Iqtisod moliya
-§. Narxlar shakllanishining bozor mexanizmi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin bozor buyuk va genial baholovchi.
4-§. Narxlar shakllanishining bozor mexanizmi
Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topishi. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi bosh muammo bu alohida iste’mol va ishlab chiqarishdan boshlab, to makroiqtisodiyot darajasigacha muvozanatga erishishdir. Bozor iqtisodiyoti muvozanatga erishishda uch narsaga tayanadi: narx, talab va taklif, raqobat. Bunda talab va taklif nisbati, raqobat ham oxir-oqibat narx orqali ifodalanadi. Bozor uning aniq shaklidan qat’i nazar tovarlar —xizmatlar bozorimi, moliya bozori yoki mehnat bozorimi narx orqali talab va taklifni muvozanatga keltiradi. 1. Narxlarni o’zgarishi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish hajmini o’zgartirishni mo’ljalga olishga xizmat qiladi. Narx texnika-texnologiyani o’zgartirishga ta’sir qiladi. Oxir- oqibat mavjud shakllangan daromadlar darajasida mahsulotning kim tomonidan iste’mol qilinishini ham belgilaydi. 2. Talab va taklif. Ularning nisbatini o’zgarishi. Narxni tebranishi, o’zgarishi tufayli oxir- oqibat shunday narx belgilanadiki, uning natijasida talab va taklif muvozanatga keladi, o’z navbatida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida ham muvozanat o’rnatiladi. 3. Raqobat. Xar bir ishlab chiqaruvchining maqsadi maksimal darajada foyda olish, demak o’z faoliyatini kengaytirish. Bu so’zsiz raqobatga olib keladi. Agarda u yoki bu turdagi tovarning taklifi ko’p bo’lsa, sotuvchilar o’rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Xar biri o’z tovarini sotish uchun narxini tushirishga majbur bo’ladi. Bu ishlab chiqarishni qisqartirishga olib keladi. Agarda talab taklifga qaraganda ko’p bo’lsa, xaridorlar o’rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Xar biri taqchil bo’lgan tovarni qo’lga kiritish uchun balandroq (narx) haq to’lashga rozi bo’ladi. Bu shunday turdagi tovar chiqarishni rag’batlantiradi. Raqobat bozor mexanizmining zarur elementi. Lekin raqobat xarakteri turlicha, u bozor muvozanatiga erishishga katta ta’sir ko’rsatadi. Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmiga klassik siyosiy iqtisod nazariyasi asos bo’lgan bo’lsa, bozor mexanizmiga neoklassik iqtisod nazariyasi asos bo’ladi. Erkin raqobat kurashiga asoslangan sharoitda narxning qanday tashkil topishini Marshall shunday tushuntiradi. Marshallning fikricha, oldi-sotdi qilgunga qadar tovarning go’yoki ikki narxi mavjud bo’ladi. Sotuvchi narxi va xaridor narxi. Bir tomondan, har bir sotuvchi o’z tovarini qimmatga sotishni o’ylaydi, lekin bu narx xaridorni qanoatlantirmasa sotuvchi o’z tovarini sota olmay qolish xavfi bor. Ikkinchi tomondan, xaridor iloji boricha tovarni arzonroqqa sotib olishga harakat qiladi, lekin sotuvchini bu narx qanoatlantirmasa, u tovarsiz qolishi mumkin. Sotuvchining narxini eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor bergan narxning yuqori darajasi esa me’yoriy nafliligiga teng bo’li-shi kerak. Ular o’rtasidagi savdo to xaridor bilan sotuvchi narxi mos kelguncha davom etadi. Xamda ana shu muvofiq kelgan narx bozor narxi hisoblanadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi klassik qoida bo’yicha shakllanadi. Xaridorning narxi esa marjinal qoida bo’yicha shakllanadi. Real narx esa ana shu har ikkisini nisbati asosida shakllangan o’rtacha daraja bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, neoklassik nazariyada o’ziga xos ikki yondashuvni sintezi yuz berib, yangicha nuqtai nazar vujudga keldi. Bu yangilik narx bozorda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbat asosida o’rnatilishida ifodalanadi. Bunda narx qancha yuqori bo’lsa taklif shuncha ko’payadi. Talab kamayadi yoki aksincha. Bozorda narx talab va taklifning muvoza-natga kelishi tomon o’zgaradi. Narx talab bilan taklif muvozanatini tiklaydi. Shunday qilib, bozor mexanizmi, boshqacha aytganimizda narx davlat aralashmay talab va taklifni tartibga soladi. Marshallning fikricha, bu nozik mexanizmga davlat aralashuvi kerak emas. Xar qanday aralashuv, hattoki yaxshi niyatda qilingan bo’lsa ham kuchlar balansini buzadi. Oxir-oqibat cheklangan kamyob resurslardan samarasiz foydalanishga olib keladi. Marshall talab va taklif asosida narxning shakllanishini tushuntirar ekan, ularga ta’sir etuvchi omillarga ham e’tibor beradi. Undan tashqari, talab va taklif elastikligi tushunchasiga asos soladi. Narx tashkil topishining bozor mexanizmi deb, bu bozordagi vaziyatga ko’ra narxning shakllanishiga aytiladi. Ma’lumki, bozor turlari nihoyatda ko’p, agar shu nuqtai nazardan qarasak, narxni tashkil topishini bozor mexanizmi deganda juda ko’p mexanizmlarni tushunamiz. Bozor mexanizmi yana shunday xususiyatga egaki, bu mexanizmni «prujina, vintlar» harakatini ko’ra olmaymiz. Shuning uchun ham Adam Smit «ko’zga ko’rinmas qo’l» iborasini ishlatgan. Xatto auktsionda o’zaro savdolashishda shundoqqina hammasini sotuvchini ham, xaridorni ham his qilib bilib turgandaysiz, lekin aynan nima ularni u yoki bu qarorga kelishga majbur qildi («Xudo biladi») bilolmaymiz. Faqat taxmin qilishimiz mumkin. Aynan ana shu jarayon, kuch narxni tashkil topish mexanizmi bo’ladi. Narx to’g’risida turli nazariyotchilar o’z fikrlarini asoslashga qanchalik urinmasinlar, bir narsa aniq, ya’ni tovarning haqiqiy qimmati bozorda yuzaga chiqadi. Erkin bozor buyuk va genial baholovchi. Boshqa hech nima uni o’rnini bosa olmaydi. Bozor yo’qmi, demak ob’ektiv narx ham yo’q. Lekin bu qoida erkin raqobat kurashi cheklanmagan bozorga tegishli. Mukammal erkin raqobat kurashi sharoitida bozorda qanday muvozanat o’rnatiladi va narx belgilanadi? (Bu masala VII bobda ko’rib chiqilgan.) Raqobat kurashining cheklanishi, ya’ni nomukammal raqobat kurashi sharoitida narxning shakllanishi mukammal raqobat kurashidagidan farqlanadi. Ishlab chiqaruvchini maqsadi yuqori darajada foyda olish ekan, bu maqsad nomukammal raqobat sharoitida qanday yuz berishini tahlil qilamiz. Buning uchun ikki firmani olaylik. Biri mukammal raqobat kurashi sharoitida, ikkinchisi nomukammal raqobat kurashi sharoitida ish olib borsin. Birinchi firma xohlagancha tovar sotishi mumkin, lekin u narx-ga ta’sir ko’rsata olmaydi. Chunki xuddi shunday tovar ishlab chiqaruvchi boshqa firmalar ko’p. Buni chizmada quyidagicha ko’rish mumkin (a rasm). Undan shunday muhim xulosa chiqishi mumkin. Firma bozorga qancha ko’proq tovar chiqarmasin, u narxga ta’sir ko’rsata olmaydi. Foydani ko’paytirishning asosiy yo’li xarajatlarni pasaytirish. Nomukammal raqobat sharoitida talab kamayib boruvchi egri chiziq tarzida bo’ladi. Firma qancha ko’p (Q) tovar chiqarsa shuncha narxini tushirish mumkin. Chunki shunday tovar ishlab chiqaruvchilarning soni cheklangan. Monopolist firma bozorga katta hajmda tovar chiqarsa, uning narxi kamayadi. Agar firma sof to’la monopolist bo’lmasa narx R ni arzonlashuvi DD egri chiziqni chapga D1D1 ga ko’chishiga olib keladi. Raqobatdosh firma tufayli narx tushgan taqdirda ham kamroq miqdorda tovar sotiladi. Bu chizmadan quyidagi muhim xulosani chiqarish mumkin: talab egri chizig’iga qarab firma mukammal yoki nomukammal raqobat kurashi sharoitida ekanligini aniqlay olamiz. Nomukammal raqobat sharoitida qanday qilib maksimal foyda olish mumkin? Buni ikki usul bilan tahlil qilish mumkin: 1. Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni taqqoslash. 2. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni taqqoslash orqali. Buni quyidagi jadval yordamida tahlil qilamiz. (Jadval A. Pezentining «Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma» kitobidan olingan.) Xar bir qo’shimcha miqdordagi tovarni sotish uchun narxini pasaytirish kerakligini nazarda tutib tovar miqdori ko’paytiriladi. Ishlab chiqarilgan tovar miqdori (1- ustun) ko’payishi bilan umumiy xarajatlar Ts (3- ustun) ortib boradi. O’rtacha xarajatlar AS (2- ustun) esa ma’lum miqdorgacha, misolimizda 9- mahsulotgacha kamayib, so’ngra ko’payib boradi. Sababi me’yoriy xarajatlar MS (4- ustun) ma’lum chegaragacha pasayib, so’ngra ortishni boshlaydi (VIII bob). Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling