Iqtisodiy bilim asoslari


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Inson — ongli mavjudot. U har doim yaxshi yashash ga intilib kelgan. 
Ayiqning qorni to‘ysa, iniga kirib uxlaydi. Inson esa erishgan narsasi 
2
4
3
1
http:eduportal.uz


13
va mavqei bilan qanoatlanmaydi. U yaxshiroq ovqatlanish, yax shiroq 
kiyinish, yaxshiroq turmush sharoitiga ega bo‘lish, yaxshiroq martabaga 
erishish, yaxshiroq bilim olishga va hokazolarga intilib yashaydi. Insonga 
har doim nimadir yetishmaydi. Shu bois, inson ehtiyoj larining poyoni 
va cheki yo‘q deb aytamiz.
Fan tarixiga oid asarlardan iqtiboslar
“Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi. Odamlarga esa 
tabiat ne’matlari kamlik qiladi. Ular ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga 
ehtiyoj sezadilar. Hayvon tabiat ne’matlarini tayyor holda o‘zlashtirib 
oladi. Odam esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim, turar joy 
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik 
bilan shug‘ullanishi kerak.” 
(Abu Ali ibn Sino)
Inson ehtiyojlari ma’lum shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lishiga ko‘ra, 
shaxsiy ehtiyojlar va ijtimoiy ehtiyojlar kabi turlarga bo‘linadi. 
Shaxsiy ehtiyojlar deb alohida olingan shaxsgagina tegishli bo‘lgan 
shaxsiy gigiyena vositalari, kiyim-kechak, gazeta o‘qish kabi ehtiyojlarga 
aytiladi. Ijtimoiy ehtiyojlar esa kishilarning yonma-yon, hamjihatlikda 
hayot kechirishi bilan bog‘liq, birgalashib qondiriladigan, xususan, 
maktabda bilim olish, jamoat transportidan foydalanish kabi umumiy 
ehtiyojlaridan iborat bo‘ladi.
Ehtiyoj
— insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi 
uchun zarur bo‘lgan narsalarga muhtojligi.
Inson ehtiyojlarini qondirishi uchun unga turli xil ne’matlar zarur 
bo‘ladi. Bu ne’mat larning ba’zilari (havo, suv, quyosh yorug‘ligi, issiqligi 
va hokazolar)ni insonga tabiat tekin in’om etadi. Ularni erkin ne’matlar
deb ataymiz. Qolganlarini esa inson o‘z mehnati, iqtisodiy faoliyati orqali 
yaratishi va ishlab chiqarishi lozim bo‘ladi. Ularni iqtisodiy ne’matlar deb 
ataymiz. Inson ehtiyojlari biror-bir moddiy narsa – ne’matni iste’mol 
qilish yoki biror-bir xizmatdan foydalanish evaziga qondirilishi mumkin. 
Bunday ne’matlarni yaratish uchun xom ashyo, insonning jismoniy ku-
chi, bilimi, turli xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, bino va 
inshootlar zarur bo‘ladi. Bu narsalarning barchasi resurslar deb ataladi. 
Resurslar o‘z tabiatiga ko‘ra turli-tumandir. Lekin ularni umum-
lashtirib tabiiy, mehnat va kapital turlarga bo‘lish qabul qilingan.
http:eduportal.uz


14
Tabiiy resurslarning manbasi – bu bevosita tabiatning o‘zi. Tabiiy 
resurslarga yer va yer osti qazilma boyliklari, o‘rmonlar, suv, havo,
quyosh nurini misol qilib keltirish mumkin.
Bunday resurslarning ayrimlari tiklanmaydi (neft, gaz, ko‘mir, temir
rudasi va h.k). Ayrimlari esa tiklanish xususiyatiga ega. Masalan, yerdan 
foydalangandan keyin unga yaxshi ishlov berilsa va o‘g‘itlansa u unum-
dorligini nafaqat tiklashi , xatto oshirishi ham mumkin.
Mehnat resurslari – bu aholining mehnatga layoqatli qismidir. Bu 
odamlar ne’matlar yaratish jarayonida o‘zlarining jismoniy va ma’naviy 
qobiliyatlarini jalb qilgan holda qatnashadilar. Aholining bu qismi – 
aholining iqtisodiy faol qismi deb ham yuritiladi.
Zamonaviy sharoitda mehnat resurslariga qo‘yiladigan talablar oldin gi 
davrlardagilarga nisbatan keskin oshib ketgan. Jumladan, ularning bi-
limi, madaniyati, kasbiy tayyorgarligi, zamonaviy texnologiyalar bilan 
tanishligi, sog‘ligi va h.k. 
Uchinchi tur resurslar – bu kapital deb umumiy nom berilgan 
resurslar bo‘lib, unga binolar, inshootlar, texnika vositalari, xom ashyo 
resurslari, yo‘llar va aloqa vositalari kabi moddiy narsalar bilan bir
qatorda moliyaviy mablag‘lar ham kiradi. Kapital resurslarga oid moli-
yaviy mablag‘lar o‘z ichiga ne’matlar yaratilishi jarayoniga jalb qilish 
mumkin bo‘lgan chet el valutasi, qimmatbaho metallar, aholining va
korxonalarning pul mablag‘lari kabilarni oladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda ma’lumot va vaqt kabi o‘ziga xos resurslar-
ning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, axborot kommunikatsiya
texnologiyalari rivojlanayotgan sharoitda bunday resurslarning roli be-
qiyosdir. 
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek inson ehtiyojlarining chegarasi yo‘q. 
Ular ko‘payib va turli-tumanlashib boraveradi. Resurslar miqdori esa
afsuski, chegaralangan. Shu bois, insonning hamma yetishmovchiliklari 
va ehtiyojlarini to‘la qondirishning iloji yo‘q. Iqtisodchilar bu muammoni 
cheklanganlik muammosi deb yuritishadi va u iqtisodiyotning asosiy 
muammosi hisoblanadi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling