Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Cheklanganlik muammosi
— cheksiz ehtiyojlar va cheklangan 
resurslar o‘rtasidagi nomutanosiblik.
http:eduportal.uz


16
Shohjahonning tug‘ilgan kuniga dadasi o‘ziga yoqqan biror narsa 
olishi uchun 100 000 so‘m pul berdi. U anchadan beri futbol formasi, 
yangi oyoq kiyimi (krossovka) va futbol to‘pi sotib olmoqchi bo‘lib yur-
gan edi. Shohjahon do‘konlarni aylanib yurib, bu pulga o‘zi xohlagan 
narsalardan faqat bittasini olish imkoniyati borligini aniqladi va nima 
olsam ekan, deb o‘ylanib qoldi. Shohjahon uchta imkoniyatdan faqat 
bittasini tanlashga majbur. Iqtisodiyotda bunday imkoniyatlar muqobil 
imkoniyatlar deb yuritiladi. 
Aytaylik, Shohjahon uchun bu narsalarni sotib olish quyidagi tartibda 
qoniqish hissini beradi: 1) krossovka; 2) futbol to‘pi; 3) futbol formasi. 
Shu bois, u krossovkani sotib oldi, chunki unga bu eng katta qoniqish 
hissini beradi. Shohjahonning bu tanlovi futbol to‘pi ola olmasligi bilan 
unga “qimmatga tushadi”. Iqtisodchilar buni — tanlovning muqobil qiy-
mati deb atashadi. Demak, Shohjahon tanlovining, ya’ni krossovkaning 
muqobil qiymati — futbol to‘pi bilan o‘lchanadi.
1. Aytingchi, Shohjahon nima sababdan uch imkoniyatdan birini 
tanlashga majbur bo‘ldi?
2. Shohjahon nima sababdan krossovkani tanladi?
3. Nega Shohjahon tanlovining muqobil qiymati futbol formasi bilan 
o‘lchanmayapti?
4. Siz Shohjahonning o‘rnida bo‘lganingizda bu uch imkoniyatdan 
qay birini tanlagan bo‘lar edingiz? Nega?
5. Tanlovingizning muqobil qiymatini aniqlang.
3- MAVZU
TANLOV VA UNING MUQOBIL QIYMATI 
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR





http:eduportal.uz


17
Bankdan qarz olmoqchi bo‘lgan firma oldida bu pullarga yangi dast-
gohlar sotib olib, ishlab chiqarishni kengaytirish yoki eski dastgoh va 
binolarni ta’mirdan chiqarib, ishchilarining mehnat sharoitlarini yaxshi-
lash muammosi turadi. Davlatdan 10 gektar yer olgan fermer xo‘jaligi 
oldida esa, bahorda yerga qaysi ekinlarni ekish muammosi ko‘ndalang 
turadi. Shahar hokimligi o‘z ixtiyoridagi ma’lum miqdordagi mablag‘ni 
yo‘llarni ta’mirlash yoki yangi maktab qurishga sarflash haqida bosh 
qotiradi. Davlat miqyosida esa sog‘liqni saqlash sohasiga ko‘proq pul 
ajratish kerakmi yoki neftni qayta ishlash zavodini qurish kerakmi, degan 
muammoga duch kelinadi.
Yuqorida keltirilgan misollarda bir nechta imkoniyatdan bittasini tan-
lashga, qolganlaridan esa voz kechishga to‘g‘ri keladi. Tanlov natijasida 
voz kechilgan imkoniyatlar ichidan eng katta naf keltiruvchi imkoniyatga 
tanlovning muqobil qiymati deb aytiladi.
Insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan barcha tovar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishning imkoni yo‘q. Chunki iqtisodiy resurslar 
cheklangan. Shu bois, nafaqat alohida olingan shaxs, balki korxonalar va
firmalar, davlat va jamiyat miqyosida ham cheklanganlik muammosiga 
duch kelinadi. Har qanday firma ham o‘z faoliyatini kengaytirish payida 
bo‘lib, ko‘proq sifatli mahsulot turlarini ishlab chiqarishga intiladi. Davlat
ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalariga va atrof-muhit muhofazasiga imkoni 
boricha ko‘proq mablag‘ ajratishni xohlaydi. Lekin afsuski, imkoniyat-
lar, to‘g‘rirog‘i, ishlab chiqarish resurslari cheklangan. Cheklanganlik 
muammosi bor ekanki, mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga, ya’ni 
cheklangan resursni nimaga sarflash haqida bir qarorga kelishga to‘g‘ri 
keladi. Tanlov deb cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari 
orasidan birini tanlashga aytiladi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling