Iqtisodiy bilim asoslari


Download 21.37 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi21.37 Kb.
#140242
Bog'liq
innovatsion pedagogik loyiha


Xorazm viloyat Xonqa tumanidagi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Iqtisodiy bilim asoslari“ fani o’qituvchisi Xajiyev Jamoladdinning pedagogik loyihasi

Mavzu: Xalqaro iqtisodiy munosabatlar

ANNOTATSIYA

Mazkur loyihada jahon mamlakatlarining iqtisodi, ularning rivojlanish xususiyatlari, xalqaro savdo, valyuta munosabatlari, jahon xo`jaligining xususiyatlari, jahondagi muammolar, mamlakatlar o`rtasidagi xalqaro iqtisodiy aloqalar, xalqaro kapital migratsiyasi, O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari, O’zbekiston Respublikasidagi investitsion siyosat va shunga o`xshash bir qator jahon xo`jaligining xususiyatlari bayon etilgan.

Ushbu ma`ruzalar matni barcha iqtisodiyot sohasida ta`lim olayotgan bakalavr yo`nalishidagi talabalar uchun mo`ljallangan

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror optirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.



Mavzuning maqsadi. O’quvchilarda xalqaro iqtisodiy munosabatlar to’g’risida dastlabki tushunchalar berish ularda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllanish sabablari dolzarbligi va ko’rinishlari haqida ma’lumotga ega bo’lish. Hozirgi zamonaviy sharoitlarda harakatlanib rivojlanayotgan jahon xo`jaligini tahlil etishda uni harakterlovchi dogmatik qarashlarni o’rganib chiqish zarur bo’ladi. Yaqin vaktlargacha jahon xo`jaligi 3 ta qismdan iborat deb qaralar edi. Bular: "kapitalistik dunyo", "sotsialistik dunyo" va "uchinchi davlatlar dunyosi". Davlatlarning rivojlanishi bir g’oyaga yo’naltirilar edi: zamonaviy davrning asosiy tarkibi kapitalizmdan sotsializmga o’tish davri deb tushuntirilar edi. Hozirgi kunda kapitalizmning emirilishi va kapitalizmdan sotsializmga o’tish g’oyasining rad etilishi jahon xo`jaligining ob`ektiv jihatdan uning tarkibini o’rganib chiqishni taqozo etadi

Ma`lumki, iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari uchun umumiy tabiiy qonuniyatlar asosida boradi, yoki rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari, yo’llari mavjud bo’lib, ular jahonning u yoki bu mamlakatlarini jug’rofiy o’rni, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy resurslari, aholisi, iqtisodiy rivojlanish darajasi va munosabatlari turlicha bo’ladi. Bu davlatlarning iqtisodiy yutuqlarini atroflicha o’rganib, tahlil etish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yo’llaridan o’rnak olish xam nazariy xam mahalliy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, Oliy va O’rta maxsus ta`lim Vazirligining iqtisodiy fakul’tetlarda "jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fanini o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mavzusining o’rganadigan muammolari jahon mamlakatlari turli iqtisodiy rivojlanish bosqichida iqtisodiy islohotlari va ularning umumiy va ijtimoiy xususiyatlarini rivojlanish hollarini tahlil qiladi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy islohotlarga joriy etadi.

Shu bilan birga jahon miqyosida bo’ladigan jahon xo`jaligi xususiyatlarini, olamshumul muammolarini, mamlakatlarning rivojlanish bosqichlarini, jahon mamlakatlarini o’rtasida olib borilayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar, O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo sohasilagi olib borayotgan siyosati, xalqaro kapital migratsiya, O’zbekiston Respublikasining investitsion siyosati, xalqaro valyuta - kredit munosabatlari, O’zbekiston Respublikasining moliya va bank sohasidagi siyosati muammolarini o’rganishga yordam beradi.



Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini egallashi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub`ektiga aylandi. 1991 yilgacha O’zbekistonda ishlab chiqariladigan tovarlar jahon bozoriga sobiq ittifoqning monopol xalqaro tashkilotlari orqali o’tar edi. Mustaqil O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan iqtisodiy islohotlarining eng asosiy va zarurlaridan biri tashqi iqtisodiy munosabatlar islohoti hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining ochiq bozor iqtisodiyotiga kirishi uchun albatta o’z tashqi iqtisodiy strategiyasiga ega bo’lishi zarur. Buning uchun esa jahon iqtisodiyotining taraqqiyot namunalarini o’rganib chiqish zarurati hosil bo’ladi. To’plangan tajriba namunalarini qunt bilan o’rganish, tahlil qilish va qo’llash natijasida uning milliy iqtisodiyotga mos keluvchi jihatlarini tanlab olib amalda qo’llash va shu orqali iqtisodiy o’sishga erishish mumkin.

O‘zbekistonda mahalliy va chet ellik investorlar nafaqat mablag‘ sarflab, daromad olmoqda, balki korxonalarni birgalikda boshqarmoqda, xorijlik muassislar qo‘shma korxonaga, avvalo, ilg‘or texnologiyalarni olib kirmoqda, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy qilmoqda

Mamlakatimizda misolida ko’radigan bo’lsak “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” maxsus iqtisodiy zonalarini tashkil etish hisobidan chet ellik investorlar bilan yo‘lga qo‘ygan mamlakatimizning hamkorligi o‘zining yuksak samarasini ko‘rsatmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimiz ulkan tеrritoriyaga, ko’p millionli aholisiga, turli-tuman rеsurslarga ega bo’lsada, u boshqa mamlakatlar bilan doimiy va bеlgilangan iqtisodiy aloqalarga ega bo’lmasdan turib, yakka holda rivojlanishning yuqori cho’qqilariga erisha olmaydi.

O’zbеkistonning jahon хo’jalik aloqalariga qo’shilish jarayoni obyektiv tuzilmaviy shart-sharoitlar yetilgan va tashqi iqtisodiy aloqalarning хo’jalik mехanizmi isloh qilina borgan sari bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.

Milliy iqtisodiyotning jahon хo’jaligiga munosib tarzda kirib borishiga yo’naltirilgan stratеgiya rеspublikaning iqtisodiy salohiyatiga asoslanishi rеal vaziyatidan kеlib chiqqan holda tug’iladi va u davlatimizni siyosiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan.

Jahon хo’jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy guruhlar yoхud ittifoqlarga birlashgan mamlakatlarning intеgratsiyaviy salohiyati tashkil qiladi.

Mamlakatning intеgratsion salohiyati dеganda, fikrimizcha, хalqaro iqtisodiy intеgratsiyaning alohida tomonlari-subyektlari amalga oshiradigan хalqaro ishlab chiqarish-iqtisodiy hamkorlik va almashuv prеdmеti bo’lgan milliy tabiiy, mеhnat, ishlab chiqarish, moliya-krеdit, savdo rеsurslari, ilmiy хodimlar va odamlarning aqliy qobiliyati majmuini tushunish zarur. O’zbеkistonning intеgratsion aloqalarini jadallashtirishga хizmat qiladigan omillar va sharoitlar orasidan rеspublika intеgratsion salohiyatining quyidagi aniq-ravshan ustunliklarini sanab o’tish mumkin:

- O’zbеkistonning YevroOsiyo qit’asidagi qulay gеostratеgik joylashuvi;

- yеr, minеral хom-ashyo va o’simliklarning ancha katta zahirasi, shuningdеk, qishloq хo’jaligini rivojlantirish uchun qulay bo’lgan tеngi yo’q tuproq-iqlim sharoitlari;

- muhim tashqi savdo va eksport salohiyati;

- tеgishli davlatlararo koopеratsiyalashuv va birgalikdagi invеstitsiyalar mavjud bo’lganda ancha qisqa muddatlar ichida tayyorgarlikning yuqori darajasiga ega raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilishga imkon bеradigan yirik ishlab chiqarish

Mavzuning yangiligi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda tashqi aloqalarda mamlakatning investitsion jozibadorli muhim ahamiyat kasb etadi Investitsion jozibadorlik mamlakatga investitsiyalarning jalb qilishi texnoparklarning ochilishi , erkin iqtisodiy zonalarning mavjudligi , xalqaro iqtisodiy forumlar o’tkazilishi tanlovlarning yaratilishi jahon mamlakatlarining mamlakatga qiladigan investitsiyalaring hajmini bir necha karraga oshishiga sabab bo’ladi

“Hozirgi vaqtda yurtimizda 90 dan ortiq mamlakatning xorijiy kapitali ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bunday samarali loyihalar haqida gapirganda, mashinasozlik sohasida AQShning “Jeneral motors”, Germaniyaning “MAN”, “Klaas”, Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyalari, neft-gaz sohasida Janubiy Koreyaning “Lotte kemikal” va “Kogaz” kompaniyalari, kimyo sanoatida Ispaniyaning “Maksam” kompaniyasi, to‘qimachilik sanoatida Singapurning “Indorama”, Janubiy Koreyaning “Deu tekstil”, “Yang von”, Shveytsariyaning “Riter” kompaniyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Xitoyning “Xuavey” va “ZTE”, oziq-ovqat sanoatida Shveytsariyaning “Nestle” kompaniyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarishda Germaniyaning “Knauf”, Xitoyning “Peng Sheng”, farmatsevtika sanoatida Shveytsariyaning “Nobel” kompaniyalari va shuningdek, boshqa ko‘plab xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar haqida so‘z yuritish mumkin.

Dunyoda nom qozongan bunday kompaniyalar bilan olib borayotgan hamkorligimiz qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz tarmoqlarini tubdan modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uning turini ko‘paytirish, jahon bozorlariga raqobatdosh yangi mahsulotlar bilan chiqish imkonini bermoqda.”¹



O’quvchilarning o’zlashtirish sifati ko’rsatkichlari.

O’quvchilar o’tkazilgan test va yozma ishlarda quyidagi ko’rsatgichlarga erishishdi:

O’zlashtirish -100%

Samaradorlik - 87%



O’qituvchining muammosi va uning kelib chiqish sabablari.

Kelayotgan “Iqtisodiy bilim asoslari “ darsliklarida mavzularning juda ham sayoz yoritilgani hamda ularda mavzuga oid beriladigan topshiriqlarining juda kamligi misol tariqasida mavzuga doir berilishi kerak bo’lgan masalalarning kamligi yoki shunga doir misollar sabab bo’lmoqda

Xuddi shunday muammolar oqibati o’laroq bellashuv va o’tkaziladigan olimpialarda mavzularga oid masalalar juda ko’p va murakkab berilgani ammo darslikda shunga o’xshash masalarlarning yechishga doir yo’nalish berilmagani va shuning oqibati o’laroq o’quvchilarning juda past natijalarga erishayapti.

Muammolarni hal etish yo’llari. Muammolarni hal etish uchun o’qituvchi kuchli bilim salohiyatiga ega bo’lishi, tinmay o’z ustida ishlashi, darsni ilg’or pedagogic texnologiyalar asosida o’tishi , internet bilan hamnafas faoliyat olib borishi , o’quvchilarni mamlakat va jahon iqtisodiyotida bo’layotgan yangiliklardan xabardor qilib turishi kerak.

Maktablarga keladigan darsliklarda ham iqtisodiy muammolar va ularning yechimlari to’g’risida ko’proq ma’lumotlar berilishi maqsadga muvofiqdir.



Erishilgan natijalar o’tkazilgan dars mobaynida o’quvchilar jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar boshlang’ich tushunchaga ega bo’ldilar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda erkin savdo , tashqi iqtisodiy faoliyat, uni tartibga solishda davlatning roli , mamlakatning investitsion jozbadorligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar

Xulosalar Xalqaro savdo dunyo bo’yicha bozorlarning ochiq bo’lishini taqozo qiladi. Lekin bozorlarning ochiq bo’lishi ba’zi davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bazida davlatlar xalqaro savdoga bir tomonlama bojxona boji, kvota kabi to’siqlarni o’rnatishga majbur bo’ladilar.

Xalqaro savdo davlatlarni bir-biriga iqtisodiy jihatdan qattiqroq bog’lab qo’yadi



Hozirgi sharoitda xo’jalik aloqalarini baynalmillashtirish jarayoni kuchaymoqda va har bir alohida davlat iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mustaxkamlashda tashqi iqtisodiy omil muhim rol o’ynamoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari va ularning samaradorligi milliy iqtisodiyot barqarorligini va uning rivojlanish harakatini aniqlaydi
Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling