7. Kriptografik axborot himoyasi tamoyillari.
Kriptografiya muayyan ma'lumotlarni raqiblar uchun befoyda qilishga qaratilgan o’zgartirish usullarining majmuidan iborat. Bunday o’zgartirishlar ma'lumotlar himoyasi bilan bog’liq ikkita asosiy muammoni hal qilish imkonini beradi: maxfiylik muammosini hamda axborot butligi muammosini (axborot mazmunini o’zgartirib qo’yish yoki aloqa kanaliga yolg’on axborot kiritish imkonidan raqibni mahrum qilish yo’li bilan).
Axborot maxfiyligi va axborot butligi muammolari o’zaro yaqin aloqada bo’lgani tufayli, ularning birini hal qilish usullarini ko’pincha ikkinchisiga nisbatan ham qo’llash mumkin.
Shifrlashning o’zgartirilishi deshifrlashning o’zgartirilishiga nisbatan simmetrik yoki asimmetrik bo’lishi mumkin. O’zgartirish funksiyasining bu muhim xususiyati kriptotizimlarning ikkita sinfini belgilab beradi:
- simmetrik (bitta kalitli) kriptotizimlar - shifrlash blokida ham, deshifrlash blokida ham bir xil mahfiy kalitlar qo’llaniladi;
- asimmetrik (ikkita kalitli) kriptotizimlar (ochiq kalitli) - kriptotizimda kalitlardan biri ochiq, ikkinchisi mahfiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |