Iqtisodiy bilim asoslari
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
108
Bilasizmi? Dunyo xaritasiga yaxshilab e’tibor bersangiz, respublikamiz dengizga chiqish imkoniyatlari jihatidan noqulay geografik makonda joylashgan. Jahonda faqat ikkita mamlakat — Lixtenshteyn va O‘zbekiston aholisigina dunyo okeaniga chiqish uchun kamida ikkita davlat chegarasini kesib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu iqtisodiyotimiz oldida qanday qiyinchiliklarni tug‘diradi? O‘zbekistonda iqtisodiyotning sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, aholi turmush darajasining yaxshilanishi elektr energiyasiga bo‘lgan talabning keskin oshishiga olib kelmoqda. Bu esa davlatimiz oldiga elektr energiyasini ishlab chiqarishni keskin oshirish talabini qo‘ymoqda. Mana shu talabni qondirish maqsadida hukumatimizning Rossiyaning “Rosatom” Davlat Korporatsiyasi bilan hamkorlikda quvvati 24GVt ga teng bo‘lgan atom elektrostansiyasini qurish bo‘yicha qarori ulkan ahamiyatga egadir. Mana shu maqsadda Prezidentimiz farmoni bo‘yicha “Uzatom” atom energetikasini rivojlantirish agentligi tuzildi. Bu bilan mamlakatimizdagina emas balki, O‘rta Osiyo hududida misli bo‘lmagan yangi zamonaviy sohaga asos solindi. Ayniqsa, uran zaxiralarini qazib olish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallagashimiz mamlakatimizda atom energetikasini rivojlantirish uchun ulkan zamin bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mita- si ma’lumotlariga ko‘ra 2018- yil holatiga O‘zbekiston aholisining 49,5 %i qishloqlarda istiqomat qiladi. Shu sabab, iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining tutgan o‘rni bo‘lakcha. Mamlakat YaIMining 32,4 %i qishloq va baliq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan bir yil ichida bu ko‘rsatkich 1,6 %ga pasaygani kuzatildi. Paxtachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 53,2 %i dehqonchilikda, 46,8 %i chorvachilikda yaratiladi. O‘zbekiston paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biridir. Respublikada katta hajmda g‘alla yetishtirish uchun asos yaratilgan. Oxirgi paytlarda yiliga 6 million tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilmoqda. Respublika meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, pilla, qo rako‘l teri, jun yetishtirishda MDH mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. 1. O‘zbekistonning tabiiy boyliklari haqida gapirib bering. 2. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini ayting. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling