Iqtisodiy bilim asoslari


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!

Davlatimiz qonunchiligi soliq to‘lovchi huquqlarini himoya qiladi.

Soliq to‘lovchining o‘z majburiyatlarini bajarishidan butun jamiyat
manfaatdor.

Soliq to‘lovchi o‘z huquqlari va majburiyatlarini bilishi va ularga 
amal qilishi lozim.

Soliq to‘lash bo‘yicha huquqbuzarlik uchun jazo muqarrardir.
http:eduportal.uz


148
A. SAVOLLAR
1. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash soliq to‘lovchi sifatida 
har bir shaxs uchun ham qarz, ham farzdir, degan fikrni qanday 
izohlaysiz?
2. Soliq to‘lashning savob ish ekanligini asoslang.
3. Majburiy to‘lovlarning qanday turlarini bilasiz?
4. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan tushgan mablag‘lar qanday 
maqsadlarda ishlatiladi?
5. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning soliq haqidagi fikrlari 
to‘g‘risida gapirib bering.
6. Soliq kodeksi haqida nimalarni bilasiz?
7. Soliqqa tortishning asosiy tamoyillarini aytib bering.
8. Soliq to‘lovining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
9. Soliq to‘lovchilarning asosiy huquqlari va majburiyatlari haqida 
gapirib bering.
10. Davlat va mahalliy soliqlarning bir-biridan farqi nimada?
11. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning soliq to‘g‘risidagi qarashlari 
haqida nimalar bilasiz?
12. Soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslarning farqini tushuntirib 
bering.
13. Soliqlarning qanday turlari mavjud?
14. Bevosita va bilvosita soliqlarga misollar keltiring. Ularning bir-
biridan farqi nimada?
VI BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA 
TOPSHIRIQLAR
B. TOPSHIRIQLAR
Har bir atamaga mos talqinni toping.
1. Soliq.
2. Soliq kodeksi.
3. Jismoniy shaxs.
ATAMALAR:
TALQINLAR:
a) soliq to‘lash lozim bo‘lgan daromad, mol-mulk yoki tovar;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari hamda 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
d) soliqqa tortish to‘g‘risidagi barcha qonun hujjatlarining asosini 
4. Yuridik shaxs.
5. Soliq obyekti.
6. Soliq subyektlari.
7. Soliq stavkasi.
8. Soliq to‘lovchilar.
9. Vakolatli organlar.
http:eduportal.uz


149
tashkil qiladigan va soliq munosabatlarini tartibga soluvchi hujjat;
e) soliq to‘lovchilar va vakolatli organlar
f) fuqaro, firma va korxonalardan davlat xazinasiga undiriladigan, 
qonunda ko‘rsatilgan majburiy to‘lov;
g) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati 
zimmasida bo‘lgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslar;
h) O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, 
o‘z mulki bilan sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot; 
i) davlat tomonidan qonun asosida soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish vazifasi qo‘yilgan va vakolati berilgan davlat 
organlari va tashkilotlari;
j) soliq obyektining har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab 
qo‘yilgan me’yor.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling