Iqtisodiy bilim asoslari
R I V O J L A N T I R I S H S T R A T E G I Y A S I
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
R I V O J L A N T I R I S H S T R A T E G I Y A S I
2018- yil 21- sentyabr kuni “2019 – 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni imzolandi va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilindi. Farmonga asosan, 2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi va rasmiy huquqiy hujjat maqomini oldi. Farmonda strategiyaning bosh maqsadi etib inson kapitali belgilangan. Farmonda inson kapitali – mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasini innovatsion jihatdan taraqqiy etganligini belgilovchi omil ekanligi ta’kidlangan. Farmonda strategiyaning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan: – O‘zbekiston Respublikasining 2030- yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta eng ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish; – Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, ularni zamonaviy talablarga moslashtirish; – Innovatsiyalar, boshqaruvning zamonaviy usullari, raqobatdosh biznes muhitini shakllantirish va rivojlantirish; – Zamonaviy va barqaror iqtisodiy infratuzilmani yaratish. Unda, shuningdek, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va tehnologiyalar asosida mamlakatni jadal rivojlantirish qabul qilingan strategiyaning maqsadi ekanligi ham alohida uqtirilgan. 1. O‘zbekiston o‘z taraqqiyoti uchun innovatsion rivojlanish yo‘lini tanlaganining sababini tushuntiring. 2. Siz o‘zingizning atrofingizdagi hayotdan innovatsion rivojlanishga misol keltirishga harakat qiling. Bunda birinchi navbatda sizga eng yaqin bo‘lgan ta’lim, sport, tadbirkorlik sohalaridagi o‘zgarishlarni e’tibordan chetda qoldirmang. 3. O‘zbekistonni jahonning 50 ta eng ilg‘or mamlakati qatoriga kiritish – siz yoshlarning vazifangiz ekanligini idrok qila olasizmi? Siz bu vazifaga o‘zingizni qanday tayyorlashingiz kerak deb o‘ylaysiz? Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling