Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Iqtisodiy tizim
— jamiyat (mamlakat) iqtisodiy hayotini tashkil qilish 
shakli.
An’anaviy iqti so diyot
— iqtiso diyot ning asosiy savollariga jamiyatdagi 
an’ana larga asoslanib javob beradigan iqti sodi y tizim.
Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimida deyarli barcha ishlab 
chiqarish vositalari davlat tasarrufida bo‘lib, barcha iqtisodiy yechimlar, 
http:eduportal.uz


30
Bozor iqti sodiyoti 
— xususiy mulk chilikka asoslangan, barcha 
iqtisodiy qarorlar erkin qabul qilinadigan, iqtisodiy ne’matlar esa 
bozorlar yordamida taq simla nadigan iq ti so diy tizim.
Markazlashgan re jali iqtisodiyot
— deyarli barcha ishlab chiqarish 
vositalari davlat tasarrufida bo‘lib, iqtisodiy yechim lar markazlashgan 
holda davlat tomo ni dan qabul qilinadigan va rejaga ko‘ra amalga 
oshiri ladigan iqtisodiy tizim.
Bozor iqtisodiyoti tizimida deyarli barcha ishlab chiqarish vositalari 
xususiy korxonalar, shaxslar qo‘lida bo‘lib, barcha iqtisodiy yechimlar 
iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar tomonidan erkin qabul qilinadi. 
Nimadan, qancha miqdorda ishlab chiqarish masalasi talab va taklifga 
asoslangan bozor mexanizmi yordamida aniqlanadi (bu mexanizm haqida 
keyinroq batafsil to‘xtalamiz). Masalan, iste’molchilarda tamakini sotib 
olishga bo‘lgan xohish, ya’ni talab bo‘lmasa, fermer xo‘jaliklari tamaki 
ekmay qo‘yadi, chunki uni hech kim sotib olmaydi va undan foyda yo‘q. 
Uning o‘rniga esa foydaliroq bo‘lgan don ekinlarini ekadi va hokazo.
nimani qancha miqdorda, qay tariqa ishlab chiqarish ham oldindan 
rejalashtirilib, markazda o‘tirgan bir guruh mutaxassislar tomonidan hal 
qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot hukumat tomonidan taqsimlanadi. 
Ishlab chiqarishdan olingan foyda davlat ixtiyorida qoldiriladi va u ham 
rejaga asosan taqsimlanadi. Markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi sobiq 
ittifoq va qator sotsialistik davlatlarda mavjud edi.
Aralash iqtisodiyot tizimida ishlab chiqarish resurslarining bir qismi 
davlat tasarrufida, qolganlari esa xususiy korxonalar va shaxslar qo‘lida 
bo‘ladi. Ba’zi turdagi tovar va mahsulotlar davlat tomonidan ishlab 
chiqarilsa, qolganlari xususiy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladi. 
Shuningdek, aralash iqtisodiyotda davlat iqtisodiyotni tartibga solib 
turuvchi kuch sifatida qatnashadi va shu bilan bir qatorda ishlab 
chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi ham ta’minlanadi. Shu bois, aralash 
iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyotning 
“qorishmasi”dan iborat iqtisodiyot deb atash mumkin. Hozirda dunyoning 
ko‘plab davlatlarida aralash iqtisodiyot tizimi hukm surmoqda. Bunga 
misol qilib, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Kanada 
kabi qator davlatlarni keltirish mumkin. Shunisi qiziqki, bu davlatlarda 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi borgan sari takomillashib bormoqda.
http:eduportal.uz


31
1. Nima? Qanday? Kim uchun? savollari qanday muammolarni o‘z ichiga 
oladi?
2. Iqtisodiy tizimlar bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
3. An’anaviy iqtisodiyotning afzallik va kamchilik tomonlarini ayting.
4. Markazlashgan rejali iqtisodiyotini tavsiflab bering.
5. Bozor iqtisodiyoti haqida gapirib bering.
6. Har bir iqtisodiy tizimga misollar keltiring va ularni izohlang.
7. Aralash iqtisodiy tizimning vujudga kelishiga nimalar sababchi bo‘lgan 
deb o‘ylaysiz?
8. Mamlakatimizda qaysi iqtisodiy tizim asoslari yaratilmoqda?
9. Aralash iqtisodiyot sharoitida quyidagi ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarining qaysilarini davlat, qaysilarini xususiy firmalar 
boshqarsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylaysiz? Javobingizni 
asoslashga harakat qiling.
a) ta’lim;
b) televideniye; 
d) tez tibbiy yordam;
e) mudofaa; f) elektr tarmog‘i;
g) temir yo‘l; 
h) avtomobil yo‘llari; i) qishloq xo‘jaligi;
j) atrof-muhitni muhofaza qilish.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling