Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

 Iqtisodiy huquq asoslari
Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganligi 
uchun javobgarligi o‘n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 107- modda
Soliqqa oid huquqbuzarlik bir necha xil oqibatlarga olib kelishi 
mumkin:
Soliqlarni va majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash har bir fuqaro va 
korxona uchun muqaddas burchdir. Intizomli soliq to‘lovchini davlat va 
jamiyat hurmat qiladi va har tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin shunday 
jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘ladi-ki, ular o‘z majburiyatlariga 
mas’uliyatsizlik bilan yondoshadilar. Bu esa o‘z navbatida soliqqa tortish 
sohasidagi huquqbuzarliklarga olib keladi. Masalan, savdodagi tushumni 
yashirish (kamaytirib ko‘rsatish), kirim qilinmagan to‘lovlarni saqlash 
kabi huquqbuzarliklar bir nechta toifadagi huquqbuzarliklar deb qaralishi 
mumkin:
a) soliq huquqbuzarligi sifatida;
b) ma’muriy huquqbuzarlik sifatida;
d) jinoyat sifatida;
e) fuqaroviy-huquqiy xatti-harakat sifatida.
Bunda huquqbuzarlikning ko‘lami, birinchi marta yoki takroran amalga 
oshirilganligi, ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan amalga oshirilganligi 
kabi holatlar inobatga olinadi.
Bu huquqbuzarliklar uchun jazo belgilanishi bilan bir paytda yashirilgan 
(kamaytirilgan) soliq miqdori ham, albatta undiriladi.
Ayrim hollarda huquqbuzar o‘z ixtiyori bilan zararlarni qoplaganida, 
u javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
http:eduportal.uz


147
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy oddiy odamlarga soliq 
to‘lashdan bosh tortmaslikni maslahat bergan va bunday xatti-harakat 
“o‘z sheriklariga jafo qilishlik bilan barobardir”, degan. Alisher 
Navoiyning soliq haqidagi, boj-hiroj to‘lash haqidagi fikrlari mustaqil 
davlatimiz soliq tizimi haqidagi bilimlarning tarixiy asoslarini bilib 
olishga yordam berishi tabiiydir.
Amir Temur o‘z iqtisodiy qarashlarida soliq masalasiga alohida 
ahamiyat bergan. Sohibqiron o‘z davrida soliq siyosatini xalq 
manfaatidan kelib chiqqan holda amalga oshirgan. U agar aholi 
soliq tizimi orqali kambag‘allashib ketsa, davlat ham oqibatda 
kambag‘allashib boradi, aholining boy-badavlat yashamog‘i uchun 
adolatli soliq tizimi zarur, deb hisoblagan.
Tarixga nazar
1. Soliq to‘lovchilarning qanday huquqlari bor?
2. Bu huquqlar kim tomonidan va qanday kafolatlanadi?
3. Davlat tomonidan soliq to‘lovchining huquqlari kafolatlanishining 
sababi nimada deb o‘ylaysiz?
4. Soliq to‘lovchining o‘z huquqlarini bilishi unga qanday vaziyatlarda 
asqotishi mumkin?
5. Soliq to‘lovchining majburiyatlarini sanab bering.
6. Soliq to‘lovchining majburiyatlarini sidqidildan bajarishidan kimlar 
manfaatdor?
7. Soliq to‘lash bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun qanday jazo choralari 
qo‘llanilishi mumkin?

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling