Iqtisodiy bilim asoslari


Muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

1. Muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirish. Muomaladagi 
pul massasi uning aylanish tezligiga va ishlab chiqarilayotgan tovar 
va xizmatlar qiymatiga asta-sekin moslashtirib boriladi. Aholini 
mablag‘larini banklarga qo‘yishga yoki davlat tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga undaydilar. Bankdagi aholi omonatlari 
ma’lum muddatga “muzlatiladi”. Pul massasining kamayishi talabning 
kamayishiga, narxlarning o‘sishdan to‘xtab, pasayishiga olib keladi.
2. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirish. Davlat pul massasini kamay-
tirish bilan birga ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo‘llab-
quvvatlaydi. Ularga imtiyozli kreditlar beradi, soliq imtiyozlarini 
joriy qiladi. Natijada tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi oshib, 
muomaladagi pullar tovar bilan ta’minlanadi. Tovarlar taklifining oshishi 
narxning pasayishiga olib keladi.
1. Inflatsiyaning salbiy oqibatlarini ayting va sharhlang. 
2. Davlat inflatsiyaga qarshi qanday chora-tadbirlar ko‘rishi lozim?
3. Inflatsiya paytida o‘z mablag‘laringizni saqlab qolish maqsadida 
qanday yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? Bu davlatning chora-tadbirlariga 
mos keladimi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Bilasizmi?
XV asr buyuk geografik kashfiyotlar asri bo‘lib, Ispaniya davlatining 
xazinasi Amerika qit’asidan olib kelingan oltin va kumushga 
to‘lib bordi. Shunday bo‘lsa-da, Ispaniyada bir necha asrlardan beri 
o‘zgarmasdan kelayotgan narxlar keskin osha boshladi. Ispaniyada 
ishlab chiqarilgan tovarlar narxining oshib ketishi ularning Yevropa 
bozorlaridan quvilishiga olib keldi. Natijada Ispaniya iqtisodiyoti 
tanazzulga yuz tutib, bir muddat Yevropaning qoloq davlatlaridan 
biriga aylandi.
http:eduportal.uz


121
Asqar Bobonazarov 5 000 000 
so‘m mablag‘ini 24% yillik foiz 
stavkasi bilan bankka qo‘ydi.
Nilufar Ergasheva 5 000 000 
so‘m mablag‘iga qimmatbaho zeb-
ziynat sotib oldi.
Oxunjon Soliyev 5 000 000 so‘m 
mablag‘iga g‘isht zavodining oddiy 
aksiyalarini sotib oldi.
Egamberdi Esonov 5 000 000 so‘m 
mablag‘iga qadri barqaror bo‘lgan 
xorijiy davlat valutasini sotib oldi.
1. Diagrammadan mamlakatda 2002- yildagi inflatsiya darajasini 
aniqlang.
2. Bu davrda yuqorida atalgan fuqarolarning har biriga inflatsiya qanday 
ta’sir qilgan bo‘lar edi? 2018- yilda-chi?
3. Ulardan qaysi biri inflatsiyadan eng ko‘p ziyon ko‘rgan bo‘lar edi?
4. Ulardan qaysi birining tutgan yo‘lini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?
5. Umuman olganda, yuqori darajadagi inflatsiya sharoitida qanday yo‘l 
tutgan ma’qul? O‘z tavsiyalaringiz ro‘yxatini tuzing va sharhlang.
6. Respublikamizda so‘nggi yillardagi inflatsiya darajalarini sharhlang.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling