Iqtisodiy bilim asoslari


Download 7.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/125
Sana19.10.2023
Hajmi7.33 Mb.
#1709924
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 8 uzb

1
4
2
3
6
5
http:eduportal.uz


43
tovarni arzonroq narxda sotgan sotuvchining birortasi ham bozordan 
ranjimaydi. Bozor — tovarning narxini belgilovchi eng xolis hakam.
Bunda “Nima ishlab chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish 
kerak?”, “Kim uchun ishlab chiqarish kerak?” degan savollarga faqatgina 
bozor javob beradi. Bozor tovar narxining ko‘tarilishi yoki pasayishi 
orqali ishlab chiqaruvchilarga qaysi tovardan qancha ishlab chiqarish 
kerakligi yoki kerak emasligi haqida axborot berib turadi. Tovar 
bozorgir bo‘lsa, uni ishlab chiqarish ko‘paytiriladi, tovar mo‘ljaldagi 
narxda sotilmasa, uni ishlab chiqarish to‘xtatiladi yoki sarf-xarajatlar 
kamaytirilib, tovar narxi arzonlashtiriladi. 
O‘zaro manfaatli hamkorlikdan hamma foyda ko‘radi. Shunday ekan 
bozor chegara bilmaydi. Hozirda bozorlarimizdagi dunyoning deyarli 
barcha mamlakatlaridan keltirilgan tovarlar buning yorqin isbotidir. 
Bozorlar ularda sotiladigan tovarlarga ko‘ra iste’mol tovarlari, ishlab 
chiqarish vositalari, moliya, mehnat, intellektual tovarlar bozori kabi 
turlarga bo‘linadi.
Aholi uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar iste’mol tovarlari 
bozorida sotiladi. Biz yaxshi bilgan dehqon bozori, mol bozori, mashina 
bozori, uy-joy bozori, kiyim-kechak va buyumlar bozori, do‘konlar, 
supermarketlar, oshxona, novvoyxona, transport, aloqa, elektr, suv, 
gaz, issiqlik ta’minoti korxonalari, sartaroshxona, madaniyat, sog‘liqni 
saqlash, ta’lim maskanlari — iste’mol tovarlari bozorini tashkil qiladi.
Iste’mol tovarlari bozori
— aholi, uy xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun 
zarur tovar va xizmatlar sotiladigan bozor.
Korxonalarda tovar ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan asbob-
uskunalar, bino-inshootlar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish 
vositalari bozorida sotiladi. Ishlab chiqarish vositalari oldi-sotdisi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita ishlab chiqaruvchi va iste’molchi orasida yoki 
tovar birjalari hamda savdo firmalari xizmatlari orqali amalga oshiriladi. 
Tovar birjalari tovarlarni katta-katta hajmda, ulgurji (ko‘tarasiga) sotib 
olish va sotishni uyushtiradigan vositachi tashkilotlardir.
Ishchi kuchi, ya’ni mehnat ham maxsus tovar bo‘lganligi uchun uning 
ham o‘z bozori bor. Mehnat, ishchi kuchi bozorida ishchi kuchi sotiladi. 

Download 7.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling