122
Inson mehnati, uning
ishchi kuchi tovar hisoblanib, ishchi kuchi
bozorida sotiladi va sotib olinadi. Bozorda
ishchi kuchi mehnatga
layoqatli aholi tomonidan sotiladi. Ishchi kuchi unga muhtoj bo‘lgan
korxonalar tomonidan sotib olinadi. Demak, ishchi kuchiga talab — ish
beruvchi korxonalar, ya’ni ishlab
chiqaruvchilar tomonidan, uning taklifi
esa, ishga layoqatli aholi tomonidan shakllantiriladi.
Kishilarning ishchi
kuchidan foydalanmaslik bu jamiyat uchun boy berilgan imkoniyatdir.
24- MAVZU
ISHCHI KUCHI BOZORI VA ISHSIZLIK
1. Bu kasb egalari oylik ish haqi miqdorini taxminan belgilang va ularni
kamayish tartibida joylashtirib chiqing.
2. Nima sababdan bu kasb egalarining oylik maoshlari miqdori turlicha?
3.
Sizningcha, oylik maoshlar miqdoriga nimalar ta’sir ko‘rsatadi?
4. Siz ishsiz deganda qanday odamni tasavvur qilasiz?
Bank xodimi
Ilmiy xodim
Sartarosh
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Ishchi kuchi taklifi
— ma’lum vaqt davomida muayyan narxlarda
qancha ishchi o‘z ishchi kuchini sotishga rozi ekanligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: