Iqtisodiy bilim asoslari


D. TESTLAR Berilgan savolga mohiyati jihatidan eng to‘g‘ri va to‘liq javobni  belgilang. TALQINLAR


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

D. TESTLAR
Berilgan savolga mohiyati jihatidan eng to‘g‘ri va to‘liq javobni 
belgilang.
TALQINLAR:
1. Ehtiyojlar — bu ...
A. kundalik ehtiyoj mollari do‘konida sotiladigan barcha tovarlar.
B. kishilarning tovar va xizmatlarga ega bo‘lish xohishi.
D. insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur 
bo‘lgan narsa larga muhtojligi.
E. qondirishning imkoni bo‘lmagan inson orzu-istaklari.
2. Cheklanganlik muammosi qaysi vaziyatda to‘g‘riroq ifodalangan? 
A. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida har doim nimadir yetishmaydi.
B. Hamma vaqt insonning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun resurslar 
yetarli bo‘laver maydi.
http:eduportal.uz


36
D. Biror resurs qancha lik kam bo‘lsa, u shuncha tanqis bo‘ladi.
E. “Ro‘zg‘or — g‘or”, deganlaridek, oilada har doim nimadir yetishmaydi.
3. Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ma’naviy ehtiyojlarga tegishli?
A. Daftar, non, kitob, televizor, xat yozish.
B. Muzqaymoq, kompyuter, ta’lim olish, sport. 
D. Ta’lim olish, musiqa eshitish, kasb-hunar o‘rganish, oyoq kiyimi. 
E. Til o‘rganish, kitob o‘qish, rasm chizish, musiqa eshitish. 
4. Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ijtimoiy ehtiyojlarga tegishli?
A. Yo‘l, jamoat transporti, maktab, kiyim-kechak, qo‘l soati. 
B. Mudofaa, sog‘liqni saqlash tizimi, telefon tarmog‘i, kutubxona, muzey.
D. Tarixiy yodgorliklar, kasalxona, xususiy do‘kon, metro, velosiped.
E. Qo‘riqxona, daryo, istirohat bog‘i, soliq xizmati, shaxsiy avtomobil.
5. Fermer dalasiga bug‘doy eksa 40 t, sholi eksa 80 t hosil olishi mumkin. 
Bir tonna bug‘doyning muqobil qiymati ...
A. aniq emas, chunki qancha bug‘doy yoki sholi ekilgani noma’lum. 
B. 0,5 tonna sholiga teng. 
D. 4 tonna sholiga teng. 
E. 2 tonna sholiga teng. 

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling