78
15-MAVZU
DAROMAD SOLIG‘I
Har bir fuqaro o‘z daromadlaridan soliq to‘lashi shart. Soliq to‘lovlari
davlat budjetiga kelib tushadi va soliq to‘lovchilarga ta’lim, tibbiy xizmat,
mudofaa,
jamoat tartibini saqlash, nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqa
davlat korxonalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va yordam pullari
ko‘rinishida qaytib keladi. Shu bois soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash
har bir
fuqaro uchun ham qarz, ham farz.
Daromad solig‘i to‘g‘ri soliqlar sirasiga kiradi. Daromad solig‘i jis-
moniy shaxslarning jami yillik daromadidan olinadi. Demak, jismoniy
shaxslarning jami yillik daromadi
soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ma’lumki, har bir kishining yillik daromadi: ish haqi, mukofotlar, mulk
ijarasidan
olingan daromad, bankka qo‘yilgan
omonatdan kelgan foizlar,
aksiyadan olingan dividendlar va tadbirkorlik faoliyatidan olingan da-
romadlardan tashkil topishi mumkin.
2019- yilgacha jismoniy shaxslar daromadiga 4 pog‘onali
soliq solinar
edi. Bunda daromadining 22,5% gacha qismi soliq sifatida undirilar edi.
1. Rasmlardagi fuqarolarning daromad manbalarini ayting.
2. Bu fuqarolar o‘z daromadlaridan davlatga soliq to‘lashlari kerakmi?
3. Daromad solig‘i o‘z to‘lovchilariga qanday ko‘rinishlarda qaytib keladi?
4. “Kim ko‘p daromad qilsa, o‘sha ko‘proq soliq to‘lashi lozim”, degan
fikrga o‘z munosabatingizni bildiring.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
3
2
1
5
4
6
http:eduportal.uz
79
2019- yildan boshlab ish haqi fondiga soliq yukini pasaytirish va jismoniy
shaxslarning daromadlari bo‘yicha daromad solig‘ini hisoblashni sod-
dalashtirish maqsadida 12% lik yagona stavka bеlgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: