Iqtisodiy fanlar kafedrasi
Aylama aktivlar hisobin avtomatlashtirish
Download 194.24 Kb.
|
Iqtisodiy fanlar kafedrasi-fayllar.org
Aylama aktivlar hisobin avtomatlashtirish
Agar oynadagi katakchalardan birortasi to‘ldirilmagan bo‘lsa, aynan shii katak to‘ldirilmaganligi haqida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo‘ladi. Barcha та 'lumotlar to 'la va to 'liq kiritilgan bo 'Isa, ogohlantiruvchi yozuv chiqmaydi. Shundan key in ma'lumotlarni dastur xotirasida saqlash uchun “Soxranit” tugmachasi bosib, “Tovar-moddiy zaxiralar”-“TMZ” oynasidan chiqiladi. Dasturga kiritilgan ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish lozim bo‘lsa, “Tahrir qilntoq”- “Редактировать” tugmachasi tanlab olinib, o‘zgartirish kiritish mumkin. Dasturga kiritilgan tovar-moddiy zaxiralar haqidagi та 'lumotlar ro‘yhatidan kerakli tovar-moddiy zaxirani tez topish uchun “TMZ ma’lumotnomasi” - “Справочник TM3” oynasidagi “Номер” va “Наименование” katakchalariga kerakli ma'lumotlar yozilib, “Qidiruv”- “HOUCK” tugmachasi bosilsa, dastur kerakli та 'lumotni avtomatik ravishda tezda topib beradi. Ma’lumotlarni dasturdan butunlay o‘chirish uchun “Удалить” tugmachasidan foydalaniladi' Tayyor mahsulotlarni hisobga olish Tayyor mahsulotlar - ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridan o‘tgan, Davlat standarti yoki texnik talablarga to‘liq javob beradigan, sifat nazorati bo‘Iimidan o‘tgan va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va tayyor mahsulotlar omboriga topshirilgan mahsulotlarga aytiladi. Tayyor mahsulotlar oy davomida ishlab chiqariladi va tayyor mahsulotlar omboriga topshirilishi menyu Ishlab chiqarish - Smena bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti hujjati bilan rasmiyiashtiriladi. Oy davomida tayyor mahsulotlar (yarim tayyor mahsulotlar) omborga reja bahosi yoki material xarajatlar bahosi (hisob siyosatiga qarab) bilan qabul qilinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi reglament operatsiyalarini (2000, 2300, 2500 schyotlaming yopilishi) amalga oshirilishi bilan hisoblanadi. Jadval qismining Xizmatlar zakladkasida bir bo‘lim tomonidan boshqa bo‘limga ko‘rsatilgan xizmatlari aks ettiriladi. Har xizmat uchun quyidagilar ko‘rsatiladi: - ko‘rsatilgan xizmatlarning nomi; - miqdoriy ko‘rsatkichlari yoki reja bahosi (hisob siyosatidan kelib chiqqan holda); - xizmatlar ko‘rsatilayotgan bo‘limning xarajatlar hisobining schyoti; - nomenklatura guruhi — ishlab chiqarilgan mahsulotning turi. Ishlab chiqarishga berilgan ishlab chiqarish zaxiralardan Qaytariladigan chiqindilarning kirim qilinishida ulaming nomi miqdori belgilangan bahosi qaytariladigan chiqindilar hisobining schyoti xarajat moddalari nomenklatura guruhi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Mahsulotni ishlab chiqarishga berilgan xom-ashyolar chiqimi Materiallar to‘ldiriladi. Mahsulotlar zakladkasida tayyor mahsulotlar bo‘yicha spetsifikatsiya ko‘rsatilayotgan bo‘lsa Materiallar qismi avtomatik ravishda To‘ldirish tugmachasini bosish bilan to‘ldirish mumkin. Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi Omborga qabul qilingan tayyor mahsulotlar xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha sotiladi va ularning sotilishi Tovar va xizmatlarning sotilishi hujjjati bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatning jadval qismi sotilayotgan mahsulot haqida ma’lumotlar Nomenklatura ma’lumotlar bazasidan foydalanib rasmiylashtiriladi (menyu Sotuv-Tovar va xizmatlarning sotilishi). Hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladigan schyotlar ko‘rsatiladi. Tovar va xizmatlarning kirimini hisobga olish Qayta sotish uchun sotib olingan material qiymatliklar tovar deyiladi. Tovarlar hisobda haqiqiy tannarxida hisobga olinadi. Tovarning haqiqiy tannarxi deganda ushbu tovarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar yig‘indisi tushuniladi. Tovarni sotib olish sxemasi quyida keltirilgan. Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar korxona ixtiyoriga ko‘ra 2 xil shaklda rasmiylashtiriladi. Ishonchnomalar korxona rahbari yoki u tomonidan qonunda belgilangan tartibda belgilanadigan shaxslar tomonidan imzolanadi. Ishonchnomalar yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma va boshqa bitimlar bo‘yicha beriladigan tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladi. Hujjatning jadval qistni Nomenklatura ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan holda yoki qo‘lda kiritish mumkin. Ishonchnomani bekor qilish uchun tugmachasini bosish bekor qilish mumkin. Ishonchonma Tovar va xizmatlarni kirimi hujjati bilan yopiladi Qo‘shimcha zakladkasi orqali. rasmiylashtiriladi. Tovar va xizmatlar kirimi qo‘shimcha xarajatlar natijasida sotib olinsa, menyu Xarid (Покупка) Xarid, komissiya operatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Jadval qismida Hisob-kitob hisobi schyotlari kontragentlar bilan hisob- kitoblar va avanslami hisobga olish schyotlari ko‘rsatiladi. Kontragentlar bilan hisob-kitoblar schyoti avtomatik ravishda to‘lgan bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha zakladkasida kirim huuatning sanasi va raqami, ishonchnoma haqida ma’lumot, Kontragent ma’lumotlar bazasidan yukni oluvchi va jo‘natuvchilar haqidagi ma’lumotlar (M-4, TORG-I2 va boshqa hujyatlar)ni pechat qilish shaklida ko‘rsatishi mumkin. Material va tovarlar qaytarilishi hisobi Mol yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan, tovar va xizmatlami sotib olinadi. Biroq, mol yetkazib beruvchi shartnoma shartiga rioya qilmay tovarlami yetkazib berish shartini buzganda. Mijoz ya’ni bizning korxonamiz tovami mol yetkazib beruvchiga qaytarishimiz mumkin. Mol yetkazib beruvchiga tovarlarni qaytarish menyu Xarid - Mol yetkazib beruvchi tovarlarning qaytarilishi - Xarid, komissiya operatsiya asosida amalga oshiriladi. Qaytarilayotgan bar bir tovar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar yozilgan boMishi shart. Hisob schyotida esa qaytarilayotgan tovarlarni hisobida Chet korxonalarning xizmatlarini hisobga olish Chet korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarni qayd qilish uchun bir qancha hujjatlar mavjud; - menyu Xarid-Tovar va xizmatlarning kirimi - Xarid, komissiya operatsiyasi; - menyu Xarid - Qo‘shimcha xarajatlar kirimi. Menyu Xarid - Tovar va xizmatlarning kirimi - Xarid, komissiya operatsiyasida Xizmatlar zakladkasi to‘ldiriladi. Xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (tovar)lar qaytarilganda menyu Sotuv xaridorlardan tovarlarning qaytarilishi hujjat Sotuv, komissiya operatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Tovarlarning qaytarilishi xaridorlar yoki komissioner uchun rasmiylash- tirilishi mumkin. Amalga oshirilgan operatsiya kontragent bilan rasmiyiashtirilgan shartnoma tkriga bog‘liqdir. Agar xaridor bilan tuzilgan shartnoma tanlab olingan bo‘lsa, tovar xaridor tomonidan qaytarilgan bo‘ladi. Agar komissioner bilan tuzilgan shartnoma tanlab olingan boMsa, tovar komissoner tomonidan qaytarilgan bo‘ladi. Xaridorlardan qaytarilgan tovarlar ortib jo‘natilgan hujjatlar asosida rasmiyiashtiriladi. Tovar tannarxi qo‘lda yoziladi. Chakana va uigurji savdoda tovarlar hisobi. Savdo faoliyati - qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir faoliyat hisoblanadi. Chakana savdoga doir operatsiyalarni qayd qilish uchun tashkilotning hisob siyosatida tovarlarni baholash usuli sotib olish bahosi yoki sotish bahosi ko‘rsatilishi lozim. Chakana savdo avtomatlashtirilgan (“Makro”, “Korzinka”) yoki avtomatlashtirilmagan (mahallada joylashgan savdo do‘koni) savdo nuqtasi orqali amalga oshiriladi. Tovarlami sotish bahosida hisob yuritish tizimi qoMlanilsa, u holda 2980 “Savdo ustamasi” schyotidan foydalaniladi. Tovarlaming omborga qabul qilinishi menyu Xaridlar — Tovar va xizmatlarning kirirni hujjatida aks ettiriladi. Ombor rekvizitida chakana savdo (magazin) koTsatilishi shart. Chakana savdo tashkiloti tovarlami sotish bahosida olib borganda, Tovar hisobotini shakllantirish imkoniyati mavjud (TORG-29). Tovar hisoboti hisobot davrining boshida qoldiq, kelib tushgan tovarlaming summasi kirim qilingan hujjatlar asosida, hisobdan chiqarilgan tovarlaming summasi — chiqim hujjatlar asosida, hisobot davri oxirida tovarlaming qoldig‘i ko‘rsatiladi. lining namunasi quyida keltirilgan. Chakana savdo korxonasi savdo tushumini aks ettirish uchun menyu Kassa - kassa kirim orderi - Chakana savdo tushumining kirimi operatsiyasi orqali rasmiylashtiriladi. Hujjatni Chakana sotuvlar to‘g‘risidagi hisobot hujjati asosida ham shakllantirish mumkin. Chakana savdo tushumi inkassatsiya qilinishi Kassa chiqim orderi mablag‘Iarini inkassatsiya qilish hujjati asosida amalga oshiriladi. Download 194.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling