Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Xulosa 
 
*Inson o’z manfaatini o’ylaydigan, himoya qiladigan qilib yaratilgan ekan, pul vujudga 
kelishi bilan uning manfaatlari narx bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham har 
birimiz eng ko’p qiziqtiradigan narsa narx.
*Narx bir tomondan, nozik, moslashuvchan vosita bo’lsa, ikkinchi tomondan 
iqtisodiyotni boshqarishni, bozor mexanizmining qudratli quroli. U bozor aloqalarining asosiy 
vositasi sifatida qator funktsiya va vazifalarni bajaradi.


*Narx turlari xilma-xil. Odatda u sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi bitimga ko’ra 
belgilanadi. Narxlarga turli jihatdan yondashib guruhlarga ajratish mumkin.
* Narxlar tashkil topishiga ko’ra xarajatlar mexanizmi va bozor mexanizmiga bo’linadi. 
Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi firmalarning o’z mahsulotlarini narxini belgilash 
bo’lib, unga ko’ra firmalar tovar ishlab chiqarish va sotish uchun qilgan xarajatlarini qoplash va 
ma’lum miqdorda foyda olishni ko’zlagan xolda belgilaydilar.
*Narxlar bozor mexanizmi orqali talab va taklif nisbati, raqobat asosida shakllanadi. 
Bunda erkin bozor, cheklangan raqobatli bozor, oligopolistik, sof monopolistik, va monopsoniya 
sharoitida narxlarni shakllanishi farqlanadi.
* Erkin raqobatli bozorda talab va taklif, ularning nisbati asosida yuzaga chiqadi. Chunki 
sotuvchi va xaridorlar cheklanmagan. O’lar narxga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.
*Monopolistik bozorda narx me’yoriy daromad Bilan me’yoriy xarajatga teng miqdorda 
o’rnatiladi. Bu darajaga o’rtacha xarajatlarni minimal darajasiga etmay erishiladi. Natijada 
monopoliyalar narxni tushirib, FOYDANI KAMAYTIRIShNI ISTAMAGANI uchun ana shu 
darajada, ya’ni kamroq nisbatan cheklangan miqdorda tovar taklif qiladi, boshqacha aytganda 
sun’iy taqchillik yaratadi.
*Oligopolistik bozorda narx nisbatan barqaror o’rnatiladi. Sababi oligopoliyalar bozorga 
nihoyatda katta hajmda tovar va xizmatlar tashlaydi.Ularning iqtisodiy baquvvatligi ham bir-
biriga yaqinligi ularni nihoyatda narx bo’yicha ehtiyotkorlikka undaydi. Shuning uchun ham ular 
asosan narxdan foydalanmay raqobat kurashi olib boradi.
*Monopsoniya sharoitida xaridor bitta, sotuvchilar ko’pligi tufayli monopsoniyada 
vaziyatga ko’ra taklif narxi kamayib boruvchi yoki o’sib boruvchi bo’lishi mumkin. Birinchi 
vaziyat bo’lsa, monopsonist qshimcha tovar sotib olish uchun narxni pasaytiradi, ikkinchisida 
oladigan mahsulotini miqdorini kamaytiradi. 
*Biroq bulardan qat’iy nazar narxlarni chegarasi mavjud. Quyi chegarasi xarajatlarni 
qoplash bo’lsa, yuqori chegara xarid qobiliyati, ya’ni aholi daromadlari darajasi. 
* Firmalar uchun narx belgilash o’ta muhim. Shuning uchun ular foydani ko’proq olish 
maqsadida narxlarni moslashuvchan bo’lishiga, xaridorlarni qurbiga qarab tabaqalashtirishga 
harakat qiladilar. Tabaqalashtirish mezoni turlicha bo’lishi mumkin. Turli mezonlarga ko’ra 
tabaqalashtirishni narx diskriminatsiyasi deb yuritiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling