Iqtisodiy bilim asoslari
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
Download 3.95 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
— mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) — yil mobaynida mamlakat fuqarolari tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’i nazar) yaratilgan pirovard ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati. Sof ichki mahsulot (SIM) — YaIMdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskuna, bino kabi asosiy vositalar eskirib, ular narxining bir qismi shu vositalar ishtirokida tayyorlangan tovarlar narxiga o‘tadi. Bu amortizatsiya ajratmasi bo‘lib, u yangidan yaratilgan qiymat emas. Shu bois, YaIMdan http:eduportal.uz 100 jami amortizatsiya ajratmasini ayirib tashlasak, Sof ichki mahsulot (SIM) miqdori topiladi. SIM mamlakatda bir yilda yangidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini ko‘rsatadi. Sof milliy mahsulot (SMM)ning qiymati YaMM qiymatidan amor- tizatsiya ajratmasini ayirish yo‘li bilan topiladi. Milliy daromad (MD) — mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi barcha daromadlari va korxonalar foydasining yalpi yig‘indisidan iborat. U SIMdan barcha bilvosita soliqlarni ayirish yo‘li bilan ham aniqlanadi. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini va aholi- ning turmush farovonligini taqqoslashda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM qo‘llaniladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM (YaMM) — YaIM (YaMM) qiymatini mamlakat aholisi soniga bo‘lib topiladi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM mamlakatdagi odamlarning turmush farovonligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Download 3.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling