Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi


Download 212.16 Kb.
bet2/15
Sana21.04.2023
Hajmi212.16 Kb.
#1370028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
203-guruh5

Subʼyekt — faol faoliyat koʻrsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega boʻlgan individ yoki ijtimoiy guruh. "S." tushunchasini yunon faylasuflari substansiya tushunchasi bilan bir xil maʼnoda tushunishgan. Aristotel asarlarida S. tushunchasi substansiya bilan aynanlashtirib, individual borliq sifatida berilgan. 17-asrdan S. tushunchasini gnoseologik maʼnoda talqin etish boshlandi. Yangi davr materialistlari S.ni obyektiv va azaliy mavjud boʻlgan tashqi voqelikni passiv aks ettirish, idrok qilish, undan nusxa olish bilangina chegaralangan biluvchi materiya sifatida tushuntirishgan. Ular S.ning mohiyatida yotuvchi gʻaqiqiy faollikni, yaʼni bilish jarayonida aynan shu faollik voqelikni chuqurroq, kengroq, batafsilroq, mukammalroq bilib olishga imkon yaratishini tushunib yeta olishmadi. Chunki u davrda S. faolligining zamirida uning aniq faoliyati yotishi haqidagi gnoseologik tamoyil yaratilmagan edi. Idealistlar obyektning mavjudligi S. faoliyatining natijasi deb talqin etishdi. Ular S.ni individ ongi, xudo, goya va boshqa tarzida tushuntirish asosida uning bilish jarayonidagi faollik rolini izohlashga harakat qilishdi. Hozirgi zamon gnoseologik tadqiqotlarida S. obyekt bilan bogʻliqlikda olib qaraladi, ayrim konsepsiyalarda obyektning Sdan mustaqil holda mavjudligi taʼkidlanadi. Ayni paytda S. obyektga faol oʻzgartiruvchi taʼsir qiladi va S. obyektni ".insoniylashtiradi". Bunday S. bilan obyektning oʻzaro aloqadorligi asosida ijtimoiy-tarixiy amaliyot yotadi. S. hisoblangan individ va uning ongi ham tadqiqot obyekti boʻlib kelishi mumkin. Individ S. sifatida jamiyatning bir aʼzosi, tarixiy jarayonning bir vakili sifatida u mansub boʻlgan jamiyat aʼzolariga xos bilimlarga ega va shu nuqtai nazardan olamga qaraydi. Individ ijtimoiy mavjudot, shu maʼnoda S. ijtimoiy mazmun kasb etadi, yaʼni jamiyat aʼzosi boʻlgan ayrim individ ham, jamiyatning oʻzi ham S. boʻlib kelishi mumkin. Jamiyat uni tadqiq etuvchi tadqiqotchi uchun esa obyektdir, oʻzidan tashqi olam uchun uni oʻrganuvchi S.dir. Inson oʻz ehtiyoj va amaliy hayot talablaridan kelib chiqib, tashqi olamni oʻzgartirish, oʻziga moslashtirish asosida ikkinchi tabiatni yaratdi. Bu holat S. obyektni oʻz xohishiga koʻra oʻzgartirganligining oqibatidir. Bu jarayonda S.ning oʻzi ham oʻzgarib boradi.


  1. Download 212.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling