Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
BANK
MUSTAQIL FAOLIYAT Bank — tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: — yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; — to‘lovlarni amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunidan. http:eduportal.uz 76 BANKDAN QARZ OLAMIZ Mashq. Yil boshida Aliyev 40 000 000 so‘m pulni 17% yillik foiz stavkasi bilan, Valiyev esa 60 000 000 so‘m pulni 16% yillik foiz stavkasi bilan bankka qo‘ydi. “Samo” firmasi 100 000 000 so‘m pulni 18% yillik foiz stavkasi bilan bankdan oldi. 1. Aliyev bank bilan hamkorlik qilganidan yiliga qancha daromad ko‘rdi? Valiyevchi? 2. “Samo” firmasining bu pulni ishlab chiqarishga ishlatishi natijasida bir yillik daromadi kamida qanchani tashkil qilishi kerak? Firma bankka qancha pul qaytardi? 3. Bank yuqorida keltirilgan “ish”dan yiliga qancha daromad qildi? 4. Mazkur bank operatsiyasidan kim ko‘proq manfaat ko‘rdi? Aytaylik, “Ipoteka” banki 2018- yil dekabr oyida mijozlarga “Shodlik” va “Kafolat” deb nomlangan omonatlarni saqlash turlarini taklif qilayotgan bo‘lsin. “Shodlik” omonat turi: yillik foiz stavkasi 18%, saqlash muddati 8 oy, foiz oddiy foizlarda to‘lanadi. “Kafolat” omonat turi: yillik foiz stavkasi 12%, saqlash muddati 8 oy, foiz murakkab foizlar usulida to‘lanadi. Agar sizning 100 000 000 so‘m pulingiz bo‘lganda, bu ikki omonat turining qaysi biridan foydalangan bo‘lar edingiz? Keling, birga mulohaza yuritib ko‘raylik. “Shodlik” omonat turi har bir oyda 18:12=1,5% miqdorda oddiy foiz to‘laydi. Demak, formulaga ko‘ra, bankning sakkiz oy uchun to‘laydigan foiz miqdori: I = P . r . t = 100 000 000 . 0,015 . 8 = 12 000 000 so‘m. Sakkiz oydan keyin bank qaytaradigan jami pul miqdori: S = P + I = 100 000 000+12 000 000=112 000 000 so‘mni tashkil qiladi. “Kafolat” omonat turi har bir oyda 12 :12 =1% miqdorda murakkab foizlarda, ya’ni har oydagi foiz miqdorini omonatingizga qo‘shib, keyingi oyda ko‘paygan omonatdan foiz hisoblaydi. Demak, formulaga ko‘ra: P 8 =P . (1+r) 8 = 100 000 000(1+0,01) 8 ≈100 000 000 . 1,083=108 300 000 so‘mni tashkil qiladi. Demak, bu holatda bank uchun “Kafolat” omonat turi foydaliroq ekan. Omonatchi uchun esa, tabiiyki, “Shodlik” omonat turi foydaliroq. http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling