Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ijtimoiy himoya vazifasi.
3. Taqsimlash. Narxning bu vazifasi avvalgi tartibga solish funktsiyasi bilan bog’liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab taklifga qaraganda yuqori bo’lsa, yuqori narx orqali xaridorning puli sotuvchi, ishlab chiqaruvchining cho’ntagiga o’tib, uni ana shu xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga undaydi, rag’batlantiradi. Aksincha, taklif ko’p bo’lib, narxning past bo’lishi ishlab chiqaruvchining, sotuvchining ko’zlagan daromadini ololmay, xaridorning qo’shimcha naf ko’rishiga olib keladi. Aytaylik, bir hafta avval ko’ylak 1000 so’m bo’lsin. Xaridor kelasi hafta ko’ylak olish maqsadida bozorga chiqqanda ko’rdiki narx tushib 500 so’m bo’libdi. Endi u xohlasa 2 ta ko’ylak olishi yoki bir ko’ylakdan ortgan puliga boshqa zarur tovarni sotib olishi mumkin. Narx orqali daromad taqsimlanadi. U o’z navbatida korxona, soha, tarmoqlar o’rtasida resurslarni taqsimlanishiga olib keladi. 4. Ijtimoiy himoya vazifasi. Aholining iste’mol byudjeti yashash minimumi, turli ne’matlarni iste’mol qilishi, xarajatlari hajmi, tarkibi, qolaversa turmush darajasi, narxlar va ularning o’zgarishiga bog’liq. Narxlarning o’zgarishi kishilarning reaktsiyasi, munosabatida juda sezgirlik bilan aks etadi. Kishilar narxlarning o’sishi turmush darajasini pasaytiradi deb qarashadi. Odatda, daromadlarning ortishi, bozordagi tovarlar taklifi miqdori, iste’mol tarkibi o’zgarishiga bunchalik ahamiyat berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining nochor va kambag’al qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan narxda sotiladi. Bular ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo’lib, ular moliyaviy jihatdan davlat byudjeti yoki turli xayriya mablag’lari orqali ta’minlanadi. Masalan, g’arb mamlakatlarida aholi kambag’al qatlamlari uchun alohida do’konlar mavjud. Respublikamizda non, shakar kabi oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsion narx belgilanadi. Bu narx ijtimoiy himoyani ta’minlasa-da, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirmaydi. Chunki narx hamma uchun bir xil bo’ladi. Ular ma’lum vaqtgacha qo’llanib, so’ngra erkin bozor narxlariga almashtiriladi. Bulardan tashqari, narx bozor iqtisodiyotining muhim vositasi sifatida o’zaro bog’langan boshqa qator vazifalarni ham bajaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling