Iqtisodiy bilim asoslari


Resurslar — mahsulot va xizmatlar yaratish uchun asqotadigan  barcha narsalar. Erkin ne’matlar


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Resurslar
— mahsulot va xizmatlar yaratish uchun asqotadigan 
barcha narsalar.
Erkin ne’matlar 
— insonga tabiat in’om etgan tekin ne’matlar.
Iqtisodiy ne’matlar 
— inson iqtisodiy faoliyati orqali yaratiladigan 
ne’matlar.
http:eduportal.uz


15
1. Nega inson ehtiyojlarining poyoni yo‘q? Cheksiz ehtiyojlar qanday qondiriladi?
2. Qishloqda va shaharda yashayotgan oilalar ehtiyojlarining turlicha bo‘lish 
sabablari nimada?
3. Cheklanganlik muammosining mohiyati nimada? Unga 5 ta misol keltiring.
4. Oila bo‘lib yashashning qanday iqtisodiy afzalliklari bor?
5. Har bir resurs turiga uchtadan misol keltiring va ularning bir-biridan farqlarini ayting.
6. 
Sizga yana qancha pul ajratilsa, sizning ehtiyojlaringiz to‘lig‘icha qondiriladi 
deb o‘ylaysiz?
7. Nima sababdan sizga istaganingizcha pul ajratilmaydi? Javobingizni resurslar-
ning chegaralanganligi bilan asoslang.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!
Inson tirik ekan, u doimo o‘zida ma’lum ne’matlarga muhtojlikni 
– ehtiyojni his qilib yashaydi.
• Inson ehtiyojlari cheksizdir.
• Biror ne’matni yaratish uchun bizga ishlab chiqarish resurslari 
zarur bo‘ladi.
• Ishlab chiqarish resurslari ehtiyojlardan farqli o‘laroq chegaralan-
gandir.
• Iqtisodiyotning asosiy muammosi – inson ehtiyojlarining cheksizligi 
va bu ehtiyojlarni qondirish uchun ishlab chiqarish resurslarining 
yetishmasligidadir.
• Iqtisodiyot fani cheklangan resurslardan foydalanib insonning 
cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirish yo‘llarini o‘rganadi.
Odamlarning cheklangan resurslardan foy dalanib, poyonsiz ehtiyoj-
larini to‘laroq qondirishga qaratilgan oqilona xo‘jalik yuritish yo‘l-
yo‘riqlarini iqtisodiyot fani o‘rganadi.
Cheklangan resurslardan qay tarzda foydalanish insonning ma’na-
viyatiga ham bog‘liq. Ma’naviy jihatdan qashshoq odam o‘z ehtiyojlari-
ning moddiy jihatini e’tiborga oladi, xolos. Bu esa oxir-oqibat, insonning 
turmush tarziga, uning jamiyatdagi mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu 
bois, har bir inson o‘z ehtiyojlarining ma’naviy va moddiy jihatiga aha-
miyat berishi lozim. Yuksak ma’naviyatli inson o‘z moddiy ehtiyojlarini 
qondirar ekan, atrofdagi odamlarga va umuman, jamiyatga ziyon-zahmat 
yetkazmaslikka intiladi.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling