110
1. Mamlakat iqtisodiyotining qanday asosiy ko‘rsatkichlarini bilasiz?
2. YaIM, YaMM, SIM va MD qanday hisoblanadi.
3. Pirovard va oraliq mahsulotlar qanday farqlanadi?
4. Aholining turmush darajasi nimalarga bog‘liq?
5. YaIM(YaMM)ning nominal va real qiymatlari qanday farqlanadi?
6. Iqtisodiy davr mohiyatini tushuntirib bering.
7. Iqtisodiy o‘sish qanday aniqlanadi?
8. O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini ayting.
A. SAVOLLAR
IV BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA
TOPSHIRIQLAR
B. TOPSHIRIQLAR
Har bir atamaga mos talqinni toping.
a) mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan,
tugal
ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning umumiy qiymati;
b) yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya
ajratmasining ayrilganiga teng;
d) mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi
daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori;
e) joriy narxlarga
nisbatan hisoblangan qiymat;
f) mamlakat iqtisodiyotining bir o‘sib, so‘ng pasayishiga ketgan vaqt;
g) iste’molga tayyor va boshqa ishlov berilmaydigan
tovar va xizmatlar;
h) biror asos qilib olingan yildagi narxlarga nisbatan hisoblangan qiymat;
i) mamlakat fuqarolari turmush
sharoitlarining umumiy tavsifi;
j) davomida mamlakat aholisi turmush darajasining muttasil yuqori
bo‘lib turishi.
1. Pirovard mahsulotlar, 2. Yalpi ichki mahsulot (YaIM),
3. Sof ichki mahsulot (SIM), 4. Milliy daromad (MD),
5. Iqtisodiy ko‘rsatkichning
nominal qiymati,
6. Iqtisodiy ko‘rsatkichning real qiymati, 7.
Iqtisodiy davr,
8. Aholining turmush darajasi, 9. Iqtisodiy farovonlik.
TALQINLAR:
ATAMALAR:
D. 97- bet IV bob titulidagi rasmlar bo‘yicha
Rasmlarning qaysilari bobdagi qaysi mavzuga
taalluqli ekanligini
ayting. Ushbu rasmlar asosida mavzularning mazmunini so‘zlab bering.
http:eduportal.uz