Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Iqtisodiy klaster 
— muayyan hududda to‘plangan, mahsulot,
butlovchi qismlar, ma’lum xizmatlar, infratuzilma bilan o‘zaro 
ta’minlovchi tashkilotlar (korxonalar, ilmiy va ta’lim muassasalari va
h.k) guruhi bo‘lib, guruh ishtirokchilari bir-birlarining va klasterning 
raqobatbardoshliligini oshiradi.
5
6
4
MUSTAQIL FAOLIYAT
KLASTER NIMA?
3
2
1
http:eduportal.uz


33
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham iqtisodiy klasterlar keng tarqal-
moqda. Tashkil qilinayotgan paxta-to‘qimachilik, baliqchilik, oziq-ovqat 
klasterlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Iqtisodiy klasterning xususiyatlari quyidagilardan iborat: geografik 
jihatdan o‘zaro yaqinlik; texnologiyalarning turdoshligi; xom ashyo ba-
zasining umumiyligi; innovatsion faoliyatning mavjudligi.
1. Yuqoridagi rasmlar asosida paxtada n har xil tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq korxonalar ro‘yxatini tuzing.
2. Ro‘yxatga yana qanday korxonalarni qo‘shish mumkin?
3. Chigit ekishdan boshlab toki tayyor mahsulotning iste’molchiga borib 
yetishigacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining zanjirini mantiqiy 
ketma-ketlikda quring.
4. Birgina erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqarishda qanday: a) tabiiy;
b) kapital; d) mehnat resurslari ishlatilishini aniqlang.
5. Agar rasmlardagi korxonalarni umumiy tizimga birlashtirilsa, bu 
qanday afzalliklar berishi mumkinligi bo‘yicha o‘z fikringizni bildiring.
3 – E. Sariqov, B. Haydarov
Masala1: Ikkita ishchi birinchi 5 kunlikda 500 ta, ikkinchi 5 kunlikda 
750 ta mahsulot tayyorladi. Bitta ishchining birinchi va ikkinchi besh 
kunlikdagi bir kunlik mehnat unumdorligini toping va o‘zaro taqqoslang.
Yechimi: Sarflangan umumiy vaqt = Ishchilar soni . Har bir ishchi 
sarflagan vaqt = 2 ishchi . 5 kun = 10 kun
Bitta ishchining birinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi:
U=Q:T=500:10=50 taga,
Bitta ishchining ikkinchi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi esa:
750:10=75 taga teng.
Endi ularni taqqoslaymiz: 75:50=1,5, ya’ni, bitta ishchining ikkin-
chi besh kunlikdagi mehnat unumdorligi birinchidagiga qaraganda 1,5 
baravar ko‘p bo‘lgan.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling