Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

28
6- MAVZU
IQTISODIY TIZIMLAR
Mamlakatda “natural xo‘jalik” deb ataluvchi iqtisodiy tizim 
hukm suradi. Bunda:
— mamlakat aholisi uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlar 
mamlakat hududida ishlab chiqariladi.
— iste’mol uchun zarur mahsulotni har bir oila o‘zi ishlab 
chiqargan mahsulotga ayirboshlaydi. Chunki bu mamlakatda 
pul yo‘q.
— mamlakatda ishsizlik yo‘q.
— odamlar kam turdagi ne’matlar bilan qanoatlanadilar. 
Mamlakatda barcha iqtisodiy munosabatlar qat’iy rejalar 
asosida amalga oshiriladi. Bunda:
ishlab chiqarish hajmi, tovarlar va xizmatlar narxlari, ish 
haqi o‘lchami davlat tomonidan qat’iy belgilanadi.
— mahsulotlar davlat tomonidan taqsimlanadi.
— asosiy mulk davlatga tegishli.
— iqtisodiyot davlat tomonidan buyruqlar asosida boshqariladi.
Mamlakatda iqtisodiyot tadbirkorlik asosiga qurilgan. Bunda:
— xususiy mulk keng tarqalgan.
— tadbirkorlikka keng yo‘l berilgan.
— qanday mahsulotni, qanday hajmda ishlab chiqarishni 
tadbirkorning o‘zi hal qiladi.
— mahsulot narxi bozorda belgilanadi.
— iqtisodiyot bozor omillari orqali boshqariladi.
— davlat iqtisodiyotga minimal darajada ta’sir o‘tkazadi. 
1. Mamlakatlardagi iqtisodiy tizimlarni o‘zaro taqqoslang. 
2. Qaysi mamlakatda iqtisodiy faollik yuqoriroq? Nima sababdan?
3. Qaysi mamalakatdagi iqtisodiy tizimni hozirgi paytda uchratishning 
iloji yo‘q? Nima sababdan?
4. Qaysi mamlakatda mahsulotlar sifatliroq bo‘ladi? Bunga sabab nima?
5. Qaysi mamlakatda odamlar uchun yashash yaxshiroq?
6. Siz har qaysi mamlakatning iqtisodiy tizimiga qanday o‘zgartirishlar 
kiritgan bo‘lar edingiz? Fikringizni asoslang.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
A
B
D
http:eduportal.uz


29
Ma’lumki, har qanday davlatda, jamiyatda iqtisodiyotning asosiy 
vazifasi resurslarning taqchilligi sharoitida mavjud resurslardan foy-
dalanishning eng samarali va oqilona yo‘llarini tanlab, mamlakat 
fuqarolarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishdan iborat. Bu maqsadda 
iqtisodiyotning quyidagi uchta asosiy savoliga javob topish muammosiga 
duch kelinadi: Nima? Qanday? Kim uchun?
Bu uchta savol har qanday iqtisodiy tizim — mamlakatdagi (jamiyatdagi) 
xo‘jalik yuritish tizimi uchun umumiy bo‘lib, uni har bir tizim o‘zicha, 
turlicha hal qiladi. Tizimlar bu muammoni qanday hal qilishiga qarab 
an’anaviy iqtisodiyotbozor iqtisodiyotimarkazlashgan rejali iqtisodiyot
va aralash iqtisodiyot kabi turlarga ajratiladi.
Ishlab
chiqarish
kerak?
Ishlab chiqarilgan tovarlar kim tomonidan 
sotib olinadi va daromad qanday 
taqsimlanadi?
Tovarlar kim tomonidan, qanday 
resurslar va texnologiyalar asosida ishlab 
chiqariladi?
Qaysi tovar qanday 
hajmda ishlab chiqariladi?
Nima
Qanday
Kim 
uchun
An’anaviy iqtisodiyot tizimi — Nima? Qanday? Kim uchun? degan 
savollarga jamiyatda saqlanib kelayotgan yuz yillik an’analarga muvofiq 
javob beradi. Mahsulot ota-bobolardan meros bo‘lib kelayotgan usullar 
yordamida ishlab chiqariladi, eski urf-odatlarga ko‘ra taqsimlanadi. 
Bunday iqtisodiyot turi juda qadimgi bo‘lib, natural xo‘jalik paydo 
bo‘lishi bilan boshlangan. Hozirda esa qoloq, butun dunyodan ajralib 
yashayotgan, tashqi dunyo bilan aloqa qilish va borish qiyin bo‘lgan 
tundra, Afrika va Amazonka chakalakzorlari, Sibir taygasi, okeanlardagi 
kichik orolchalarda va baland tog‘larda istiqomat qilayotgan jamoa va 
qabilalarda uchratish mumkin.

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling