Iqtisodiy bilim asoslari


S O L I Q I S L O H O T L A R I


Download 3.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/119
Sana31.01.2024
Hajmi3.95 Kb.
#1817569
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119
Bog'liq
iqtisodiy bilim asoslari 9 uzb

S O L I Q I S L O H O T L A R I
MUSTAQIL FAOLIYAT
SAVOLLAR VA TOPSHIRIQLAR
http:eduportal.uz


97
IV bob. Iqtisodiy o‘sish
7 – E. Sariqov, B. Xaydarov
Biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy 
o‘sish sur’atlarini ta’minlashimiz kerak.
Shavkat Mirziyoyev
http:eduportal.uz


98
Mamlakat iqtisodiyotining natijalari turli xil ko‘rsatkichlar yordamida 
o‘lchanadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — mamlakat hududida bir 
yil mobaynida ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va 
xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir.Yalpi ichki 
mahsulot - bu mamlakat rivojlanganlik darajasini ifodalovchi eng 
asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi har 
qanday mamlakat ichida har yili bir marotaba hisobot yilidan keyingi 
yilning boshida hisoblab chiqiladi. U iqtisodiyotning qay darajada 
o‘sayotganligini va rivojlanayotganligini ifodalovchi ko‘rsatkichdir.
YaIM hisoblanayotganda ishlab chiqarishning oraliq bosqichida ya-
ratilgan xom ashyo, ehtiyot qismlar, urug‘lik, yonilg‘i, energiya, 
materiallar, transport xizmati, ulgurji savdo xizmati, tijorat va boshqa 
oraliq mahsulotlar va xizmatlar hisobga olinmaydi. YaIMga pirovard 
19- MAVZU
ASOSIY MAKROIQTISODIY 
KO‘RSATKICHLAR
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. 
AQSH, Germaniya, Yaponiya va Koreya kabi mamlakatlarni, odatda, 
boy mamlakatlar deb atashadi. Bir qator Afrika mamlakatlarini esa, 
aksincha, kambag‘al mamlakatlar sifatida tilga oladilar. Sizningcha, 
mamlakatlar boyligi yoki kambag‘alligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Rasmlardagi tasvirlar bilan mamlakatimiz boyligi o‘rtasida qanday 
bog‘liqlik bor deb o‘ylaysiz?
3. Mamlakatimizning chet ellarda ishlayotgan fuqarolari o‘z mamlakati 
boyligiga hissa qo‘shishi mumkinmi? Qanday qilib?
4. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kompaniyalari-chi ?
http:eduportal.uz


99
ko‘rinishdagi iste’molga tayyor tovarlar qiymatigina qo‘shiladi. Masalan, 
traktor g‘ildiragi traktor ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, traktor 
tarkibiy qismiga aylansa, YaIM ga kiritilmaydi, chunki u pirovard 
mahsulot bo‘lmay qoladi. Traktor esa YaIM ga kiritiladi, chunki u 
pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar g‘ildirak YaIM ga kiritilganda edi, 
uning qiymati ikki marotaba: birinchi safar g‘ildirak sifatida, ikkinchi 
safar esa traktorning qismi sifatida YaIM ga kiritilgan bo‘lib qolar 
edi. Shu bois, YaIM hisoblanayotganda faqat pirovard ko‘rinishdagi 
tovarlar inobatga olinadi. YaIM mamlakat hududida joylashgan, qaysi 
davlatga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar barcha korxona, firma va aholi 
tomonidan yaratilgan mahsulotning bozor narxlaridagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot, odatda, milliy valutada hisoblanadi. Masalan, 
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti so‘mda ko‘rsatiladi. Xalqaro 
miqyosda esa har xil mamlakatning YaIMi dollarga o‘tkaziladi va 
o‘zaro taqqoslanadi. Jumladan, Jahon banki bazasida dunyoning barcha 
mamlakatlarining YaIMi bor. Ko‘rsatkichlar har yili yangilanib va chop 
qilib boriladi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)  yil davomida mamlakat fuqarolari 
tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’i nazar) yaratilgan 
pirovard ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi 
umumiy qiymatidir. Agar YaIMdan mazkur mamlakat hududida chet 
ellik fuqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan tovarlar qiymatini 
ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa davlatlar 
hududida yaratilgan tovarlar qiymatini qo‘shsak, mazkur mamlakatning 
Yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo‘ladi.

Download 3.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling