Iqtisodiy bilim asoslari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY SALOHIYATI 21- MAVZU Maydoni. Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardir. Aholisi. Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimiz aholisi 33 million kishidan oshib ketdi. Ishchi kuchi resurslari aholining deyarli yarmini tashkil qiladi. Tabiiy resurslari. O‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalar ning istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko‘pdir. http:eduportal.uz 107 O‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir. Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi. O‘zbekiston aniqlangan uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda 11- o‘rinni, qazib olish bo‘yicha esa 9- o‘rinni egallaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi. Har yili respublikamizda 50 milliard kub metrdan ortiq zangori yonilg‘i — gaz olinadi. Bu o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlagan holda, uni boshqa davlatlarga eksport qilish im konini ham beradi. Bir yilda qazib chiqariladigan ko‘mir to‘rt million tonnadan ortiqni tash kil etadi. O‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p. Sanoati. Paxta tozalash, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, energetika, to‘qimachilik, gaz, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda AQSHning “General Motors” kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlikda “Tracker”, “Gentra”, “Nexia-3”, “Malibu” va “Spark” rusumli jahon standartlariga to‘la javob beradigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa “Isuzu” rusumli o‘rta hajmli avtobuslar va yuk avtomashinalari hamda “MAN” va “KAMAZ” rusumli yirik tonnali yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonda mashinasozlik sanoati yildan-yilga rivojlanib, jahon andozalariga moslashib, yuksalib borayotganidan dalolat beradi. O‘tgan bir yil ichida YaIM tarkibidagi sanoatning ulishi 22,2% dan 26,3% gacha ortgan. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori templarda sanoatlashayotganligining tasdig‘idir. Respublika energotizimning umumiy quvvati 14,15 GVt dan ortiq bo‘lib, bu tizim issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini o‘z ichiga oladi. http:eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling