Iqtisod moliya


O’lchov, hisob-kitob qilish


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

1. O’lchov, hisob-kitob qilish. Narx vositasida tovarning naf-liligini taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo’lamiz. Narxlar orqali qilingan sarflar va olingan natijani, ishlab chiqarish va 
iste’mol hajmini o’lchash mumkin bo’ladi. Ma’lumki, hamma narsa ham moddiy o’lchamli 
bo’lavermaydi. 
Masalan, sozanda ijro etgan musiqa, xonanda ijro etgan qo’shiq, shifokor, o’qituvchi 
mehnati va boshqa shunga o’xshash ishlarning moddiy o’lchami yo’q. Ularni faqat xizmatning 
narxiga qarab pulda o’lchash mumkin. Qolaversa moddiy o’lchamga ega bo’lgan taqdirda ham 
hamma mahsulotlarni faqat narx orqaligina umumiy ko’rsatkichda ifodalash mumkin. Chunki 
moddiy o’lchamlar turlicha hisoblanib, ularni bir butun qilib qo’shib bo’lmaydi. Masalan, gaz 
ishlab chiqarish kubometrda ifodalansa, neft tonnada, gazlama metrda o’lchanadi va hokazo. 
YaIM miqdori bozor narxi asosida hisoblanib, avvalgi yillar bilan taqqoslanadi. Umuman 
olganda, har bir oiladan, firmadan boshlab to butun mamlakat miqyosigacha narxlar yordamida 
faoliyat natijalari o’lchanadi, tahlil qilinadi, rejalashtiriladi hamda kelgusidagi o’zgarishlar 
taxmin qilinadi, istiqbol belgilanadi. 
2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Bozor narxi va uning o’zgarib turishi orqali qanday 
tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish zarurligi aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab 
chiqarishga asoslanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchini bir-biri bilan bog’laydi. Ana 
shu bog’lanish narx-navo orqali yuz beradi. 
Narxdagi o’zgarish bozor holatini belgilaydi. U talab va taklif nisbatidan kelib chiqadi.
Qanday turdagi tovarga talab yuqori bo’lsa, narxi baland bo’ladi, aksincha bo’lsa narxi 
past bo’ladi. Natijada talabning ko’pligi ishlab chiqarishning hajmini ko’paytirish, aksincha 
taklifning ko’pligi ishlab chiqarish hajmini qisqartirish zarurligini ko’rsatadi. Bu erda narx ishlab 
chiqaruvchi faoliyatiga o’z-o’zidan emas, balki uning oladigan daromadi orqali ta’sir qiladi. 
Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo’lsa, foyda ko’p bo’ladi, 
narx pasaysa foyda kamayadi. Agarda narx qilgan xarajatlarni qoplamasa zarar ko’riladi. Foyda 
olgan korxona rivoj topadi, kengayadi, zarar ko’rgani bankrot bo’lib yopilib ketadi. Bunda talab 
katta bo’lgan tovarlar ishlab chiqarish uchun qo’shimcha resurslar jalb qilinadi, zarar keltirgan 
tovarlar ishlab chiqarish to’xtatiladi. Shunday qilib, resurslar foyda keltiradigan soha, 
tarmoqlariga oqib o’tadi. Natijada zarur tovarlar taklifi ko’payadi, narxlar tushadi. O’z navbatida 
resurslar endi narxi yuqori tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasiga ko’chadi. 
Shunday qilib, narxlarning tebranib turishi re-surslarni kerakli sohalarga oqib o’tishini 
ta’minlaydi. Narx firmalarni kerakli mahsulot ishlab chiqarishga majbur qiladi. Narx ana shu 
yo’sinda iqtisodiyotni tartibga soladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling