Iqtisodiy bilim asoslari


Pul massasi – mamlakatda muomalada bo‘lgan barcha pul  mablag‘larining yig‘indisi. Pulning aylanish tezligi


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

Pul massasi
– mamlakatda muomalada bo‘lgan barcha pul 
mablag‘larining yig‘indisi.
Pulning aylanish tezligi
– pulning oldi-sotdi jarayonida qatnashib, 
bir yil davomida qo‘ldan qo‘lga o‘tish soni.
Irving Fisher 
(1867-1947)
http:eduportal.uz


116
Inflatsiya kelib chiqishining ikkita asosiy sababini keltirish mumkin:
1. Muomalada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar 
qiymatidan ko‘proq miqdordagi pulning mavjudligi oqibatida. Bu holda 
tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab miqdori taklif etilayotgan tovar 
va xizmatlar miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Shu bois narxlar oshadi.
2. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar (ishchi kuchi 
va xom ashyo) narxlarining oshishi natijasida. Masalan, ishchi kuchi 
resurslarining narxi, ya’ni ish haqi oshirilsa, bir tomondan tovarning 
narxi oshadi (chunki, ish haqi tovarning tannarxiga kiradi), ikkinchi 
tomondan esa aholi qo‘lidagi pul massasi oshadi.
Inflatsiyani jilovlab turish juda mushkul ish. Bu ish davlatning eng 
asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Inflatsiyani nazoratdan 
chiqarib yuborish, uning o‘sib giperinflatsiyaga aylanishiga olib kelishi 
mumkin. Giperinflatsiya deb, narx-navoning haddan tashqari oshishiga 
aytiladi. Giperinflatsiya paytida narxlar yiliga 50 baravardan ham ko‘proq 
ko‘tarilishi kuzatiladi.
Inflatsiya
 – mamlakatdagi o‘rtacha narx-navoning muttasil oshib 
borishi.
Inflatsiya darajasi
– ma’lum davrdagi narx-navo oshishining 
foizlardagi miqdori.
Yuqoridagi formuladan foydalanib har bir oila o‘z “oilaviy” 
inflatsiyasini hisoblab chiqarishi mumkin. Buning uchun oila 
Giperinflatsiya 
– mamlakatda o‘rtacha narx-navoning haddan 
tashqari (yiliga 50 baravardan ham ko‘p) oshgandagi holat.
Inflatsiya haqida gapirilganda iste’mol bozoridagi narxlarning 
o‘zgarishini aniqlash uchun zarur bo‘lgan iste’mol narxlari indeksi tu-
shunchasini kiritishimiz lozim bo‘ladi. Bu indeksni hisoblash uchun 
o‘rtacha iste’molchi odatda doimo sotib oladigan tovarlarning muayyan, 
o‘zgarmas to‘plami olinadi. Bu indeksni hisoblashda mana shu tovarlar 
to‘plamining har xil yillardagi narxlari yig‘indilari solishtiriladi. Masalan, 
2017 – 2018- yillar bo‘yicha iste’mol narxlari indeksini aniqlash uchun 
tovar va xizmatlarning muayyan o‘zgarmas to‘plamining 2018- yildagi 
qiymatini 2017- yildagi qiymatiga bo‘lamiz. 

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling