Iqtisodiy fanlar kafedrasi
Download 0.51 Mb.
|
AUDIT AMALYOT HISOBOTI
Auditning vujudga kelish
Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish sifatlarini nazorat qilib turadilar. Auditning zarurligi. Auditorlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyoj quyidagi omillar sababli vujudga keladi: Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan ob’ektiv bo‘lmagan hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi; Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog‘liqligi; Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi; Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning mavjud emasligi; Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, etarli darajadagi tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat ko‘rsatishga huquqi bo‘lgan xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi faoliyat. Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bo‘lmagan holda o‘tkazilishi ham katta ahamiyatga ega. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling