Iqtisodiy bilim asoslari


Tanlov — cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari  orasidan birini tanlash. Muqobil imkoniyatlar


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

Tanlov
— cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari 
orasidan birini tanlash.
Muqobil imkoniyatlar
— birini tanlaganda qolganlaridan voz ke-
chiladigan imkoniyatlar.
Tanlovning muqobil qiymati
— tanlov natijasida voz kechil gan im-
koniyatlar ichidan eng katta naflisi.
Tanlov amalga oshirilayotgan hamma hollarda ham imkoniyatlar-
ning biri tanlanib, qolganlaridan voz kechilmaydi. Shunday hollar ham 
bo‘ladiki, tanlov amalga oshirilayotgan vaqtda hamma imkoniyatlar bilan 
2 – E. Sariqov, B. Haydarov
http:eduportal.uz


18
ham murosa qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni barcha imkoniyatlardan ham 
qisman-qisman foydalaniladi. Aytaylik, tijorat bilan shug‘ullanuvchi 
xususiy do‘kon egasi Abdullayev 10 800 000 so‘mga ulgurji savdo fir-
masidan krem va shampun sotib olmoqchi. Shampunning narxi 27.000 
so‘m bo‘lib, 10.800.000 so‘mga undan jami 400 dona sotib olish mumkin. 
Kremning narxi esa 18.000 so‘m bo‘lib, 10.800.000 so‘mga jami 600 dona
krem olish mumkin. Lekin Abdullayev shampun ham, krem ham xarid 
qilishi kerak. Shu bois Abdullayev yarim puli — 5.400.000 so‘mga 200 
dona shampun, qolgan yarmiga esa 300 dona krem sotib olishga qaror 
qildi. Ya’ni har ikkala imkoniyati bilan ham murosaga borib, ulardan 
qisman-qisman bo‘lsa-da foydalandi. Bunday tanlov usuli iqtisodiyotda
murosali (yoki aralash) tanlov deb yuritiladi.
100 200 300 400 500 600
100
200
300
400
Shampun
miqdori
Krem miqdori
Shampun 
miqdori
Krem 
miqdori
0
600
100
?
?
250
200
300
400
0
1. Abdullayev 10.800.000 so‘m pulning hammasiga yana qanday 
miqdorlarda shampun va krem sotib olishi mumkin edi? Bunday 
imkoniyatlarning 4- 5 tasini aniqlab jadvalni to‘ldiring.
2. Jadvaldan foydalanib, koordinatalar tekisligida nuqtalarni belgi-
lab, tutashtirib chiqing. Koordinata o‘qlari va bu chiziq bilan 
chegaralangan soha ishlab chiqarish imkoniyatlari sohasi deyiladi.
3. Ushbu soha nima sababdan bunday nom bilan ataladi?
4. Bu soha ichida yotgan (150; 250) nuqtaga mos kelgan imkoniyatni 
tavsiflab bering. Bu holatda pul mablag‘idan samarali foyda-
lanilyaptimi? Javobingizni asoslab bering.
5. Bu soha tashqarisida yotgan (250; 350) nuqtaga mos kelgan 
imkoniyat haqida nima deya olasiz? Bu holat Abdullayevning 
imkoniyat doirasidami? Javobingizni asoslab bering.
6. Pul mablag‘idan to‘liq foydalanilgan imkoniyatlarga mos kelgan 
nuqtalardan bir nechtasini ko‘rsating va grafikda belgilang.
http:eduportal.uz



Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling