Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Mahsuldorlik
— resurslarning muayyan miqdoridan ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdori.
Texnologiya
— mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan 
foydalanish, qanday usul va ketma-ketlikda ishlov be rish yo‘l-yo‘rig‘i.
Mehnat unumdorligi
— vaqt birligi ichida bir birlik resursdan 
foydalanib ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdori.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonining ish-
chilar o‘rta sida ishni taqsimlash aso sida tashkil qilinishi.
http:eduportal.uz


26
Ishlab chiqarish taraqqiyoti natijasida ba’zi bir mahsulot turlarini 
yaratish jarayoni murakkablashib boradi. Bitta korxona miqyosida bun-
day mahsulotlarni ishlab chiqarishning iloji bo‘lmay qoladi. Shu sabab, 
korxonalar o‘rtasida bu mahsulotni yaratish jarayoni, ya’ni ish o‘zaro 
taqsimlab olinadi. Natijada, korxonalar o‘rtasida mehnat taqsimoti yuz 
berib, ular bir butun mahsulotni emas, balki uning ma’lum bir qismini 
ishlab chiqarishga moslashadi, ya’ni ixtisoslashadi.
Shu tariqa bir necha korxonalardan iborat, muayyan mahsulotni ishlab 
chiqaruvchi tarmoq vujudga keladi. Misol tariqasida avtomobil ishlab 
chiqarishni olaylik. Ma’lumki, avtomobil yuzdan ortiq katta-kichik detal-
lar, qismlardan tashkil topgan. Uning bitta detali, masalan, g‘ildiraklari 
bitta korxonada ishlab chiqarilsa, oynasi ikkinchi korxonada, motori 
esa uchinchi korxonada ishlab chiqariladi va hokazo. Xullas, avtomobil 
qismlarini ishlab chiqarish bilan o‘nlab korxonalar shug‘ullanadi. Oxiri 
yig‘uv korxonasida bu qismlardan avtomobil yig‘iladi. Shu tariqa bu kor-
xonalar birgalikda avtomobil ishlab chiqarish tarmog‘ini tashkil qiladi 
va har biri ma’lum detalni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Korxonalar-
ning ma’lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bitta tarmoqqa 
birlashishi ham mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘z navbatida, bir-biriga yaqin turdagi mahsulot ishlab chiqarayotgan 
tarmoqlar birlashib, ishlab chiqarishning yirikroq tarmoqlarini, ular ham 
birlashib, ishlab chiqarish sohalarini tashkil qiladi. 
An’analar, mahalliy zarurat tufayli bir butun hudud, hatto mamlakatlar 
ham ko‘proq mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisosla-
shadi. Masalan: Braziliya – qahva, Hindiston – choy ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. Bunday ixtisoslashuv hududiy ixtisoslashuv deyiladi.
Ixtisoslashuvning bir qator afzalliklari bo‘lsa-da, quyidagi omillar 
ixtisoslashuvni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi:
1. Har qanday ishlab chiqarishni mayda qismlarga qanchalik ko‘p 
bo‘lmang muayyan sondagi bo‘linishdan keyin bu qismlarni yanada may-
daroq qismlarga yoki jarayonlarga bo‘lishning iloji yo‘q bo‘lib qoladi.
2. Mahsulotni ayirboshlash ham ixtisoslashuvga ta’sir qiladi. Ma-
salan, fermer xo‘jaligi kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lsa va 
Ixtisoslashuv
— biror mahsulot turini yoki mahsulotning bir qismini 
ishlab chiqarish bo‘yi cha korxonalar o‘rta sidagi mehnat taqsi moti.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling