Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Amaliy mashq. Firma o‘z xodimiga 2019- yil yanvar oyi uchun 2 000 000
so‘m ish haqi hisobladi. Xodimda o‘zi ishlaydigan korxonaning aksiyalari ham bor va u bu aksiyalardan dividеnd ko‘rinishida 450 000 so‘m daro- mad qiladi. Uning bankdagi omonatlari 350 000 so‘m omonat foizi sifatida daromad kеltiradi. Xodim davlatga qancha daromad solig‘i to‘lashi kеrak? Firma xodimining ish haqidan to‘lanadigan soliq: 2 000 000 . 12% = 240 000 so‘m; Uning aksiyalari dividеndlaridan to‘lanadigan soliq: 450 000 . 5% = 22 500 so‘m; Uning omonatlari foizlaridan to‘lanadigan soliq: 350 000 . 5% = 17 500 so‘m; Firma xodimi yanvar oyi uchun davlatga 240 000 + 22 500 + 17 500 = = 280 000 so‘m daromad solig‘i to‘lashi kеrak. Eslatma: Fevral oyi uchun soliq miqdorini hisoblashda xuddi yuqorida- giga o‘xshash ish tutiladi. Lekin soliq faqat fevral oyi uchun emas, balki yil boshidan buyon o‘tgan 2 oy uchun hisoblanadi va yanvar oyida to‘langan soliq miqdori undan ayriladi. Jismoniy shaxslar kabi yuridik shaxslar ham o‘zlarining faoliyati natijasida olgan daromadlaridan foyda solig‘iga tortiladilar. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida 2019-yil 1- yanvardan boshlab yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i: - tijorat banklari uchun 22 dan 20% ga; - boshqa yuridik shaxslar uchun 14 dan 12% ga tushirildi. Soliq stavkasining tushirilishi soliq to‘lovchilariga soliq yukini kamaytirish va hosil bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni korxonani rivojlantirishga va invеstitsiyalarga yo‘naltirishga imkon yaratadi. Shuning bilan bir paytda, ayrim turdagi yuridik shaxslar uchun foyda solig‘ining alohida stavkalari bеlgilandi. Buni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. http:eduportal.uz 81 1. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga nimalar kiradi? 2. Jismoniy shaxslardan daromad solig‘i qanday undiriladi? 3. Jismoniy shaxslarning dividendlari va foizlar ko‘rinishida olgan daromadlaridan qanday stavkada soliq olinadi? 4. Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i stavkalari haqida nimalar bilasiz? Ular pasaytirilishining boisi nimada? 5. 2019- yildan boshlab yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i bo‘yicha qanday o‘zgarishlar ro‘y bеrdi? 6. Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i bo‘yicha yengilliklar soliq to‘lovchi yuridik shaxslar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling