Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Tabiiy omillar
— ishlab chiqa rish jarayoniga jalb qilinadigan barcha
tabiiy resurslar.
Kapital omillar
— ishlab chiqa rish jarayoniga jalb qilinadigan barcha
kapital resurslar.
Ishchi kuchi omillari
— ishlab chiqa rish jarayoniga jalb qilinadigan 
barcha mehnat resurslari.
Keyingi paytlarda ishlab chiqarishning tabiiy, mehnat va kapital 
omillari qatoriga to‘rtinchi omil — odamlarning iqtisodiy qaror qabul 
qilishi, ishlab chiqarishni uyushtirishi va tashkil qilishi bilan bog‘liq 
faoliyati — tadbirkorlik layoqatini ham kiritishmoqda.
Qurilish uchun eng zarur bo‘lgan sement ishlab chiqarishni tashkil 
qilish misolida ishlab chiqarish omillarini aniqlaylik. Ma’lumki, sement 
ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun birinchidan, tabiiy resurs — 
yer maydoni va sement olinadigan tog‘ jinsi bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, 
sement ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari — odamlar— ishchi kuchi 
http:eduportal.uz


23
1. Tumaningizdagi ishlab chiqarish korxonalarini sanang.
2. Tumaningizdagi biror korxona misolida bu korxonaning qanday resurs 
turlaridan foydalanayotganini gapirib bering. 
3. Tadbirkorlik layoqati va ishchi kuchi omili orasida qanday farq bor? 
4. Asaka shahridagi avtomobil zavodining ishga tushirilishi natijasida 
o‘tgan yillar mobaynida respublikamizda qanday o‘zgarishlar sodir 
bo‘ldi?
5. Iqtisodchilar ishlab chiqarishni qanday turlarga ajratadilar?
6. So‘nggi yillarda respublikamizda yetishtirilayotgan paxtaning ko‘p qis-
mi qayta ishlanib, tayyor mahsulot shaklida chet elga sotilayapti. 
Buning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun qanday afzalliklari bor deb 
o‘ylaysiz?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!
• 
Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy ne’matlar yaratiladi. 
• 
Ishlab chiqarishning tabiiy, kapital, ishchi kuchi va bu uchala 
omilni birlashtiruvchi tadbirkorlik layoqati omillari mavjud. 
• 
Ishlab chiqarishning bir qancha turlari mavjud.
talab etiladi. Mehnat omili — odamlarsiz, ularning jismoniy kuchisiz, aqli 
va malakasisiz hech narsa qilib bo‘lmaydi. Uchinchidan, tog‘ jinslariga 
ishlov berishda qo‘llaniladigan asbob-uskuna, bino va inshootlar, ya’ni 
kapital resurslar ham bo‘lishi kerak. 
Bu omillarni o‘zaro birlashtirish — to‘rtinchi omil — tadbirkorlik 
layoqati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor sement ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini hammadan oldin ko‘rib, tashabbusni qo‘lga oladi. 
Bu ishni amalga oshirish uchun uchala omilni birlashtiradi. Mavjud 
resurslarni jalb etadi, kuch-g‘ayrati, bilimini sarflaydi, ma’lum darajada 
tavakkal qiladi va ishbilarmonligini ishga soladi. Oxir-oqibat uning 
xatti-harakatlari, tadbirkorligi sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 
sababchi omil bo‘ladi. Demak, ishlab chiqarish tabiiy, ishchi kuchi, 
kapital va tadbirkorlik layoqati omillarining birlashishidan yuzaga kelar 
ekan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik layoqati omili alohida 
ahamiyat kasb etadi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling