Iqtisodiy bilim asoslari


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

20.2- chizma
Iqtisodiy faollik darajasi
Iqtisodiyotning 
osish tendensiyasi
Vaqt
Iqtisodiy ko‘rsatkichning nominal qiymati
– bu uning joriy 
narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy ko‘rsatkichning real qiymati
 — biror asos qilib olingan 
yildagi narxlarga nisbatan hisoblangan qiymati.
Iqtisodiy davr 
— mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga 
— bir o‘sib, so‘ng pasayishiga ketgan vaqt.
Davlatning eng muhim vazifalaridan biri mamlakatda iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlab turishdan iborat. Chunki aholi soni o‘sib, ularning 
ehtiyojlari kundan — kunga oshib boradi. Demak, borgan sari ko‘proq 
tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bunday 
sharoitda davlat mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini 
yuksaltirishi, ya’ni iqtisodiy o‘sishini ta’minlashi lozim bo‘ladi. Iqtisodiy 
o‘sish deb, mamlakatda muttasil ravishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining oshib borishiga aytiladi. Iqtisodiy o‘sish darajasini bir necha 
usullarda hisoblash mumkin. Odatda, iqtisodiy o‘sish — mamlakatdagi 
real YaIMning o‘sish darajasi bilan o‘lchanadi. Yuqorida ko‘rilgan 
misolda 2015—2018- yillari YaIM ning real qiymati 1,27 marta oshgan 
bo‘lib, bu — mamlakatda ko‘rib chiqilayotgan davrda iqtisodiy o‘sish 
http:eduportal.uz


104
kuzatilganligidan dalolat beradi. Ba’zida iqtisodiy o‘sish — YaMMning 
o‘sish darajasi bilan yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YaMM 
ning (yoki YaIMning) oshish darajasi bilan ham o‘lchanadi. 
Iqtisodiy o‘sishga ikki xil: ekstensiv va intensiv yo‘llar bilan erishish 
mumkin. Ekstensiv o‘sishga qo‘shimcha miqdordagi ishlab chiqarish 
resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish bilan erishiladi. Buning uchun 
yangi yerlar o‘zlashtiriladi, ko‘plab miqdorda foydali qazilmalar va 
mehnat resurslari ishlab chiqarishga jalb etiladi. Intensiv o‘sish bor 
resurslardan samarali foydalanish orqali ta’minlanadi. Unga fan va 
texnika yutuqlari, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, 
ishchilarning bilim va malakalarini oshirish kabi yo‘llar bilan erishiladi. 
Mamlakatda boy va kambag‘al oilalar bo‘lgani singari, dunyoda ham 
boy va kambag‘al mamlakatlar bor. Xalqning boy yoki kambag‘alligi 
unung iqtisodiy o‘sish darajasi, ya’ni aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 
yalpi milliy mahsulot hajmi bilan o‘lchanadi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri 
kelgan YaMM(YaIM) miqdorining ko‘p yoki kamligiga qarab davlatlar 
rivojlangan va rivojlanayotgan guruhlarga bo‘linadi. Rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyoti zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, 
malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lib, asosan, sanoat ishlab 
chiqarish sohalariga ixtisoslashgan.
Rivojlanayotgan davlatlarning o‘zi yana ikkiga — daromadlar darajasi 
o‘rtacha va past bo‘lgan davlatlarga bo‘linadi. Bu davlatlar iqtisodiyoti 
asosan xom ashyo eksporti va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan. O‘zbekiston 
daromadlar darajasi o‘rtacha bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar
qatoriga kiradi. Daromadlar darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga sarflanadigan sarmoya (investitsiyalar)lar
juda kam bo‘ladi. Natijada mehnat unumdorligi pastligicha qoladi. Ishlab 
chiqarish hajmi kamayib, o‘sib borayotgan aholi daromadlari borgan sari 
kamayaveradi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi iqtisodiy rivojlanganlik 
darajasini yaqqolroq ko‘rsatadi. Chunki u nafaqat aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan YaMM(YaIM) qiymati bilan, balki yana qator ko‘rsatkichlar 
asosida o‘lchanadi. Aholining turmush darajasi kishi boshiga ko‘proq 
moddiy ne’mat yaratishgagina emas, balki topilgan daromadni qanday 
va qayerga ishlatilishiga ham bog‘liq. Aytaylik, bir mamlakatda katta 
miqdorda YaMM(YaIM) yaratilsa, ammo uning ko‘p qismi harbiy 
maqsadlarga sarflansa, bu mamlakat aholisining turmush darajasida 
qanday ijobiy o‘zgarish bo‘lishi mumkin? Turli mamlakatlar aholisining 
turmush darajasi o‘zaro qator iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar 
yordamida taqqoslanadi. Har yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
http:eduportal.uz


105
“Inson taraqqiyoti to‘g‘risidagi ma’ruza” sida bu ko‘rsatkichlar haqida 
ma’lumot berib boriladi.
Aholining turmush darajasini taqqoslashda, asosan, quyidagilar 
hisobga olinadi: 1) aholining savodxonlik darajasi; 2) ko‘rsatilayotgan 
tibbiy xizmat darajasi; 3) aholining sog‘lomlik darajasi: 4) umr ko‘rish 
davomiyligi; 5) shahar aholisining soni; 6) uy-joy bilan ta’minlanganlik 
darajasi; 7) oilalarning madaniy-maishiy tovarlar: televizor, telefon, 
shaxsiy kompyuter, internet tarmog‘i, muzlatkich kabi tovarlar bilan 
ta’minlanganlik darajasi; 8) ta’limga ajratilayotgan xarajatlar miqdori; 
9) inson huquqlarining kafolatlanganlik darajasi; 10) jinoyatchilik 
darajasi; 11) sog‘liqni saqlashga ajratilgan xarajatlar miqdori; 12) atrof-
muhitning himoyalanganligi va boshqalar.
Dunyoda aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori 
o‘rinlarni Kanada, Fransiya, Norvegiya, AQSH, Islandiya, Finlandiya, 
Niderlandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya kabi davlatlar 
egallab kelmoqda.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling