Iqtisod moliya
Oligopoliya sharoitida narxning tashkil topishi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
Oligopoliya sharoitida narxning tashkil topishi
Yuqoridagi misolimiz «sof monopoliya»ga tegishli. Xayotda bunday variant nisbatan kam. Xozirgi zamon bozor tarkibini «oligopoliya» bilan xarakterlash to’g’riroq bo’ladi. Bunda bir necha yirik firmalar ishlab chiqarish va sotishni asosiy qismini o’z qo’llarida saqlaydilar. Bozorning oligopoliya sharoitida holatini Xerfindal (N) indeksi bilan ifodalash mumkin. Bu indeks bozorda firmaning ulushini oldindan baholash imkonini beradi. Xar bir firmaning ulushini S harfi bilan belgilab, har bir firmaning ulushini kvadratga ko’tarib, hammasi qo’shiladi. Masalan, biron firma bozorga hamma tarmoq ishlab chiqarishining 50% ini chiqarsa, u holda S=50% bo’ladi. Endi firmalarni sonini ham aniqlashimiz kerak. Gerfindal indeksi H= ; ... 1 2 2 2 3 2 2 2 1 ∑ = = + + + + n i n S S S S S Agarda sof monopoliya bo’lsa, ya’ni tarmoq yagona firma (n=1) dan iborat bo’lsa, Xerfendal indeksi 10000 ga teng, ya’ni S=100%; N=S2=1002=10000. Agarda tarmoqda ulushlari teng ikkita firma bo’lsa N=502+502=5000. Mukammal raqobatga yaqinlashgan sari bu indeks pasayib boradi. Aytaylik, tarmoqda ulushi bir xil 100 ta firma bor deylik, u holda N=1+1+1+...+ +100. Xerfindal indeksi har bir firmaning bozor ulushi va tarmoqdagi firmalar soniga ham bog’liq. Aytaylik, tarmoqlardagi firmalar soniga qarab 5 ta firma, 6 ta firma bor tarmoqqa qaraganda yuqoriroq darajada kontsentratsiyaga ega degan xulosaga kelish mumkin. Lekin bu erda ularning ulushiga e’tibor berilmayapti. Ularni ulushini hisobga olsak, tamomila boshqacha xulosaga kelish mumkin. Masalan, 6 ta firmaning bittasini ulushi 50%, qolganlari 10% dan, u holda N=50+(102Ѕ5)=7500. Agarda tarmoqda 5 firma bo’lib, ularning ulushi teng 20% dan bo’lsa, unda indeks N=202Ѕ5=400Ѕ5=2000. Demak, 6 ta firmaga ega bo’lgan tarmoqda kontsentratsiya darajasi 5 ta firma bor tarmoqqa qaraganda yuqori. Gerfindal indeksini hisoblashdan maqsad bozor holatini aniqlash. Unga qarab tarmoqdagi biron firma bozor narxiga ta’sir qila oladimi, yo’qmi aniqlanadi. Bu erda alohida ko’rsatib o’tish kerakki, oligopoliya sharoitida raqobat ustun Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling