Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1 3 5 2 4 6 O‘zbekiston hududida joylashgan uy-joylar, xonadonlar, dalahovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlardan mol-mulk solig‘i to‘lanadi. Mol-mulkning soliqqa tortiladigan qiymati sifatida http:eduportal.uz 83 2017- yilgacha inventarizatsiya (hisobga olish) qiymati olinar edi va bu qiymatda bozor narxlarining o‘zgarishi aks etmas edi. 2018- yildan boshlab esa mol-mulk solig‘i mulkning kadastr (bozor narxini e’tiborga olgan holda) qiymatidan kelib chiqib hisoblab chiqarilmoqda. Mulkning kadastr qiymati, odatda, inventarizatsiya qiymatiga nisbatan ancha qimmat bo‘ladi. Shuning uchun ham 2018- yilda mol-mulk solig‘i yuki keskin oshib ketmasligi uchun soliq stavkalari 2017- yildagiga nisbatan ancha pasaytirildi. 2018- yili mamlakatimizda jismoniy shaxslardan undiriladigan mol- mulk solig‘i stavkasi (agar mol-mulkning umumiy maydoni 200 m 2 dan oshmasa) mol-mulkning hisoblangan kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 % miqdorida belgilangan. Umumiy maydoni 200 m 2 dan 500 m 2 gacha bo‘lgan va shaharlarda joylashgan uy-joylar, xonadonlar - 0,25%, umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan va shaharlarda joylashgan uy-joylar, xonadon- lar - 0,35%, umumiy maydoni 200 m 2 dan ortiq bo‘lgan va shahardan boshqa aholi punktlarida joylashgan mol-mulklar 0,25% stavkada soliqqa tortiladi. Mol-mulk solig‘ini hisoblash uchun kadastr qiymatining eng kichik summasi 42 mln so‘m dеb bеlgilangan. Ya’ni mol-mulkning kadastr qiymati 42 mln so‘mdan kam qilib ko‘rsatilishi mumkin emas. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq davlat soliq idoralari tomonidan hisoblanadi. Imorat, bino va inshootlardan to‘lanadigan soliqlarning miqdori ularning har yil 1- yanvardagi qiymatiga asosan belgilanadi. Imorat, binolar va inshootlarning egasi bir nechta bo‘lsa, ulardan undiriladigan soliq miqdori har bir odamning ulushiga qarab belgilanadi. Yangi qurilgan yoki sotib olingan binolarga soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘ini to‘lash ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan boshlab to‘xtatiladi. Meros bo‘lib qolgan mulkdan mol-mulk solig‘i meros olingan paytdan boshlab to‘lanadi. Agar mulkning egasi almashsa, uning oldingi egasi joriy yilning 1- yanvaridan boshlab egalik huquqi yo‘qolgan paytgacha (oygacha) soliqni to‘laydi. Mulkning yangi egasi esa egalik huquqini olgan oydan boshlab to‘laydi. Agar mulk egasi soliq to‘lashda ayrim imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini qo‘lga kiritsa, mol-mulk solig‘i o‘sha huquq vujudga kelgan http:eduportal.uz 84 oydan boshlab qayta hisoblanadi. Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqida to‘lov xabarnomalari davlat soliq idoralari tomonidan to‘lovchilarga har yili 1- maydan kechiktirmay topshiriladi. Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan quyidagi mol-mulklar mol- mulk solig‘iga tortiladi: Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling