Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Ishlab chiqaruvchilar 
— iqtisodiy ne’matlarni yaratuvchi korxonalar 
yoki shaxslar.
Iste’molchilar
— iqtisodiy ne’matlarni iste’mol qiluvchilar. 
Ishlab chiqaruvchilar, odatda, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish 
sohalariga bo‘linadi. Moddiy sohada moddiy ko‘rinishdagi mahsulotlar, 
tovarlar ishlab chiqariladi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga sanoatdagi 
zavod va fabrikalarni, qishloq xo‘jaligidagi fermer va dehqon xo‘jaliklarini 
misol qilib keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish 
 inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy 
ne’matlar yaratish jarayoni.
Ishlab chiqarishning nomoddiy sohasida esa, asosan, turli ko‘rinishdagi 
xizmatlar ko‘rsatiladi. Bular jumlasiga ta’lim, sog‘liqni saqlash, yo‘l 
http:eduportal.uz


22
xavfsizligi, mudofaa, davlat boshqaruvi, mada-
niyat kabi sohalar kiradi.
Xizmatlarning moddiy ko‘rinishdagi mah-
sulotlardan farqi, ularni moddiy narsalarni 
jamg‘argan kabi omborda jamg‘arib bo‘lmaydi. 
Xizmatlar ishlab chiqarish jarayonining o‘zidayoq 
iste’mol qilinadi, ya’ni ulardan foydalaniladi.
Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarish 
uchun resurslar kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarishga 
jalb qilingan resurslar faqat manba, zaxira sifatida 
emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta’sir 
etuvchi omil sifatida ham qaraladi. Shu sababli, 
ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslar boshqacha 
ishlab chiqarish omillari deb ham ataladi. Ular, odatda, tabiiy, kapital 
va ishchi kuchi omillariga bo‘linadi. Tabiiy omillarga ishlab chiqarishda
foydalaniladigan barcha tabiiy resurslar kiradi.
Kapital omillar deb ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladigan kapital 
resurslarga aytiladi. Iqtisodchilar ularni boshqacha — ishlab chiqarish 
vositalari, deb ham ataydilar. Ularga bino va inshootlar, asbob-uskuna va 
mashina-mexanizmlar, turli-tuman dastgohlar va jihozlar, xom ashyolar 
va boshqa son-sanoqsiz turdagi narsalar kiradi. Ishchi kuchi omillari
deganda, ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilinadigan mehnat resurslari 
tushuniladi.
Ishlab chiqarish
Iqtisodiy ne’mat
Tabiiy
resurs
Kapital
Ishchi 
kuchi
Tadbirkorlik

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling