulotdan boshlab zarar keltiradi. Firmaning yalpi daromad chizmasi nomukammal raqobat sharoitida tepalik shaklida bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, yalpi daromad bilan yalpi xarajat o’rtasidagi farq 9- mahsulotda maksimum darajada bo’lyapti. Maksimum darajadagi yalpi daromad 11- mahsulotda, lekin ko’p foyda 9- mahsulotga to’g’ri kelyapti. Foydani aniqlashning yuqori ko’rsatilganidek ikkinchi yo’li me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash. Me’yoriy daromad — bu qo’shimcha sotilgan tovardan olinadigan daromad. U TRn dan TRn—1 ni ayirib, ya’ni keyingi tovarni sotib, olingan daromaddan avvalgisini ayirib topamiz. Erkin raqobat kurashida firma narxga hech qanday ta’sir ko’rsata olmas edi. U holda firma 1 dona tovarni 41 birlikka sotsa, 2 donasini 82 birlikka sotadi, me’yoriy daromad 41 ga teng, 3 donasi 3Ѕ41=123 ga teng, me’yoriy daromad yana 123–82=41 ga teng. Demak, erkin raqobat sharoitida me’yoriy daromad uning narxiga MR=R teng. Nomukammal raqobat sharoitida qanday bo’lishini ko’rib chiqaylik. Nomukammal raqobat sharoitida avvalgisiga nisbatan ko’proq sotish uchun tovar narxi pasaytiriladi. Bu tadbirkorga bir tomondan yutuq. Ko’proq yalpi daromad olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ma’lum yo’qotish. Sababi narxni tushirish har bir navbatdagi tovarni sotib olinadigan daromad, ya’ni me’yoriy daromadni kamayishiga olib keladi. Masalan, 3 ta tovarni 37 birlikdan sotilsa, bu bilan 41 ga yoki 39 ga sotib olishi mumkin bo’lganlarga ham 37 dan sotiladi. Zarar 2+2=4. Bu zararni 37 dan ayirilsa 37–4=33 me’yoriy daromad bo’ladi. Lekin ishlab chiqaruvchini, sotuvchini faqatgina olinadigan daromad emas, olinadigan foyda qiziqtiradi. Buning uchun olingan daromadni qilingan xarajatlar bilan taqqoslash kerak. Ma’lumki, o’rtacha xarajatlar yoy shaklida bo’lib, ma’lum miqdor tovar ishlab chiqarguncha pasayib, so’ngra o’sishni boshlar edi. Misolimizga qaytib, abstrakt raqamlar asosida uni ko’rsatishga harakat qilamiz. Yodga solaylik Ts=QЅAS, ya’ni umumiy xarajatlar o’rtacha xarajatlarni tovar miqdoriga ko’paytmasiga teng: 21,75Ѕ2=43,50; MS=Tsn–Tsn–1, ya’ni me’yoriy xarajatlar n miqdor tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlardan n–1 tovar uchun sarflangan umumiy xarajatlarning farqiga teng: 43,5–24=19,5; TR=QЅP, ya’ni yalpi daromad ishlab chiqarilgan tovar va uning narxini ko’paytmasiga teng: 39Ѕ2=78. MR=TRn–TRn–1, ya’ni me’yoriy daromad n ta tovar sotishdan olingan yalpi daromad bilan n–1 ta tovarni sotishdan olingan yalpi daromad farqi 78–41=37. 2, 3, 4 ustunlardagi raqamlar, firma monopolistni ishlab chiqarish xarajatlarini ko’rsatsa, 5, 6, 7 ustunlar sotish sharoitini ko’rsatadi. Mukammal raqobatda muvozanat MS=R, ya’ni narx me’yoriy daromad bilan teng bo’lardi. Demak, MS=MR=P. Firmaning to’la muvozanatga erishuvi Joan Robinson ta’kidlaganidek ikki sharoitni bajarishni talab etadi: 1. Me’yoriy daromad xarajatlarga teng bo’lishi kerak. 2. Narx o’rtacha xarajatlarga teng bo’lishi kerak (o’rtacha xarajatlar normal foydani ham o’z ichiga oladi): MS=MR=P=AC. Monopolist firmaning bozorda o’zini tutishi ham ana shu me’yoriy daromad va me’yoriy xarajatlarga bog’liq. Sababi, har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot ma’lum miqdorda yalpi daromad, qo’shimcha daromad olib keladi, shu bilan birga umumiy xarajatlarni ham ko’paytiradi. Firma doimo ana shu ikki ko’rsatkich: me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatni taqqoslashi kerak. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat o’rtasidagi farq musbat bo’lsa, firma ishlab chiqarishni kengaytiradi. Me’yoriy xarajat bilan me’yoriy daromad teng bo’lganda muvozanatga erishiladi. Lekin unda narx darajasi qanday bo’ladi, MS=MR=P=AC formulasi saqlanadimi? Jadval raqamlariga murojaat qilamiz. Monopolist yuqori narx belgilashga harakat qiladi. Lekin u 41 belgilasa bitta tovar sotadi, yalpi daromad 41 bo’lib, foydasi (41–24)=17 ni tashkil etadi. Foyda — bu yalpi daromad bilan umumiy xarajatlar farqiga teng. Agar monopolist narxni tushirib 35 ga keltirsa, u holda u 4 ta tovar sotadi, umumiy daromadi 140(34Ѕ4), foydasi 68(140– 72) bo’ladi. Ana shunday tarzda narxni tushirish tufayli umumiy foyda olishni ko’paytirish mumkin. Lekin uni qaysi chegaraga tushirish mumkin. Bu me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlar tenglashguncha davom etadi, jadvaldagi raqamlarga qarasak bu 9- tovarni sotishimizda yuz berar ekan. Aynan ana shu hajmda tovar ishlab chiqarishimiz eng ko’p foyda keltirar ekan. Ya’ni 225–117=108. Agar narxni 25 dan pastga tushirsak misolimizda 23 ga, 10 ta tovar sotilar ekan. Lekin me’- yoriy xarajatlar 10,5 ga, avvalgisidan 10,5–9=1,5 ga ko’tarilar ekan. Bu umumiy foydani (230– 127,5)=102,5, 108–102,5=5,5 ga kamayishiga olib keladi. Nomukammal raqobat sharoitida firma muvozanatiga, ya’ni me’yoriy xarajatlar bilan me’yoriy daromadlar MS=MR muvozanatiga o’rtacha xarajatlarning minimal darajasiga etmay erishiladi. Bunda narx o’rtacha xarajatlardan yuqori bo’ladi. Mukammal raqobatda MS=MR=R=AS. Nomukammal raqobatda esa (MS=MR) ishlab chiqarishning turli hajmlarida taqqoslab yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni taqqoslab topish mumkin. Maksimum darajada foyda yalpi daromad bilan umumiy xarajatlarni farqi maksimal bo’lganda yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat teng (MS=MR) bo’lganda olinar ekan. Xar ikki usul ham bir xil natija beradi. Bunda narx misolimizda 25 ga teng. Buni 340 va 341- betdagi rasmlarda ko’rish mumkin. Jamiyat uchun ko’proq mahsulotni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqargan afzal, lekin bu monopolist firmani tabiatiga to’g’ri kelmaydi. U narxni tushirib foydani kamaytirishni istamaydi. Foydani maksimallashtirish uchun ma’lum darajada sun’iy taqchillik yaratadi, ya’ni nisbatan cheklangan miqdorda tovar taklif qiladi. Buning natijasida misolimizda aytaylik, eng kam o’rtacha xarajatlar 12,75, eng yuqori yalpi daromad 231 bo’lganda, narx 21 bo’lardi. Narxni 25 darajasida ushlab turish uchun 11 ta emas, 9 ta taklif qiladi. Bu qachongacha davom etishi mumkin? Bu hol shu tarmoqqa yangi firmalar kirib kelishiga bog’liq. Agarda boshqalarni shu tarmoqqa kirib kelishi uchun to’siqlar nisbatan yuqori bo’lsa, monopol foyda olish barqaror xarakterga ega bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada monopol hukmronligi darajasini o’lchash uchun Lerner indeksi qo’llaniladi. (A. Lerner ingliz iqtisodchisi bo’lib, bu ko’rsatkichni XX asrning 30- yillarida taklif qilgan.) L=R–MS. Bunda R bilan MS, ya’ni narx bilan me’yoriy xarajatlar o’rtacha farq qancha katta bo’lsa, monopoliyalar hukmronligi shuncha yuqoriligini ko’rsatadi. L kattaligi 0 bilan 1 orasida bo’lib, mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi tabiiy nolga teng bo’ladi. Mukammal raqobat ishlab chiqarish omillarini bir tarmoqdan ikkinchisiga erkin oqib o’tishini ta’minlaydi. Shuning uchun mukammal raqobatda neoklassik maktab vakillari ta’kidlaganidek foydaning nolga tomon yaqinlashuvi, intilish tendentsiyasi aniq namoyon bo’ladi (nolga intilish deganda — normal foydaga tenglashuvi tushuniladi). Agarda resurslarni erkin oqib o’tishida to’siqlar paydo bo’lsa, bu monopol foydani hosil bo’lishiga olib keladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling