Iqtisodiy bilim asoslari


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!

Iqtisodiyot — insonning yashashi va kamol topishining birdan-
bir vositasi.
• 
Iqtisodiyotning tarkibiy qismlari: tabiat, odamlar va odamlar 
tomonidan yaratilgan barcha narsalar.
• 
Iqtisodiy jarayon bosqichlari: ishlab chiqarish, taqsimot, 
ayirboshlash va iste’mol.

Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot – iqtisodiyot fanining 
bo‘limlaridir.
• 
Iqtisodiy ta’lim – kelajakdagi farovon hayotingiz kalitidir. 
iqtisodiy tafakkur sizning kelajakdagi farovon hayotingizga zamin bo‘lib 
xizmat qiladi.
Mamlakatimizning har bir fuqarosi, jamiyatimizning har bir
a’zosining farovonligi o‘z navbatida butun mamlakatimizning, jamiyati-
mizning rivojlangan davlatlar safidan joy olishiga olib keladi.
Aziz o‘quvchi!
Yuqorida aytilganlardan iqtisodiy bilimlarning asoslarini o‘rganishingiz,
o‘zingizda iqtisodiy tafakkurni tarkib toptirishingiz, iqtisodiy madaniyatni 
shakl lantirishingiz nechog‘lik zarurligini his qilgan bo‘lsangiz kerak.
Siz fanni o‘zlashtirish mobaynida kitobdagi nazariy materiallarni 
o‘zlashtirish bilan qanoatlanib qolmang. Har bir o‘zlashtirilgan bobni 
atrofingizdagi iqtisodiy voqelik bilan uyg‘unlikda o‘rganishga harakat 
qiling.
Imkoniyat topilishi bilanoq turli iqtisodiyot obyektlariga boring, u 
joydagi faoliyat bilan jonli ravishda tanishing, o‘rganing, o‘z amaliy 
kompetensiyalaringizni shakllantiring
http:eduportal.uz


12
CHEKLANGANLIK MUAMMOSI
2- MAVZU
1. Inson Yer yuzida yashab, to‘laqonli hayot kechirishi uchun o‘zida 
nimalarga muhtojlik va ehtiyoj sezadi? 3 daqiqa ichida bu ehtiyojlar 
ro‘yxatini tuzing. Agar vaqt yetarlicha bo‘lganda bu ro‘yxatni yana 
qanchagacha davom ettirishingiz mumkin edi? Umuman olganda
inson ehtiyojlarining poyoni va cheki bormi?
2. 1- rasmda tasvirlangan pillakorning qanday ehtiyojlari bo‘lishi mum-
kin? 
3. 2- rasmda tasvirlangan otaxonning, uning fermer o‘g‘lining va jajji 
nevarasining qanday ehtiyojlari bor deb o‘ylaysiz? 
4. 3- rasmda tasvirlangan maktab o‘quvchilarining qanday ehtiyojlari 
bor va ularni qondirish uchun nimalar kerak bo‘ladi?
5. 4- rasmdagi chaqaloq ulg‘ayib voyaga yetgunicha unga qanday narsalar
kerak bo‘ladi?
6. Dunyodagi eng boy odamlarning ehtiyojlari bormi yoki yo‘qmi?
Dunyodagi ayrim qashshoq mamlakatlarda ocharchilik bor. Bunga
sabab nimada deb o‘ylaysiz?

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling