Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Formula
P
2
P
1
I=
Bu yerda I – iste’mol narxlari indeksi, P
1
– bazaviy 
yildagi tovar va xizmatlar muayyan to‘plamining qiymati, 
P
2
– shu to‘plamning qaralayotgan yildagi qiymati.
http:eduportal.uz


117
1. Mamlakatimizda bir oyda pul necha marta aylanadi deb o‘ylaysiz?
2. Pul muomalasi qonunini Fisher tenglamasi asosida sharhlang.
3. Mamlakatda qancha miqdordagi pul muomalada bo‘lishi kerak?
4. Muomalada bo‘lgan pul miqdoriga qanday omillar ta’sir qiladi? 
5. Inflatsiyaning tub mohiyati nimadan iborat?
6. Deflatsiya pulning qadriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
7. Inflatsiyaga olib keluvchi sabablar nimalardan iborat? 
8. Iste’mol narxlari indeksi nima?
9. “Iste’mol savati” atamasining ma’nosini ayting.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Mashq
Oila yillik xarajatlarining 60%ini tashkil qiluvchi oziq-ovqatlar 
narxi yil davomida 80%ga oshdi. Agar boshqa xarajatlar narxi 
o‘zgarmagan bo‘lsa, bu oila uchun yillik inflatsiya darajasi necha foizni 
tashkil qiladi?
tomonidan birinchi yili sotib olingan tovar va xizmatlar ro‘yxatini 
tuzib, ularning umumiy qiymatini hisoblab chiqish kerak. 
Keyin xuddi shu oila tomonidan aynan shu ro‘yxat bo‘yicha 
keyingi yili yangi narxlarda sotib olingan tovar va xizmatlarning 
umumiy qiymatini hisoblab chiqish kerak. Keyingi yil bo‘yicha 
qiymatni birinchi yil bo‘yicha hisoblangan qiymatga bo‘lish orqali 
oilangizning “inflatsiyasi” ni hisoblab chiqarishingiz mumkin.
Mamlakat bo‘yicha tovar va xizmatlar narxlarini kuzatib borish 
uchun, odatda, muayyan tovar va xizmatlar to‘plami doimiy, 
o‘zgarmas qilib belgilab qo‘yiladi va mana shu to‘plam bo‘yicha 
narxlarning o‘zgarishi kuzatilib boriladi. Bunday to‘plam odatda 
“iste’mol savati” deb yuritiladi. Mamlakatning rivojlanganlik 
darajasiga qarab “iste’mol savati”ga kiritiladigan tovar va xizmatlar 
ham har xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotda “minimal iste’mol 
savati” tushunchasi ham borki, bu “savatga” oilaning hayot 
kechirishi uchun eng zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar kiradi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling