Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usullari Reja


Download 15.93 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi15.93 Kb.
#1429160
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy-axborot-tizimlarida-axborotlarni-himoyalash-usullari


Iqtisodiy axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash usullari
Reja:
1. Asosiy tushunchalar va ta'riflar
2. Axborot xavfsizligiga tahdidlarning asosiy turlari
3. Ruxsatsiz kirishdan himoya va himoyadan himoya.
4. Zarar ko’rsatuvchi dasturlarni tushunchasi va turlari.
5. Kompyuter viruslarning turlari va ularning tasnifi.
6. Kompyuter viruslaridan himoya.
7. Kriptografik axborot himoyasi tamoyillari.

1. Asosiy tushunchalar va ta'riflar
Axborot xavfsizligi deganda uning normal faoliyat ko’rsatish jarayoniga tasodifiy yoki qasddan aralashishlardan, shuningdek, uning komponentlarini o’g’irlash, o’zgartirish yoki buzib tashlashga urinishlardan himoyalanganligi nazarda tutiladi.
Axborot xavfsizligini (AX) ta'minlash muammolarining dolzarbligi va muhimligiga quyidagilar sabab bo’lmoqda:
- zamonaviy ShKlar hisoblash quvvatining kun sayin oshib borishi;
- ShKlar yordamida to’planayotgan, saqlanayotgan, ishlanayotgan va uzatilayotgan axborotlarning lokal va global tarmoqlardan foydalanishning keskin o’sishi;
- serverlarda turli sohaga oid ma'lumotlarning bazasi sifatida jamlanganligi;
- turli predmet sohalarida ishlatilayotgan ShKlar sonining keskin o’sishi; hisoblash zahiralari va ma'lumot massivlariga bevosita kirish imkoniga ega bo’lgan foydalanuvchilar doirasining keskin kengayib borayotgani;
- minimal darajadagi xavfsizlik talablariga ham javob bera olmayotgan dasturiy vositalarning mavjudligi;
- tarmoqli texnologiyalarning hamma joyga tarqalishi va lokal tarmoqlarning globallashuvi;
- Internet tarmog’idan foydalanuvchilar sonining tez sur'atlar bilan oshishi.


2. Axborot xavfsizligiga tahdidlarning asosiy turlari
Ta'sir qilish maqsadiga ko’ra AXga tahdidlarning uchta asosiy turini ko’rsatib o’tish lozim:

  • axborot maxfiyligini buzishga qaratilgan tahdidlar;

  • axborot butligini buzishga qaratilgan tahdidlar;

  • tizimning ishlash imkoniyatlariga qarshi qaratilgan tahdidlar.


Download 15.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling